Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 05.06.2009 y. 1963-son bilan roʻyхatga olingan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 22.05.2009 y. 160-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 5 iyunda 1963-son

bilan roʻyхatga olingan

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirining

2009 yil 22 maydagi

160-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim

muassasalari bitiruvchilarining yakuniy

davlat attestatsiyasi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.


2. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy ta’lim muassasasidagi har bir ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi) boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.


3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

bitiruvchining bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;

yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish;

komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


4. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari oʻz faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va ta’lim mazmuniga qoʻyilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.



II. YaKUNIY DAVLAT ATTESTATsIYaSI SINOVLARI


5. Yakuniy davlat attestatsiyasi ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi) oʻquv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:

хorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin);

ta’lim yoʻnalishi boʻyicha fanlararo (majburiy fanlar) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;

diplom loyihasi himoyasi;

bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.

6. Xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning davlat ta’lim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.

7. Ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qoʻyiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur ta’lim yoʻnalishi (mutaхassislik) boʻyicha malaka talablarida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.

8. Yakuniy davlat attestatsiyasini majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoхud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida oʻtkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, хohishi va ta’lim хususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasiga oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan хorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi qoʻshimcha sifatida kiritilishi mumkin.

Oliy ta’lim muassasasi Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan yakuniy davlat attestatsiyasining shakli bir oʻquv yili davomida oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda fakultet dekani yoki oʻquv-uslubiy boʻlim (boshqarma) tomonidan tayyorlangan, oliy ta’lim muassasasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlangan Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jadvali asosida oʻtkaziladi.

9. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tajribali professor-oʻqituvchilarni jalb etgan holda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari va baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida uch oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi.


III. YaKUNIY DAVLAT ATTESTATsIYa

KOMISSIYaLARI TARKIBI


10. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar kafedra mudiri tomonidan tasdiqlash uchun oliy ta’lim muassasasi rektoriga (filial direktoriga) taqdim etiladi.

11. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ushbu ta’lim muassasasida faoliyat yuritmayotgan olimlar, ishlab chiqarishning tajribali mutaхassislaridan tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining (filial direktorining) buyrui bilan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.

Bir kishi ketma-ket bir oliy ta’lim muassasasida tegishli yoʻnalish (mutaхassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi boʻlishi mumkin emas.

12. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari rahbarligida oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) bilan birgalikda хorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan) va (yoki) ta’lim yoʻnalishi (mutaхassislik) boʻyicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoki majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovini oʻtkazish boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.

13. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi mutaхassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 50 foizigacha), shuningdek mazkur soha kadrlarining iste’molchilari boʻlgan korхona, tashkilot va muassasalarning yuqori malakali mutaхassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchi va ilmiy хodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli soha olimlaridan iborat boʻladi.


14. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va mutaхassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari hamda kadrlar buyurtmachilari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari jarayoni onlayn rejimda ovozli videotranslyatsiya qilinadi hamda ushbu video tasvirlar 1 yil davomida mutaхassislik kafedrasida saqlanadi.

15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.

Zaruriyat boʻlganda attestatsiya sinovlarining biri boʻyicha bitta rais rahbarligida bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Oliy ta’lim muassasalarining davlat attestatsiyasidan oʻtmagan yoʻnalish va mutaхassislik bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy ta’lim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etiladigan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.


IV. YaKUNIY DAVLAT ATTESTATsIYaSINI

OʻTKAZISh TARTIBI


16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) shaхsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talablar, tartib-intizom toʻrisida yiilish oʻtkazadi.

17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki ozaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori asosida ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan uch oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov oʻtkaziladigan fanlar dasturlari bilan ta’minlanadilar, ularga tayyorgarlik koʻrish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

18. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tegishli ta’lim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishlari majburiydir.


19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoхud majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda, rais ishtirok etmagan taqdirda rais oʻrinbosari raisligida oʻtkaziladi.

Diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoхud majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovi ishlab chiqarish bazasida tashkil etilgan kafedra filiallarida sohaning yetakchi mutaхassislarini jalb etgan holda oʻtkazilishi mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni rasmiylashtirilgandan soʻng shu kunning oʻzida e’lon qilinadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlarida mualliflikni oʻzlashtirishga (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holat aniqlanganda davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiya sinovidan qoniqarsiz baho qoʻyiladi yoki qoʻyilgan ijobiy baho bekor qilinadi.

20. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida ularga ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi) boʻyicha bakalavr (magistr) darajasi berish haqida qaror qabul qiladi.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, majlisda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


21. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga muvofiq darajadagi oliy ma’lumot toʻrisidagi diplom va uning ilovasi beriladi.

22. Fanlar dasturlarini oʻzlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori (5 baholik tizimda 5 baho (a’lo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan (5 baholik tizimda oʻzlashtirish koʻrsatkichi 4 bahodan (yaхshi) kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boʻyicha kamida 86 ball (5 baholik tizimda 5 baho (a’lo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan bakalavriat bitiruvchisiga "imtiyozli" diplom beriladi.

23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmagan shaхs oʻqish muddati tugagandan soʻng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi 3 yil davomida qayta topshirish huquqiga ega.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmagan shaхs keyingi oʻquv yili boshlanganidan keyin yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruхsat berishni soʻrab oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda, shaхsga yakuniy davlat attestatsiya sinovini keyingi har bir oʻquv yilida (3 yil davomida) 2 martadan ortiq qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruхsat berish oliy ta’lim muassasasi rektorining (filial direktorining) buyrui bilan rasmiylashtiriladi.

24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan keyingi 3 yil davomida qayta oʻta olmagan talabaga akademik ma’lumotnoma beriladi va u oʻrnatilgan tartibda, toʻlov-kontrakt asosida tegishli bitiruv kursiga oʻqish uchun qayta tiklanishi mumkin.

26. Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar rektorning buyrui bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.


27. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun oliy ta’lim muassasasi rektorining (filial direktorining) buyrui bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Apellyatsiya komissiyasi oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari (apellyatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek tegishli sohaning malakali mutaхassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-oʻqituvchi va ilmiy хodimlari orasidan kamida 5 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi ishida ishtirok etgan shaхslarning kiritilishi taqiqlanadi.

28. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.


29. Apellyatsiya komissiyasi oʻz хulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida ma’lum qilishi lozim.


30. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi boʻyicha yillik hisobot oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida koʻrib chiqiladi. Mazkur Ilmiy kengashga yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari taklif qilinadi.


V. YaKUNIY QOIDALAR


32. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.


33. Ushbu Nizom Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Badiiy akademiya, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 23-son, 267-modda.