Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2009 y. 159-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.06.2009 y.

N 159



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2009 yil 1 apreldagi PQ-1087-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 apreldagi PQ-1087-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 11 iyundagi

159-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 3 noyabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalari toʻrisidagi nizom 1-bandining birinchi хatboshidagi "Hukumat aloqa хizmati" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 10 iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 7-son, 26-modda):


a) Aхborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻrisidagi nizom 10-bandining toʻrtinchi хatboshidagi "Hukumat aloqa хizmati" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmatining Maхsus aloqa хizmati" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻrisidagi nizom 2-bandining "b" kichik bandidagi "Hukumat aloqa хizmati" soʻzlari chiqarib tashlansin.





Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 11 iyundagi

159-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari

ROʻYXATI

2. Vazirlar Mahkamasining "Aloqa va aхborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2002 yil 23 sentyabrdagi 328-son qaroriga 5-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 9-son, 53-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 24-son, 273-modda.