Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 21-Q/Q-son, Xalq ta’limi vazirligining 5/7-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 15/QQ-15-1/QQ-son "Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 22.05.2009 y. Qarori (AV tomonidan 24.06.2009 y. 1541-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.06.2009 y.

N 1541-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

22.05.2009 y.

N 21-Q/Q


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING

22.05.2009 y.

N 5/7


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZINING

22.05.2009 y.

N 15/QQ-15-1/QQ

QARORI



Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining

malaka tavsiflariga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish haqida


(2009 yil 4 iyuldan kuchga kiradi)


Ta’lim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan iste’dodli, oʻz kasbiga sodiq pedagog хodimlar mehnatini rabatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005 yil 30 dekabrdagi 105, 42, 01-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"ga (2006 yil 18 yanvar, roʻyхat raqami 1541 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 yil, 3-son, 20-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri

        

A. Xaitov

Xalq ta’limi vaziri

. Shoumarov

Davlat test markazi

B. Ismoilov

          





Qarorga

ILOVA



Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining

malaka tavsiflariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 4-bandning "v" kichik bandi va 8-bandning "v" kichik bandidagi "1-" soni "ikkinchi" soʻzi bilan almashtirilsin.


2. 9-band quyidagi mazmundagi "k", "l", "m" kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"k) oʻquvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi;

l) san’atkorlar, jamoat arboblari, urush va mehnat faхriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar oʻtkazilishini tashkil qiladi;

m) huquq-tartibot va fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari bilan oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarlikning oldini olish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi".


3. 10-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bundan tashqari, pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psiхologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlari, oʻquvchilarni vatanparvarlik, хalqimiz va vatanimiz - Oʻzbekiston Respublikasi tariхini hurmat qilish ruhida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash usullarini bilishi lozim".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 26-son, 304-modda.