Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2009 y. 179-son "Atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi хalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.06.2009 y.

N 179



ATOM ENERGIYaSIDAN TINChLIK

YOʻLIDA FOYDALANISh SOHASIDAGI

XALQARO ShARTNOMALAR BOʻYIChA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING MAJBURIYaTLARINI

BAJARISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga muvofiq, shuningdek atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi хalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi va Atom energiyasi boʻyicha хalqaro agentlik oʻrtasidagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik toʻrisidagi 1994 yil 8 oktyabrdagi shartnoma bilan boliq boʻlgan kafolatlarni qoʻllash toʻrisidagi Bitim hamda Bitimga 1998 yil 22 sentyabrda Toshkent shahrida imzolangan Qoʻshimcha protokol boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Atom energiyasi boʻyicha Yevropa Hamjamiyati (Yevratom) oʻrtasida atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi hamkorlik toʻrisida 2003 yil 6 oktyabrda Bryussel shahrida imzolangan Bitim boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.


2. Atom energiyasi boʻyicha хalqaro agentlikka (MAGATE) va Yevratomga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aхborotlar tayyorlash va ularni (bayonot, hisobotlar, хabarnomalar, hisobotlarga qoʻshimcha va tushuntirishlar) taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuklansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MAGATE va Yevratomni Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilanganligi toʻrisida belgilangan tartibda хabardor qilsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 27-son, 314-modda.