Qonunchilik
OʻzR Qonunlari
Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.01.2002 y.

N 11



TOJIKISTON RESPUBLIKASI

YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI

VA AVTOBUSLARNING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDI

ORQALI OʻTGANLIGI UChUN YIIMLARNI

BIRXILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Davlatlar boshliqlarining 2001 yil dekabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvida erishilgan kelishuvga muvofiq, yaхshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga kirib kelishi va tranziti uchun yiimlar stavkalarini birхillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2002 yil 10 yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi har bir yuk avtotransport vositasi va avtobusning Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga kirib kelganligi va tranziti uchun:

bitta yuk avtotransport vositasi va avtobusdan - 130 AQSh dollariga;

Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositasi va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasi hududida 3 sutkadan ortiq boʻlganda har bir kun uchun - 70 AQSh dollari;

Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali yuk avtotransport vositasi va avtobusning uchinchi mamlakatlarga (MDH mamlakatlaridan tashqari) tranziti uchun 90 AQSh dollariga teng miqdordagi summada milliy valyuta "soʻm"da yiimlar belgilansin.

Bunda yiimlarni undirish milliy valyuta "soʻm"da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojхona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi.

2. Belgilab qoʻyilsinki, Tojikistonning avtotransport vositalaridan yiim undirish bojхona postlarida joylashgan tijorat banklari tomonidan toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyuta "soʻm"da amalga oshirilib, olingan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.

3. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 sentyabrdagi 429-son qarorining 2-bandi;

Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 20 sentyabrdagi 431-f-son farmoyishi 2-bandining Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalaridan undiriladigan yiimlar stavkalariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                               Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlar toʻplami" 2002 yil, 1-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 1, 3-modda.