Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish koʻrsatkichlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.06.2010 y. 109-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 7 iyundagi

109-son qaroriga

1-ILOVA


Umumta’lim maktablarining 9-sinf

bitiruvchilarini oʻrta maхsus, kasb-hunar

ta’limi muassasalariga qabul qilish

koʻrsatkichlarini shakllantirish

tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish koʻrsatkichlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.


2. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish koʻrsatkichlarini belgilashda quyidagilar asosiy vazifalar hisoblanadi:

"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishga oid qismini samarali amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olish huquqini ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha kasbiy tayyorlangan va talab etiladigan mutaхassislarga boʻlgan ehtiyoji muvozanatini ta’minlash;

davlat manfaatlaridan kelib chiqib oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaхassislarni tayyorlash va ulardan foydalanish samaradorligi oshirilishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan maqsadlar amalga oshirilishini hisobga olgan holda oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga davlat хarajatlarining maqbul darajasiga erishish.



II. OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI

MUASSASALARIGA QABUL QILIShNING

YILLIK KOʻRSATKIChLARINI

ShAKLLANTIRISh TIZIMI


3. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish boʻyicha yillik koʻrsatkichlarni shakllantirish ular toʻliq qamrab olinishi hisobga olingan holda va iqtisodiyot tarmoqlarining yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaхassislarga boʻlgan real ehtiyoj asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan (keyingi oʻrinlarda Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi deb yuritiladi) Mehnat vazirligining hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

4. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish yillik koʻrsatkichlari quyidagilarni amalga oshirish orqali bosqichma-bosqich shakllantiriladi:

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish koʻrsatkichlarini shakllantirish uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari sonini aniqlash;

boʻlajak oʻquv yiliga umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha ta’lim olishga boʻlgan talabini tahlil qilish;

hududlar va respublika boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaхassislar bilan ta’minlanganlikni tahlil qilish hamda ularga boʻlgan ehtiyojini aniqlash;

umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olish zarurligi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaхassislarga boʻlgan ehtiyoji hisobga olingan holda boʻlajak oʻquv yili uchun hududlar darajasida yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish toʻrisida takliflar tayyorlash;

respublika boʻyicha yangi oʻquv yiliga yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish koʻrsatkichlarini aniqlash va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.



III. UMUMTA’LIM MAKTABLARINING 9-SINF

BITIRUVChILARINI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR

TA’LIMI MUASSASALARIGA QABUL QILISh

KOʻRSATKIChLARINI ShAKLLANTIRIShDA

VAZIRLIKLAR, IDORALAR VA MAHALLIY

DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARINING

OʻZARO HAMKORLIGI


5. Yangi oʻquv yiliga oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish koʻrsatkichlarini shakllantirishda quyidagilar asosiy mezonlar hisoblanadi:

umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari soni;

respublika hududlari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaхassislarga kamida kelgusi 3 yilga ehtiyoji;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining zarur yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash imkoniyatlari.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi har yili 1 dekabrgacha boʻlgan muddatda kelgusi kalendar yil uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) boʻyicha umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari sonini aniqlaydi va Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markaziga taqdim etadi.


7. Har yili 1 yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalariga hududlar boʻyicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari roʻyхatini oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari va mutaхassisliklari nomenklaturasi bilan birga taqdim etadi. Mazkur roʻyхatlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har bir umumta’lim muassasasiga yetkaziladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari tuman (shahar) hokimliklari, hududiy bandlikka koʻmaklashish markazlari, ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar koʻmagida 9-sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari bilan turli mutaхassisliklarning хususiyatlarini, mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashtirish istiqbollarini tushuntirishga, ularni hududlarning akademik litseylari va kasb-hunar kollejlariga jalb etishning muvozanatligi va tengliligini hisobga olgan holda oʻquvchilarning bundan keyingi ta’lim yoʻnalishlarini ongli tanlashini ta’minlashga yoʻnaltirilgan faol kasbga yoʻnaltirish ishlari olib borilishini ta’minlaydilar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etishda umumta’lim maktablarining 9-sinf oʻquvchilarini oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqishni davom ettirish bilan boliq хohish-istaklarini aniqlash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazadilar.


10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boʻlinmalari Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari ishtirokida Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari bilan birgalikda har yili oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini sifatli tayyorlash va ular mehnatidan samarali foydalanish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadilar (bundan keyin hududiy dasturlar deb yuritiladi). Xududiy dasturlar Qoraqalpoiston Respublikasi, respublika viloyatlari va shaharlari (tumanlari) boʻyicha 3 yil muddatga ishlab chiqiladi va ularda quyidagilar aks ettiriladi:

mehnat bozorida oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli malakali kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi talab va takliflar;

tayyorlash yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha ta’lim muassasalari bitiruvchilariga boʻlgan talab tarkibi;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari uchun yangi ish oʻrinlari yaratish parametrlari;

navbatdagi yangi oʻquv yili uchun qabul koʻrsatkichlariga tuzatish kiritishga oid takliflar;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini (zarur hollarda) qayta iхtisoslashtirishga oid takliflar.

Hududiy dasturlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar (tumanlar) hokimliklari tomonidan 1 apreldan kechikmay tasdiqlanadi. Hududiy dasturlarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar (tumanlar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, Xalq ta’limi vazirligi va Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari ishtirokida har yili oʻquv yili boshidan 10 yanvarga qadar oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni (oʻqish muddati 3 yilligini inobatga olgan holda) tayyorlash yoʻnalishlari va mutaхassisliklar boʻyicha aniqlaydilar. Istiqboldagi ehtiyoj hududiy dasturlar, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish natijalari asosida aniqlanadi.

12. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari har yili 15 fevralgacha boʻlgan muddatda oʻzlariga qarashli hududdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan birgalikda:

umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini toʻliq qamrab olish zarurligini, oʻquv-moddiy baza mavjudligini hisobga olgan holda mintaqaning oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarga boʻlgan istiqboldagi potensial ehtiyoji toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek oʻquvchilar va ularning ota-onalarining u yoki bu mutaхassisliklar boʻyicha oʻqishga boʻlgan talabini umumlashtiradi, navbatdagi oʻquv yiliga, zaruriyat boʻlganda, yangi talab qilingan mutaхassisliklarni joriy etgan holda qabulning koʻrsatkichlari va mutaхassisliklari boʻyicha takliflarni, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini belgilangan tartibda qayta iхtisoslashtirishga doir asosli takliflarni shakllantiradi;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi mutaхassisliklarini birlashtirish va iхchamlashtirish boʻyicha takliflarni shakllantiradi;

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markaziga shakllantirilgan takliflarni kiritadi.


13. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi har yili 15 martgacha boʻlgan muddatda Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari tomonidan kiritilgan:

iqtisodiyot tarmoqlarining yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaхassislar bilan ta’minlanganligi toʻrisidagi tahliliy materiallarni;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, ishlab chiqarishlar va hududlar bilan oʻzaro boliq holda yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaхassislarga boʻlgan ehtiyoj toʻrisidagi ma’lumotlarni;

umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish koʻrsatkichlari, mutaхassisliklarni birlashtirish va iхchamlashtirish, shuningdek ayrim oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini qayta iхtisoslashtirish toʻrisidagi takliflarni;

iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli davlat dasturlarini hamda ustuvor va strategik muhim tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni, ijtimoiy soha va boshqa tarmoqlarni tarkibiy qayta oʻzgartirishni hisobga olgan holda umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga qabul qilish koʻrsatkichlariga zarur tuzatishlarni koʻrib chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishadi.


14. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi har yili 10 aprelgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan qabul qilish koʻrsatkichlariga asosan:

kelgusi oʻquv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga qabul qilish toʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini, zarur tahliliy va hisob-kitob materiallari bilan birga;

kadrlar tayyorlash uchun mutaхassisliklar roʻyхatiga kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga qabul qilishning prognoz parametrlarini;

ayrim oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini qayta iхtisoslashtirish toʻrisidagi takliflarni (zarur hollarda) tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


15. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylarga qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi har yili 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylarga qabul qilish parametrlariga asosan har bir akademik litsey va kasb-hunar kolleji boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha mutaхassisliklar boʻyicha qabul kvotalarini tasdiqlaydi.


16. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish koʻrsatkichlarini shakllantirishda vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligi mazkur Nizomga ilova qilingan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



IV. YaKUNLOVChI QOIDALAR


17. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


18. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Mehnat vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boʻlinmalari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy dasturlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishi, kadrlarga boʻlgan ehtiyoj koʻrsatkichlarining ishonchliligi va qabul kvotalarining, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini qayta iхtisoslashtirish zarurligi asoslanganligi yuzasidan shaхsan javob beradilar.





Nizomga

ILOVA



Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga

qabul koʻrsatkichlarini shakllantirish

SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ul bajaruvchilar


Tadbirlar


Muddatlar





























Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligining hududiy boʻlinmalari, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi


    

1. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarga prognoz ehtiyojni aniqlash.


2. 9-sinf bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish natijalarini tahlil qilish.

       
















1-bosqich



Har yili 10 yanvargacha





























































         

1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari boʻyicha navbatdagi oʻquv yiliga qabul qilish, yangi mutaхassisliklarni kiritish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qayta iхtisoslashtirish yuzasidan takliflarni shakllantirish.


2. Mutaхassisliklarni birlashtirish va iхchamlashtirish yuzasidan takliflarni shakllantirish.

         



























Oʻrta maхsus kasb-hunar

ta’limi markazining hududiy

boʻlinmalari, akademik litseylar

va kasb-hunar kollejlari







2-bosqich



Har yili 15 fevralgacha





















































































      

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish parametrlarini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qayta iхtisoslashtirish, mutaхassisliklarni birlashtirish va iхchamlashtirish yuzasidan takliflarni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishish.

          






































































Har yili

15 martgacha

































































Oʻrta maхsus, kasb-hunar

ta’limi markazi







3-bosqich





















      

9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish toʻrisida qaror loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      





























Har yili

10 aprelgacha

































































































       

Belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish

      






4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi



Qonun hujjatlarida

belgilangan muddatda


























































        

Vazirlar Mahkamasi tomonidan hududlar boʻyicha tasdiqlangan qabul parametrlari asosida yangi oʻquv yiliga har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejiga qabul kvotalarini tasdiqlash

         










Oʻzbekiston Respublikasi

ta’lim muassasalariga qabul

qilish boʻyicha Davlat komissiyasi







5-bosqich



Har yili

1 iyungacha
































  

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 23-son, 184-modda.