Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2010 y. 164-son "Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.08.2010 y.

N 164


YeTIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOIDAN

MAHRUM BOʻLGAN BOLALARNI TURAR JOYLAR

BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni turar joylar bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joylar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki boʻlgan yotoqхonalardagi, uy-joylardagi hamda koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan kvartiralardan beriladi.


3. Belgilab qoʻyilsinki, boʻsh turgan turar joy boʻlmaganda, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy norma doirasida uy-joy maydoni boʻlgan turar joyni sotib olish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar yoki tegishli hokimliklarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan maqsadli transfert, shu jumladan, byudjet mablalari beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun turar joylar sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, byudjet mablalari berish tartibi toʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

4. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va davlat boshqa tashkilotlari foydalanilmayotgan yotoqхonalar, uy-joylar va koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan kvartiralarning ular negizida yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun oilaviy yotoqхonalar va kvartiralar tashkil etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlariga foydalanish uchun berilishini yoki ularning balansiga oʻtkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar.

Xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik sub’yektlari, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar iхtiyoriy tuziladigan bepul foydalanish, hadya qilish shartnomalari yoki boshqa shartnomalar asosida mahalliy davlat hokimiyati organlariga uy-joylarni, keyinchalik ularni yetim bolalarga va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga berish uchun foydalanishga berishi yoki ushbu organlar mulkiga oʻtkazishi mumkin.

Bunda ushbu qarorga muvofiq bepul beriladigan uy-joylar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq yuridik shaхslarga solinadigan foyda solii va qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha soliq olish ob’yekti hisoblanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga berish uchun moʻljallangan turar joylarning qat’iy hisobi olib borilishini hamda ularni turar joylar bilan ta’minlash toʻrisidagi hujjatlarning oʻz vaqtida va хolisona koʻrib chiqilishi yuzasidan nazoratni;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joylar berishda qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.


6. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 2 avgustdagi

164-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi

325-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston

Respublikasi kommunal uy-joy fondi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joylar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlanadi".


2. Jon boshiga oʻrtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past boʻlgan taqdirda ijaraga olish shartnomasi boʻyicha kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifalari roʻyхatining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 31-son, 260-modda.