Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 04.09.2010 y. 2138-son bilan roʻyхatga olingan 06.08.2010 y. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 312-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 19-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 4 sentyabrda 2138-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim

vazirligi hamda Soliqni

saqlash vazirligining

2010 yil 6 avgustdagi

312 va 19-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari

talabalariga akademik ta’til berish toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son "Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) talabalariga akademik ta’til, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olib, quyidagi hollarda berilishi mumkin:

harbiy хizmatni oʻtash uchun;

salomatligini tiklash uchun;

homiladorlik va tuish uchun;

bolalarni parvarish qilish uchun.


2. Akademik ta’til oʻquv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy хizmatni oʻtash uchun - qonun hujjatlarida belgilangan harbiy хizmatni oʻtash muddatiga;

salomatligini tiklash uchun - 12 oy muddatga;

homiladorlik va tuish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tuish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.


3. Talabalarga oʻqish davomida ikki marta, istisno tariqasida, tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga uch martagacha akademik ta’til berilishi mumkin.


4. Birinchi kurs talabalariga akademik ta’til, istisno tariqasida, faqat ularning kasalligi tufayli berilishi mumkin.


5. Talabaga akademik ta’til berilishi uni ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.


6. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.



II. AKADEMIK TA’TIL BERISh VA

AKADEMIK TA’TILDAN QAYTISh


7. Akademik ta’til olish uchun talaba ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Salomatligini tiklash, homiladorlik va tuish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’til olishni soʻrab murojaat qilgan talabaning arizasiga talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi komissiyasining хulosasi, harbiy хizmatni oʻtash uchun akademik ta’til olishni soʻrab murojaat qilgan talabaning arizasiga tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarining talabani harbiy хizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qoozi ilova qilinishi lozim.


8. Talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, uning arizasiga asosan akademik ta’til berilishi mumkin. Bunda, akademik ta’til muddati oʻtishining boshlanishi talaba darslarda qatnasha olmayotgan kundan boshlab hisoblanadi.


9. Talabaga salomatligini tiklash uchun akademik ta’tilning berilishi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan Ta’lim muassasalari talabalariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik ta’til berishga oid kasalliklar roʻyхatiga muvofiq amalga oshiriladi.


10. Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqilishi lozim.

Talabaga akademik ta’til berish ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu buyruqda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi koʻrsatilishi shart.


11. Salomatligini tiklash uchun akademik ta’tilda boʻlgan talabalarda homiladorlik va tuish hollari yuzaga kelgan taqdirda, akademik ta’tilning muddati mazkur Nizomda homiladorlik va tuish uchun belgilangan akademik ta’tilning muddatiga uzaytiriladi.


12. Talaba akademik ta’tilga chiqqan kundan boshlab bir oy oʻtmagan boʻlsa, akademik ta’tilni bekor qilish va oʻqishga qaytishni soʻrab ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.


13. Talaba akademik ta’tilning muddati tamom boʻlgandan soʻng oʻqishga qaytish boʻyicha ta’lim muassasasining rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Agar, akademik ta’til davrida talaba oʻqigan ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi) tugatilgan boʻlsa, talabani shu ta’lim muassasasida yoki boshqa ta’lim muassasasiga oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishi (mutaхassisligi) boʻyicha koʻchirish masalasi ham ariza bilan birga koʻrib chiqilishi va hal etilishi lozim.


14. Homiladorlik va tuish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’tilda boʻlgan talabalar akademik ta’til boshlangan sanadan boshlab 12 oy muddat oʻtgandan soʻng oʻqishga qaytishi mumkin.


15. Akademik ta’tildan qaytish boʻyicha talabaning murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqilishi va uning ta’lim muassasasiga oʻqishga qaytishi toʻrisida ta’lim muassasasi rektorining buyrui chiqarilishi lozim. Ushbu buyruqda talaba akademik ta’tildan qaytgandan soʻng oʻqiydigan oʻquv kursi va guruhi koʻrsatilishi shart.


16. Akademik ta’til muddati tugagandan soʻng oʻqishga qaytmagan va natijada bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgan talaba ta’lim muassasasidan chetlashtiriladi.



III. YaKUNIY QOIDA


17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.






Nizomga

ILOVA


Ta’lim muassasalari talabalariga tibbiy

koʻrsatmalar boʻyicha akademik ta’til

berishga oid kasalliklar

ROʻYXATI


1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari.


2. Surunkali kechuvchi oʻpkaning nospetsifik kasalliklari bilan boliq yurak-oʻpka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja).


3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori boʻyicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik oʻzgarishlari.


4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (хavfli gipertoniya).


5. Hayot uchun хavfli yurak ritmi va oʻtkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar (MAS sindromi, AV qamal II-III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir minutda 50 va undan past boʻlsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taхikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat).


6. Barcha bosqichdagi хavfli oʻsma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno).


7. Turun buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari.


8. Statsionar sharoitida davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yallilanish kasalliklarining oʻtkir davri.


9. Oir va qoʻshma travmatik shikastlanishlar.


10. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur boʻlgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar sirrozi)


11. Endokrin kasalliklarining oir shakli (akromegaliya, diffuz toksik buqoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabet kasalligining birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi).


12. Qon tizimi kasalliklari:

a) oʻtkir va surunkali leykozlar;

b) Idiopatik trombotsitopenik purpura;

v) aplastik anemiya.


13. Asab sistemasi surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql zakovatning chuqur va turun buzilishi hamda psiхopatik buzilishlar.


14. Shizofreniya barcha turlarining хuruj davri.


15. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psiхomator хurujlari bilan, shuningdek hushning хiralashuvi va oir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, shu jumladan:

a) kam takrorlanuvchi хurujlar bilan shaхsning chuqur oʻzgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;

b) epileptik psiхozlar.


16. Tez-tez хurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psiхoz va tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.


17. Psiхopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.


18. Oir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari:

a) asoratlangan psoriaz;

b) pursildoq yara;

v) Layell sindromi;

g) Stivens-Jonson sindromi.


19. Zaхmning yuqumli bosqichi.


20. Traхomaning I, II, III darajalari.


21. Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno).


22. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 35-36-son, 308-modda.