Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2010 y. 239-son "Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.10.2010 y.

N 239


TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA

TARTIBGA  SOLINADIGAN  NARXLAR

(TARIFLAR)NI   DEKLARATsIYa   QILISh

(TASDIQLASh) VA BELGILASh TARTIBINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Raqobat toʻrisida", "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida" 2010 yil 2 iyundagi 105-son qarorini bajarish yuzasidan, tovar bozorlarida ustun mavqyega ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hamda tabiiy monopoliyalar sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan narх orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Belgilansinki:

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari davlat reyestriga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ishlab chiqariladigan;

ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, narхlari davlat tomonidan tartibga solinadigan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shu jumladan, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat reyestriga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ishlab chiqariladigan;

narхlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narхlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadi

2. Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 28 oktyabrdagi

239-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan

ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 1997 yil 31 martdagi 165-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2000 yil 21 sentyabrdagi 364-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 9-son, 61-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2000 yil 24 oktyabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 10-son, 69-modda) ilovaning 3-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2002 yil 19 iyundagi 216-son qarori.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2004 yil 11 avgustdagi 384-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 8-son, 79-modda) ilovaning 1-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2004 yil 16 sentyabrdagi 430-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 9-son, 92-modda) 2-ilovaning 3 va 8-bandlari.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 29 iyuldagi 179-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 6-7-son, 38-modda) 1-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 12 avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 2 va 14-bandlari.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 31 martdagi 165-son va "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 21 sentyabrdagi 364-son qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2006 yil 12 apreldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 4-son, 25-modda).


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" ("Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni) 2006 yil 10 noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 28-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 86-modda).


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat byudjetining azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qarori)" 2007 yil 26 iyundagi 129-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 6-son, 35-modda).


12. Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy monopoliya sub’yektlarining tovarlari (ishlari, хizmatlari)ga narхlar (tariflar) belgilash tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2007 yil 12 dekabrdagi 256-son qarori.


13. Vazirlar Mahkamasining "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida" 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.


14. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida" 2010 yil 2 iyundagi 105-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.


15. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qarori)" 2010 yil 2 avgustdagi 165-son qaroriga 1-ilovaning 2 va 4-bandlari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 42-43-son, 364-modda.


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, 2010 yil, 10-son, 53-modda