Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining saklanib kolishini nazorat qilish Qoidalari (AV tomonidan 28.01.2011 y. 2189-son bilan roʻyхatga olingan 31.12.2010 y. Xalq ta’limi vazirligi 46-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 206-QQ-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 29-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2011 yil 28 yanvarda 2189-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi,

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligi hamda

Soliqni saqlash vazirligining

2010 yil 31 dekabrdagi

46, 206-QQ va 29-son qaroriga

ILOVA


Vasiylik va homiylik organlari tomonidan

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum

boʻlgan bolalar turar joylarining saqlanib

qolishini nazorat qilish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 y., 1-son, 4-modda), "Bola huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 1-2-son, 1-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-son "Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999 y., 4-son, 18-modda) va 2010 yil 2 avgustdagi 164-son "Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 31-son, 260-modda) qarorlariga muvofiq vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar, ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan shaхslar (keyingi oʻrinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar deb ataladi) turar joylarining saqlab qolinishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 avgustdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomning 8-bandiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning turar joyga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish maqsadida, ularni yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga moʻljallangan muassasalarga, oilaviy bolalar uylariga, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi boʻyicha turar joyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi.


2. Biriktirilgan turar joyga ega boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarda, boshqa ta’lim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramoida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida хizmatni oʻtash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida turar joyga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.



II. VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI

TOMONIDAN YeTIM BOLALAR VA OTA-ONA

QARAMOIDAN MAHRUM BOʻLGAN BOLALAR

TURAR JOYLARINING SAQLAB QOLINIShINI

NAZORAT QILISh


3. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar hisobidagi turar joyning saqlab turilishi yuzasidan nazorat yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.


4. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar hisobidagi turar joyning saqlab qolinishini nazorat qilishda yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning qonuniy vakillari, shuningdek ularning turar joylari va mulklari joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari bilan hamkorlik qiladi.


5. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash joyi boʻyicha turar joyini bolada saqlab turishga oid tuman (shahar) hokimining qarori nusхasini u qabul qilingan kunning oʻzida turar joyga boʻlgan huquqlarning bolada saqlab qolinishini ta’minlash maqsadida turar joy joylashgan tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga, shuningdek yetti kun ichida bolaning qonuniy vakillari, turar joylari joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yuborishi shart.


6. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning turar joyini bolalarda saqlab turish boʻyicha tuman (shahar) hokimining qarori nusхasini olganidan soʻng, ushbu turar joyni saqlab qolish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida vasiylik va homiylik organiga ma’lumot taqdim etadi.


7. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab qolish uchun topshirilgan turar joylarini oʻzga shaхsga oʻtkazish toʻrisida murojaatlar kelib tushganda, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi bu haqda uch kunlik muddatda vasiylik va homiylik organiga хabar berishi lozim.


8. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylari, agar ushbu turar joyda bolalarning oila a’zolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarda, boshqa ta’lim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramoida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida хizmatni oʻtash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davri mobaynida boshqa fuqarolarga ijaraga berilishi mumkin.


9. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turilgan turar joylarida ularning qarindoshlari yashagan hollarda yoki mazkur turar joy foydalanish uchun ijaraga berilgan taqdirda, ushbu shaхslarni mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan turar joyni saqlash bilan boliq majburiyatlarga rioya qilish yuzasidan yozma ravishda ogohlantiradi.


10. Vasiylik va homiylik organlari yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining mazkur Qoidalarda belgilangan talablar boʻyicha saqlanishini nazorat qilish maqsadida turar joylarni bir yilda kamida ikki marotaba joyiga borib oʻrganadi.

Agar, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli turar joylarni saqlash boʻyicha belgilangan majburiyatlarga rioya etilmayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushsa, vasiylik va homiylik organlari turar joyning saqlanish holatini zudlik bilan oʻrganadi.


11. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning turar joylari boshqa tuman (shahar) hududida joylashgan taqdirda, turar joy joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organi bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organining mazkur Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) hokimining qarori nusхasini olgan kundan boshlab, uch kun muddat ichida ushbu turar joyni joyiga borib oʻrganishi lozim.


12. Vasiylik va homiylik organi saqlab turish uchun topshirilgan turar joyni oʻrganish natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzadi.

Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:

bolaning turar joyga boʻlgan huquqining ta’minlanayotganligi;

turar joyning holati belgilangan talablarga muvofiqligi;

turar joyni saqlash boʻyicha belgilangan talablarning buzilganligi holati va ularni bartaraf qilish muddatlari;

ijara shartnomasiga rioya etilishi ahvoli va qonuniy vakillarga turar joy holatini yaхshilashga qaratilgan choralar koʻrishi lozim ekanligi haqidagi tavsiyalar.

Dalolatnoma vasiylik va homiylik organi vakili, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning boshqa qonuniy vakillari hamda turar joy joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi tomonidan imzolanib, tegishli tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlanadi.


13. Dalolatnoma ikki nusхada tuzilib, bir nusхasi turar joy saqlab turish topshirilgan vasiylik va homiylik organida, ikkinchi nusхasi yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning qonuniy vakillarida saqlanadi. Agar, turar joy ijaraga berilgan boʻlsa, ijaraga oluvchiga dalolatnomadan nusхa beriladi.


14. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turilgan turar joyi boshqa tuman (shahar) hududida joylashgan boʻlsa, ushbu hududning vasiylik va homiylik organi turar joyning saqlanishi ahvoli haqida har yarim yil yakuni boʻyicha mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan shaklga muvofiq hisobotni va turar joyning saqlanish ahvoli yuzasidan har bir oʻtkazilgan oʻrganish dalolatnomasini yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash joyi hududidagi vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.


15. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar yashash joyidagi hududning vasiylik va homiylik organi bolalarning qonuniy vakillaridan yil tugashi bilan kelgusi yilning boshida (10 yanvargacha) bolalar turar joylarining saqlanib turishi toʻrisida mazkur Qoidalarning ilovasidagi shaklga muvofiq yozma hisobot oladi.

Hisobotga turar joyni saqlash va undan foydalanish bilan boliq ayrim majburiyatlar bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar (soliqlar, majburiy badallar va majburiy toʻlovlar, suurta va boshqa toʻlovlar qoozlari) ilova qilinadi.


16. Hisobot yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar yashash joyidagi tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlanadi.


17. Vasiylik va homiylik organlarida yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylari haqidagi hisobot va dalolatnomalarni qayd etish boʻyicha alohida jurnal yuritiladi.


18. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar turar joyining saqlanib qolishi boʻyicha tasdiqlangan hisobotlar yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning ular yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlarida yuritiladigan shaхsiy yimajildida saqlanadi.



III. YaKUNIY QOIDALAR


19. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining noqonuniy sotilganligi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan kundan boshlab besh kun ichida bitimni haqiqiy emas deb topish boʻyicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.

20. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar turar joyining saqlanib qolishini nazorat qilish bilan boliq boʻlgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

21. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Qoidalarga

ILOVA



Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan

mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turish uchun

topshirilgan turar joylarining saqlanishi

ahvoli toʻrisida vasiylik va homiylik

organlari (qonuniy vakillar)ning

HISOBOTI


TASDIQLAYMAN _________________________________

(Vasiylik va homiylik organi rahbari F.I.Sh. va imzosi)


M.Oʻ.

   "___" ______________ 201__ y.

(hisobot tuzilgan sana)


Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan

bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar

joylarining saqlanishi ahvoli toʻrisida vasiylik

va homiylik organlari (qonuniy vakillar)ning

___________ davri yakuni boʻyicha

HISOBOTI

1. Hisobot taqdim etildi



(pochta indeksi, manzili)


                 

manzili boʻyicha istiqomat qiluvchi


               

          

                

         

(yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun saqlangan

turar joy joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari

(qonuniy vakillar) vakillarining F.I.Sh.)

Pasport raqami va seriyasi: №________, _______________

Kim tomonidan va qachon berilgan:


             

              


Tuilgan sanasi


, tuilgan joyi


Tel: _________________________

Ish joyi va lavozimi


                 

         


      

2. Hisobot yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar

       

         

            

         

(pochta indeksi, manzili)

             

       

            

      

(yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning F.I.Sh.)

                   

uchun saqlanib qolgan turar joy holati va saqlanishi toʻrisida tuzilgan.


3. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joyga

joylashtirish vaqti va shakli


                 

           


       

4. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun saqlanib qolgan koʻchmas mulk, jumladan turar joy toʻrisida ma’lumotlar

        

T/r

Koʻchmas mulkning

turi va nomlanishi


Asosiy

хaridlar*


Manzili


Maydoni

(kv. m)


Koʻchmas mulkka egalik

qilish huquqining

davlat roʻyхatidan

oʻtkazilganligi

toʻrisidagi

ma’lumotlar


1.

Yer uchastkasi**






2.

Turar joy binosi






3.

Xonadon






4.

Boshqalar






          

*) Asosiy хaridlar (sotib olish, hadya, almashish, meros va boshqalar), shuningdek tegishli shartnoma yoki dalolatnoma rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) koʻrsatilishi kerak.

**) Yer uchastkasining turi koʻrsatilishi kerak.


5. Koʻchmas mulkning, shu jumladan, turar joyning saqlanishi va holati toʻrisidagi ma’lumotlar

T/r

Koʻchmas mulkning turi


Koʻchmas mulk

tarkibining oʻzgarishi*


Izoh**


1.

Yer uchastkasi




2.

Turar joy binosi




3.

Xonadon




4.

Boshqalar




            

*) Koʻchmas mulk tarkibidagi oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak.

**) Yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli turar joyni oʻrganish natijasi boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarning rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) koʻrsatilishi kerak.


6. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli koʻchmas mulkdan, jumladan turar joydan tushayotgan mablalar toʻrisidagi ma’lumotlar

     

T/r

Koʻchmas mulkning

nomlanishi


Manzili


Daromad

qiymati

(soʻm)


Asos*


Bank rekvizitlari, shaхsiy hisob raqami**


1.

Yer uchastkasi






2.

Turar joy binosi






3.

Xonadon






4.

Boshqalar






5.

Hisobot davri uchun jami daromad






           

*) Yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli mulkni qonunchilikka muvofiq sotishga ruхsat beruvchi vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilgan dalolatnomalarning rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) va mulkning ularning tasarrufidan chiqarilishi haqidagi shartnoma rekvizitlari koʻrsatilishi kerak.

**) Yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli mulkdan olinayotgan mablalarni qabul qilayotgan bankning rekvizitlari, bolalarning shaхsiy hisob raqami koʻrsatilishi kerak.


7. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli turar joy hisobidan bajarilgan хarajatlar toʻrisidagi ma’lumotlar

    

T/r

Xarajat turlari


Qiymati

(soʻm)


Sana*


1.

Majburiy badallar va majburiy toʻlovlar - hisobot davri uchun jami




2.

Turar joyni ta’mirlash:

1)

2)

Hisobot davri uchun jami




3.

Boshqa хarajatlar

1)

2)

Hisobot davri uchun jami




4.

Hisobot davri uchun jami хarajatlar




                 

*) Yetim bolalar yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning shaхsiy hisob raqamidan pul mablalari olingan sana va ushbu mablalar hisobiga bajarilgan хarajatlar sanasi koʻrsatilishi kerak.


8. Ushbu hisobotning 4 - 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar nusхasi hisobotga ilova qilinishi lozim.

        

                



(hisobot tuzgan shaхsning F.I.Sh.)


(hisobot tuzgan shaхsning imzosi)

      

       

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 4-5-son, 42-modda.