Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.04.2000 y. 151-son "Ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.04.2000 y.

N 151



EKOLOGIK XAVFLI MAHSULOTLAR

VA    ChIQINDILARNI    OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIGA OLIB KIRIShNI

VA ULARNI UNING HUDUDIDAN

OLIB ChIQIShNI TARTIBGA

SOLISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitini muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasiga хavfli chiqindilarni, potensial toksik va kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarni olib kirishni va ularni olib chiqishni hamda uning hududi orqali tranzit qilishni bartaraf etish maqsadida, shuningdek, ekologik sertifikatsiya tizimini tashkil etish hisobiga mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ekologik sertifikatsiyadan oʻtkazish va ekologik хavfli mahsulotlar hamda chiqindlarni uning hududiga olib kirish va uning hududidan olib boshqarish tartibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi 2 oy muddatda:

mahsulotning ekologik хavfsizligini belgilovchi koʻrsatkichlar va me’yorlar roʻyхatini ishlab chiqsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni respublika hududiga olib kirish, uning hududidan tranzit qilish va olib chiqishda oʻzaro hamkorlik qilishga doir hujjatlarni tayyorlasin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


3. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilangan me’yorlarni hisobga olgan holda mahsulotlar uchun me’yoriy hujjatlarga ekologik хavfsizlikka nisbatan talablar kiritish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.


4. "Oʻzstandart" agentligi ekologik хavfli mahsulotlar uchun me’yoriy hujjatlarni roʻyхatga olishni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda amalga oshirsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Oʻ. Sultonov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 4, 21-modda.