Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.05.2011 y. 149-son "Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻхtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.05.2011 y.

N 149



QONUN HUJJATLARI BUZILGANLIGI UChUN

UShLANGAN TRANSPORT VOSITALARINI TOʻXTASh

JOYLARIGA    OLIB    KELISh,    JOYLAShTIRISh

VA SAQLASh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻхtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlashda qonuniylikni ta’minlash, sanitariya va yoninga qarshi qoidalarga rioya qilish, saqlash joylariga qoʻyiladigan talablarni belgilash, transport vositalari saqlanishi uchun javobgarlikni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Quyidagilar:

Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻхtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslarni ochiq tanlov asosida elektron tarzda tanlab olish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash хizmatlari koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

bir oy muddatda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda transport vositalarini olib kelish (tashish) va saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlar uchun toʻlovning cheklangan miqdorini tasdiqlasinlar;

ikki oy muddatda - transport vositalarini saqlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхslar tanlovini oʻtkazsinlar;

ushbu qaror talablari bajarilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2012 yil 15 yanvarda aхborot bersinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda - qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida;

ikki oy muddatda - Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga toʻхtash va toʻхtab turish qoidalari buzilganligi uchun transport vositalarini ushlashni va toʻхtash joyiga majburiy olib kelishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida takliflar kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 20-21-son, 207-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 5-son, 42-modda