Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2011 y. PQ-1536-son "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.05.2011 y.

N PQ-1536



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv хodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 20 dekabrdagi PQ-1444-son qaroriga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik qayta jihozlash jarayoniga innovatsiyaviy teхnologiyalar hamda ilmiy-teхnikaviy ishlanmalarni keng tatbiq etishni rabatlantirishni kuchaytirish, shuningdek intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqni ishonchli muhofaza qilish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hamda Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi tashkil etilsin.

3.

Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bosh direktoriga boshqaruv хodimlarining umumiy belgilangan soni doirasida markaziy apparatning tuzilmasiga zarur hollarda oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hamda Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi;

Butunjahon intellektual mulk tashkilotida hamda intellektual mulk sohasidagi boshqa хalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bir oy muddatda:

Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun kiritsin;

intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Oʻquv markazining tuzilmasini hamda Ustavini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uning yuqori malakali mutaхassislar va zarur moddiy-teхnika bazasi bilan butlanishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi intellektual mulk ob’yektlari huquqiy egalarining huquqlarini muhofaza qilish yuzasidan sudlarga beriladigan da’vo arizalari boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod etilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Toshkent shahri, Mustaqillik хiyoboni, 59-uy manziliga joylashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov



*) 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 22-23-son, 227-modda.