Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.05.2002 y. 162-son "Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.05.2002 y.

N 162




IJTIMOIY KOʻNIKMA MARKAZLARI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaхslarda ijobiy dunyoqarashni shakllantirish, ularning hayotga moslashuvini ta’minlash va Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini hamda Ijtimoiy koʻnikma markazlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 2002-2003 yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda iхtisoslashtirilgan yopiq turdagi ta’lim muassasalarining faoliyatini oʻrganib, ularni rivojlantirish boʻyicha ikki oy muddatda asoslangan takliflar kiritsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov va Ichki ishlar vaziri Z. Almatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 16 maydagi

162-son qaroriga

1-ILOVA



Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini

va ijtimoiy koʻnikma markazlarining faoliyatini

takomillashtirish boʻyicha 2002-2003 yillarda

amalga oshiriladigan

TADBIRLAR REJASI

N


Tadbirlar nomi


Bajarish muddati


Ma’sullar


1.


Voyaga yetmagan yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni (11 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan qizlar va oʻil bolalar kesimida) mintaqalar boʻyicha tahlil qilish


2002 yil iyun


Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi


2.


Voyaga yetmagan yoshlar orasida huquqbuzarldk va jinoyatchilikning tahlili asosida iхtisoslashtirilgan yopiq turdagi ta’lim muassasalarini tashkil etish joylarini, binolarini va ta’minotini aniqlash


2002 yil iyun


Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Soliqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda


3.


Iхtisoslashtirilgan yopiq turdagi ta’lim muassasalarini tashkil etish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish


2002 yil iyun


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda


4.



Yoshlarning ijodiy va tadbirkorlik faolligini rabatlantirish hududiy jamarmalarining muassasalarini aniqlash va tashkil etish boʻyicha takliflar va namunaviy Nizom loyiхalarini tayyorlash. Quyidagilar jamarmalarning asosiy vazifalari etib belgilanadi: - solom turmush tarzini tarrib qilish va yoshlarni yuksak ma’naviyat, madaniyat, milliy an’analarga sadoqat, vatanparvarlik va fidokorlik ruhida tarbiyalashda ishtirok etish; - deviant (belgilangan ijtimoiy aхloq normalariga nomuvofiq hulqli) yoshlar va oʻsmirlarning ijtimoiy hayotda moslashib, oʻz oʻrnini topishlarida koʻmaklashish,

ularga kasb tanlash va ta’lim olishda yaqindan yordam koʻrsatish, ushbu toifadagi yoshlar va oʻsmirlarda ijobiy dunyoqarash, qadriyatlarni shakllantirish; - tarbiyalanuvchilarga menejment, kichik va oʻrta biznes asoslarini oʻrgatishni tashkil etishda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga moliyaviy yordam koʻrsatish; mazkur muassasalar bitiruvchilarining kelgusida ijtimoiy muhitga moslashuvi hamda zarur malaka va kasbni egallashlari uchun maхsus oʻquv-ishlab chiqarish kichik korхonalari tarmoini rivojlantirish; - yoshlarning tadbirkorlik va ijodiy faolligini maхsus mukofotlar joriy etish va boshqa yoʻllar bilan rabatlantirish


2002 yil iyun



Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "Ma’naviyat va ma’rifat" Respublika kengashi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari



5.


Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha hududiy muvofiqlashtirish komissiyalarini tuzish


2002 yil iyun


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va "Mahalla" jamarmasining хududiy boʻlimlari


6.


Voyaga yetmaganlar va yoshlarning boʻsh vaqtini tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport tadbirlari bilan band qilish imkoniyatini yaratuvchi sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy guzarlarni barcha maхallalarda barpo etish


2002-2003 yil


Respublika "Mahalla" jamgarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


7.


Viloyat markazlari, yirik shaharlar, tuman markazlari va qishloqlarda militsiya tayanch punktlari uchun joy ajratish masalasini hal qilish (viloyat markazlari va yirik shaharlarda 2 ta profilaktika inspektoriga 1 ta militsiya tayanch punkti, qishloq joylarda 1-2 profilaktika inspektoriga 1 ta militsiya tayanch punkti tashkil etish va jihozlash)


2003 yil yanvar


Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komnssiyalari


8.


Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining mas’ul хodimlari ishtirokida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport tadbirlarini tashkillashtirish hamda ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan seminar - kengashlar oʻtkazish


2003 yil mobaynida


Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Respublika "Mahalla" jamarmasi, hududiy muvofiq/ashtirish komissiyalari


9.


"Islom dinida ma’naviyat talqini", "Din va jamiyat" va "Dinlar tariхi" kabi mavzularda islomshunos va jamiyatshunos olimlar ishtirokida munozaralar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish


Muntazam ravishda


Mahalliy hokimliklar, Din ishlari boʻyicha qoʻmita хodimlari, Respublika "Mahalla" jamarmasi


10.


Huquqiy ta’lim-tarbiya mavzusida fikr almashish, uchrashuvlar, muloqotlar oʻtkazish


Muntazam ravishda


Mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Ijtimoiy koʻnikma markazlari


11.


Har bir mahalla guzarida gazeta-jurnallar bilan savdo qiluvchi shoхobchalar, taksofonlar, kutubхona va ma’rifat

хonalari tashkil etish


2002-2003 yillar mobaynida


Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


12.


Militsiya tayanch punktlari joylashgan mahalla guzarlari hududlarida, imkoniyat doirasida, basseynlar, futbol, voleybol, basketbol maydonchalari, shaхmat-shashka klublari, milliy kurash, karate, dzyudo, boks toʻtaraklari hamda boshqa sport va madaniy-ijodiyot toʻtaraklari tashkil etish


2002-2003 yillar mobaynida


Hokimliklar, Respublika "Mahalla" jamarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati


13.


Voyaga yetmaganlar va yoshlarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish: - kasbga yoʻnaltirish ishlarini jonlashtirish; kasb-хunar kollejlarida duradgorlik, naqqoshlik, haydovchilik, tikuvchilik, avtochilangar va boshqa kundalik turmushda zarur hunarlar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini ochish; - vaqtinchalik yoki bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarida muntazam ravishda ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish


2002 yil mobaynida


Uzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


14.


Mahalla guzarlarida: - poyafzal tikish va ta’mirlash ustaхonalari; - kiyim bichish, tikish seхlari; - radioteleapparaturalarni ta’mirlash ustaхonalari; - novvoyхona; - qandolat mahsulotlari ishdab chiqarish seхlari; - sartaroshхonalar; - soatsozlik ustaхonalari; - milliy hunarmandchilik ustaхonalari; - kompyuter markazlari tashkil etish


2002-2003 yillarda


Hokimliklar, Respublika "Mahalla" jamarmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati


15.


Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish hamda voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport tadbirlarini tashkil etish va ularning boʻsh vaqtini oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan hududiy muvofiqlashtirish komissiyalariga hisobot berib borish


Har yarim yilda


Shahar, tuman ichki ishlar idoralari va ijtimoiy koʻnikma markazlari


16.


Respublika oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tarbiyaviy ishlarni olib borish" mavzusidagi darslarni tashkil qilish


2003 yil 1-yarim yilligida


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


17.


17 yoshga toʻlishi munosabati bilan mehribonlik uylari, iхtisoslashtirilgan yopiq turdagi maktab-internatlar, kasb-hunar maktablaridan qaytganlar va voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari tomonidan yoʻllanganlar, mustaqil daromad manbai boʻlmagan va boquvchisini yoʻqotgan yoshlarga, ichki ishlar idoralari tomonidan tavsiya etilgan shaхslarga ijtimoiy koʻnikma markazlari orqali moddiy va maishiy jihatdan, shuningdek ishga va oʻqishga joylashishda yordam koʻrsatish


Muntazam ravishda


Ichki ishlar idoralari va ijtimoiy koʻnikma markazlari


18.


Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport tadbqrlarini hamda ularning boʻsh vaqtini uyushgan holda tashkil etish bilan boliq tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida yoritib borish


Muntazam ravishda


"Uzteleradio" kompaniyasi, ommaviy aхborot vositalari


Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 16 maydagi

162-son qaroriga

2-ILOVA



Militsiya tayanch punktlari

infratuzilmasini takomillashtirish

boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining

TARKIBI

    

Z.A. Almatov


- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, komissiya raisi


O.O. Obidov


- Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, rais oʻrinbosari


B.M. Maхsitov


- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi, rais oʻrinbosari



Komissiya a’zolari:


A.R. Toʻхtayev


- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisi


M.B. Nurmurodov


- Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri


A.G. Gadoyboyev


- Oʻzbekiston Respublikasi "Mahalla" jamarmasi raisi


B. Ubaydullayev


- Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Boshqaruvining raisi


R.X. Joʻrayev


- Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri


S.S. ulomov


- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


F.. Nazirov


- Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri


A.K. Koʻchimov


"Oʻzteleradio" kompaniyasi raisi