Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.07.2011 y. PQ-1566-son "Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qoidalarini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.07.2011 y.

N PQ-1566



XORIJIY RASMIY HUJJATLARNI

LEGALLAShTIRISh TALABINI BEKOR QILUVChI

KONVENSIYa (GAAGA, 1961 YIL 5 OKTYaBR)

QOIDALARINI AMALGA OShIRISh

ChORALARI TOʻRISIDA


Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qoidalarini amalga oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida apostil qoʻyish vakolatiga ega boʻlgan organlar etib belgilansin:

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari - tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi - sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi - prokuratura, tergov va surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi - oʻrta maхsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyin ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi - boshqa barcha rasmiy hujjatlarga.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konvensiya depozitariysi - Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligiga apostil qoʻyish vakolatiga ega boʻlgan organlar haqida bildirishnoma yoʻllasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

Apostil qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizom loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 27-son, 281-modda