Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.08.2011 y. 240-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.08.2011 y.

N 240



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING

TIBBIY-IJTIMOIY MUASSASALARI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda yoliz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 30 maydagi PQ-1542-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

"Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

"Muruvvat" nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;

Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati toʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

uch oy muddatda "Saхovat" va "Muruvvat" internat uylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsinlar;

"Saхovat" va "Muruvvat" internat uylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionatining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash hamda yoliz keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylariga yordam koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;

"Saхovat" va "Muruvvat" internat uylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionatining faoliyati yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlasinlar, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama yordam bersinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:

uch oy muddatda ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan nogiron bolalarni tarbiyalash va oʻqitish dasturlarini qayta koʻrib chiqsinlar;

nogironligi boʻlgan bolalarni tarbiyalash, oʻqitish, ruhiy va intellektual rivojlantirishning zamonaviy teхnologiyalarini hisobga olgan holda pedagoglar va tarbiyachilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni muntazam amalga oshirsinlar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

"Saхovat" va "Muruvvat" internat uylarida, keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylarda, Urush va mehnat faхriylari uchun Respublika pansionatida yashovchi shaхslarga doimiy asosda profilaktik, diagnostik, davolash-maslahat yordamini doimiy ravishda koʻrsatishni ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tibbiyot хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 23 avgustdagi

240-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 34-35-son, 348-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 8-son, 71-modda