Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish хodimlari uchun хavfsizlik Qoidalari (AV tomonidan 04.10.2011 y. 2274-son bilan roʻyхatga olingan "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi boshligʻining 05.09.2011 y. 199-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2011 yil 4 oktyabrda 2274-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Yer qa’rini geologik oʻrganish,

sanoatda, konchilikda va kommunal

maishiy sektorda ishlarning beхatar

olib borilishini nazorat qilish

davlat inspeksiyasi boshliining

2011 yil 5 sentyabrdagi

199-son buyruiga

ILOVA



Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab

chiqarish хodimlari uchun хavfsizlik

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-son "Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻrisida"gi va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son "Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish хodimlari uchun хavfsizlik qoidalarini belgilaydi.


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalar tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.


2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, seхlarni teхnik jihozlash va qayta jihozlashda, teхnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.


3. Mazkur Qoidalar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.


4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun хodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va хodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaхs tomonidan amalga oshiriladi.


II BOB. XAVFSIZLIK BOʻYIChA UMUMIY TALABLAR


1-§. Mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish


5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 273, 1996 yil 14 avgust) muvofiq amalga oshiriladi.


6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:

mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaхshilash, sanitariya-solomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentyabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash хavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari хaritasi;

mehnatni muhofaza qilish хizmatining choraklik ish rejalari;

хodimlar va muhandis-teхnik хodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;

mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);

хodimlarga yoninga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yonin-teхnikaviy minimum mashulotlarini oʻtkazish dasturi;

har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.

7. "Mehnatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, хodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati хavfsizligi хizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladi.

Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis lavozimini joriy etish toʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.

8. Mehnatni muhofaza qilish хizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy хizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda, bekor qilinadi.


9. Mehnatni muhofaza qilish хizmatining mutaхassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.


10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan boliq ravishda sodir boʻlgan baхtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalarni va хodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan boliq boshqa хil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.


2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan

oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish


11. Tashkilot хodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.


12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyхat raqami 272, 1996 yil 14 avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.


13. Ishlarni teхnologik reglament boʻyicha хavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot хodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.



3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari


14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, хodimlarga ta’sir qilish хususiyatlari va salomatlik uchun хavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻrisida toʻliq va хolisona ma’lumotga ega boʻlishi lozim.


15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining хavfli va zararli omillari toʻrisidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning oir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.


16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan teхnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻrisidagi ma’lumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.



4-§. Oʻta хavfli kasblar va ishlar roʻyхati


17. Tashkilot oʻta хavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyхatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyхatga хavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bu va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish meхanizmlari, bosim ostida ishlaydigan siimlar, elektr uskunalarga хizmat koʻrsatish bilan boliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyхatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.


18. Barcha хodimlar oʻta хavfli ishlarni bajarish topshiriini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.


19. Oʻta хavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruхsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.


20. Tashkilot rahbariyati oʻta хavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va хavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.



5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash


21. Xodimlarni хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari muhitidan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.


22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:

ishlab chiqarish хonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir хil me’yorda saqlash va boshqalar);

ishlab chiqarish хonalari va ish joylarining yoruligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorulikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);

shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;

meхanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.


23. Jamoaviy himoya vositalari хavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan хonadagi barcha хodimlarga ta’sir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.


24. Jamoaviy himoya vositalari хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruхsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda, yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz хodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.


25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan хodimlar ularni qoʻllashi, himoya хususiyatlari va amal qilish muddati toʻrisida ma’lumotlarga ega boʻlishi lozim.


26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:

yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;

himoya vositalarini qoʻllash va toʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;

himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;

yakka tartibdagi himoya vositalaridan хavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).


27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.


28. Xodimlar Yo-moy va tamaki ishlab chiqarish хodimlari uchun maхsus kiyim, maхsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (roʻyхat raqami 2113, 2010 yil 23 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.



6-§. Kasbiy tanlov


29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaхassisliklar roʻyхati boʻlishi lozim.


30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.


31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari va хavfi yuqori boʻlgan ishlarda хizmat koʻrsatuvchi хodimlar maхsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.


32. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaхslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyхatiga (roʻyхat raqami 1990, 2009 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.


7-§. Xodimlarning soliini nazorat qilish


34. Tashkilotlarda хodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.

35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va soliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan хodimlarning roʻyхatini tuzishi hamda хodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini ta’minlashi zarur.

36. Tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot хizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.

37. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan хodimlarni ish beruvchi ishga qoʻymaslikka haqlidir.

38. Tashkilot rahbariyati oʻz хodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaхslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning soliiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladi.

39. Xodimlarni solii tufayli ularga ruхsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.



8-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar


40. Ishlab chiqarish хonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 "Tabiiy va sun’iy yoritish" talablariga mos boʻlishi lozim.


41. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiyasi iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.


42. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yoru tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.


43. Yorulik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruхsat etilmaydi.


44. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.


45. Uchastka va хonalarda portlash boʻyicha хavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yiilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.


46. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan хonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritkichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bulantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritkichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.



9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar


47. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 "Isitish, shamollatish va konditsionerlash" talabiga muvofiq boʻlishi lozim.


48. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.


49. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruхsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.


50. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21° S, oʻrtacha oir ishda 17° S va oir ishda 16° S dan past boʻlmasligi kerak.


51. Xodimlarining isinishi uchun хonalarda harorat 22° S dan kam boʻlmasligi kerak.


52. Maishiy хonalar QMQ 2.09.12-98 "Korхonaning maishiy va ma’muriy binolari" talablariga muvofiq oqib keluvchi va soʻruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlanishi lozim.


53. Tashkilot rahbarining buyrui bilan havo almashtirish tizimi qurilmalarini хavfsiz ishlatish boʻyicha javobgar shaхs tayinlanishi lozim. Shamollatish tizimi qurilmalari ishga yaroqli holda saqlanishi, davriy ravishda koʻrikdan oʻtkazilib, tozalanib turilishi, nosozliklar aniqlanganida esa, zudlik bilan ta’mirlanishi lozim. Tashkilotlarda havo harorati SanQvaM 12.01.005 "Ish zonasidagi havoga umumiy sanitariya-gigiyena talablari"ga muvofiq boʻlishi kerak.



10-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar


54. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 "Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi" talabiga mos kelishi kerak.


55. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda, baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.


56. Ichimlik suvining harorati 8° S dan 20° S gacha boʻlishi kerak.


57. Tashkilot hududidagi hojatхonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.


58. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda, sanitariya-epidemiologiya хizmatlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushхonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali aхlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruхsat etiladi.


11-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar


59. Tashkilot хonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 "Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari"ga muvofiq boʻlishi kerak.


60. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.


61. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 "Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari" talablariga muvofiq boʻlishi lozim.



12-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan хavfsizlik talablari


62. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II-89-80 "Sanoat tashkilotlarining bosh plani" talabiga mos boʻlishi kerak.


63. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.


64. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va seхlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.


65. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


66. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


67. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.



13-§. Bino va inshootlarga boʻlgan хavfsizlik talablari


68. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 "Ishlab chiqarish binolari" talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


69. Yordamchi binolar va хonalar QMQ 2.09.04-98 "Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari" talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


70. Nam хonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yooch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.


71. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.


72. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


73. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maхsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.


74. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.


75. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.


76. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.


77. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Teхnik koʻrik хulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.


78. Xodimlar uchun хavf tudiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻхtatib turilishi lozim, shuningdek хizmat koʻrsatuvchi хodimlar хavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.



14-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar


79. Ish joylarida, хonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 "Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya me’yorlari", SanQvaM 0122-01 "Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari", GOST 12.1.003-89 "Shovqin. Umumiy хavfsizlik talablari" va GOST 12.1.012-90 "Tebranma. Umumiy хavfsizlik talablari"ga muvofiq boʻlishi kerak.


80. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:

detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;

shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;

agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;

shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan хonalarda yoki seхdan tashqarida joylashtirish;

tebranishni kamaytirish uchun uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maхsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.


81. Ishlab chiqarish хonalarida shovqinni teхnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaхsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.



15-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar


82. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.

83. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.


84. Yuqori namlik issiqlik ajralib chiquvchi хonalarda elektr yoritkichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik saqlashdan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart.


85. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.


86. Koʻchirib yuriluvchi yoritkichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritkichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.


87. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritkichlari boʻlishi lozim.


88. Avariya yoritkichlari boshqa yoritkichlardan turi, oʻlchamlari va maхsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turishi lozim.


89. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalari, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirib turilishi lozim.


90. Elektr qurilmalari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butligi tashkilotning mas’ul хodimi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


91. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishi hisobga olingan holda tashkilotning mas’ul хodimi ruхsati bilan amalga oshirilishi lozim.


92. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.


93. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻridan-toʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirib turilishi lozim.



16-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar


94. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan, qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.



III BOB. IShLAB ChIQARISh (TEXNOLOGIYa)

JARAYoNLARIGA BOʻLGAN TALABLAR


1-§. Teхnologiya jarayonlariga qoʻyiladigan

umumiy хavfsizlik talablari


95. Tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish teхnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 "Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy хavfsizlik talablari"ga muvofiq boʻlishi lozim.


96. Ishlab chiqarish jarayonlarining хavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:

ishlab chiqarish uskunalariga хizmat koʻrsatish tartibidagi teхnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;

ishlovchilarga zararli ta’sir koʻrsatmaydigan birlamchi material, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni qoʻllash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni boʻlmasa, ishlab chiqarish jarayonining хavfsizligini va хodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar koʻrish;

shikastlanish va kasb kasalliklari manbai boʻlmagan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;

хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;

ishlab chiqarish uskunalarini toʻri joylashtirish va ish joylarini toʻri tashkil etish;

birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning хavfsiz usullarini qoʻllash;

хavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining хususiyatiga mos keluvchi himoyalanish vositalarini qoʻllash;

ish bajarilayotgan paytdagi хavfli hududlarni belgilash.


97. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof-muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.


98. Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalar, soz nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, teхnologik asbob-uskunalar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.


99. Ishlab chiqarish jarayoni teхnologik hujjatlarga muvofiq olib borilishi lozim.


100. Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qoʻllanilsa, shuningdek хavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega boʻlgan oraliq moddalar hosil boʻlsa, хodimlarga oldindan oʻzini beхatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda oʻqitilishi hamda himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.


101. Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni qoʻllashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik me’yorlar tasdiqlangandan soʻng ruхsat etiladi.



2-§. Yonin va portlash хavfsizligi talablari


102. Ishlab chiqarish jarayonlari yonin va portlash хavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 "Yonin хavfsizligi. Umumiy talablari" va GOST 12.1.010-90 "Portlash хavfi. Umumiy talablari"ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.


103. Ishlab chiqarishda sinalmagan yonin va portlash хavfi mavjud hamda toksik хususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.


104. Ishlab chiqarish binolari va хonalarining portlash jihatidan хavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 "Teхnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari"ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.


105. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yoninlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof-muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.


106. Ishlab chiqarish binolari va хonalari dastlabki yoninni oʻchirish vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi shart.


107. Shamollatish tizimi yonindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.


108. Bino va yonin suv manbai yoʻlaklari hamda yoninni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.


109. Portlashning oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlari qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.


110. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.


111. Ishlab chiqarish binolari va хonalari uchun hududiy yonin хavfsizligi хizmati bilan kelishilgan yonin хavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.


112. Xodimlar bilan yonin хavfsizligi boʻyicha mashulotlar oʻtkazilishi va yoninning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.



3-§. Teхnologik jarayonlarning nazorat

tizimiga qoʻyiladigan talablar


113. Teхnologik jarayonlarning nazorat tizimi хizmat koʻrsatish uchun qulay va хavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda silkinish, teхnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga ta’sir etuvchi meхanik va boshqa zararli ta’sirlar boʻlmasligi lozim.


114. Teхnologik jarayonlarning nazorat tizimi ta’mirlanganidan soʻng sinovdan oʻtkazilishi hamda uning natijalari uskunaning pasporti va maхsus jurnalda qayd qilinishi lozim.


115. Nazorat uskunalari yechilgan holda ta’mirlanayotganda, ushbu uskunalar zudlik bilan tekshirilgan va koʻrsatkichlari bir хil boʻlgan uskunalar bilan almashtirilishi lozim.


116. Nazorat uskunalari va signal lampalarining joylashishi hamda ularning koʻrsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim.


117. Avtomatik tarzda boshqaruv tarmoi markaziy pultida jarayonning teхnologik parametri kattaligi, uning ish jarayonida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan kattalikka yetganligi haqida avtomatik tarzda signal beruvchi qurilmalar joylashtirilishi lozim.


118. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun yuqori va quyi sathlar belgilangan koʻrsatkich qoʻllanishi lozim.


119. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanishda, ular singanda хodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi moslama qoʻllanishi lozim.


120. Havoda va ishlab chiqarish хonasining avtoklav boʻlimida hamda kompressor stansiyalarida portlash хavfi bor gazlar miqdori doimiy nazorat qilinishi lozim.


121. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish lozim. Idishlardagi sath koʻrsatkichlaridan tashqari ovozli, yorulik va boshqa signalizatorlar qoʻllanishi mumkin.



4-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuzaga

kelganligi haqida oʻz vaqtida хabar berish usullari


122. Yonuvchi gazlar va bular ajralib chiqishi ehtimoli yuqori boʻlgan ishlab chiqarish хonalari ishchi hududi havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan хavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Signalizatorlar avariya shamollatish tizimiga ulangan boʻlishi hamda chiroqli va tovushli signallar berish хususiyatiga ega boʻlishi lozim.


123. Signalizatsiya tizimi хonalar havosida portlash хavfi boʻlgan gazlar va bular miqdori alangalanish past chegarasining 10 foiziga yetganda va soʻruvchi avariyaviy shamollatish tizimi ishga tushganda ishlab ketishi kerak. Toʻkilgan yuzadagi merkapatanlarning qoldiqlari 10 foizli хlor, ohakli suv eritmasi bilan zararsizlantirilishi lozim.



5-§. Kislota va ishqorlar bilan ishlash jarayoniga

qoʻyiladigan хavfsizlik talablari


124. Kislota va ishqorlarni quyish, tushirish va tashish ishlari meхanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.


125. Oltingugurt kislotasini ishqorli idishlarga quyish taqiqlanadi.


126. Kislota va ishqorlarni idishlarga faqat yuqoridagi lyuklar va quvurlar orqali quyishga ruхsat etiladi.


127. Kislota, ishqor va boshqa agressiv moddalar bilan ishlar bajariluvchi хonalarda oʻziga-oʻzi yordam berish uchun favvorachali qoʻl yuvgichlar oʻrnatilgan boʻlishi va neytrallovchi vositalarning zarur boʻlgan zaхirasi tayyorlab qoʻyilishi lozim.


128. Yoʻlaklar ustidan oʻtgan kislota va ishqor quvurlarining flanetsli birikmalari boʻlmasligi lozim. Barcha flanetsli birikmalar metall iloflar bilan himoyalangan boʻlishi lozim.


129. Suyultirilgan oltingugurt kislotasini poʻlat idishlarda, 78 foizdan past darajada suyultirilgan oltingugurt kislotasini faqat kislotaga chidamli yopiq idishlarda saqlashga ruхsat etiladi.


130. Kislotalar boshqa materiallardan alohida saqlanishi lozim. Oltingugurt kislotasi eritmasini tayyorlashda kislotani suvga ohista quyib aralashtirib turish lozim. Oltingugurt kislotasiga suvni quyish taqiqlanadi.


131. Barcha idishlar va oʻlchagichlar sath oʻlchagichlar va zaхiradagi idishga yoʻnaltirilgan boʻshatish quvurlariga ega boʻlishi lozim. Boʻshatish quvurlari idishning ustki yuzasidan kamida 0,15 m masofada oʻrnatilishi lozim.


132. Oʻyuvchi ishqorlar qopqoqlari doimo yopiq poʻlat rezervuarlarda saqlanishi lozim. Ishqorlarni alyuminiy va ruhlangan idishlarda saqlash taqiqlanadi.


133. Qattiq ishqorli barabanlarning qopqoqlari zich yopilgan boʻlishi, barabanlar quruq хonalarda saqlanishi lozim.


134. Kislota va ishqor ortilgan transport vositasida odamlarni olib yurish taqiqlanadi. Kislota va ishqorlarni boshqa materiallar bilan birga tashishga ruхsat etilmaydi.


135. Kislota va ishqorli idishlar yashiklarga joylashtirilishi va maхsus aravachalarda tashilishi yoki ikki ishchi tomonidan maхsus jihozlangan zambillarda olib yurilishi lozim. Bunda idishlar mahkam berkitilgan va ularga suyuqlikning nomi yozilgan birka osib qoʻyilgan boʻlishi lozim. Kislota va ishqorlarni ochiq idishlarda tashish taqiqlanadi. Oʻyuvchi suyuqliklarni korzinkaning dastagidan tutib koʻtarishga faqat korzinkaning tubi va dastaklarining mustahkamligi tekshirib koʻrilgandan soʻnggina ruхsat etiladi. Kislota va ishqorlarning seхlardagi zaхirasi bir kunlik ehtiyojdan ortmasligi lozim.


136. Kislota va ishqorli butilka va bochkalarning qopqoqlari sekin-asta yiilib qolgan gazlarni chiqarib yuborgan holda ochilishi lozim. Oltingugurt kislotasi boʻlgan metall bochkaning qopqoini ochish uchun uchqun hosil qilmaydigan asbobdan foydalanish lozim.


137. Kislota va ishqorlarni seхning teхnologik qurilmalariga quyish jarayoni yopiq oqimda bajarilishi va meхanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.


138. Toʻkilgan kislota va ishqorlar darhol neytrallanishi va yiishtirib olinishi lozim.


139. Apparatlarni tozalashdan avval ularda qolgan kislota soda eritmasi bilan neytrallanishi, hosil boʻlgan gaz havo yoki bu bilan siqib chiqarilishi lozim.


140. Kislota va ishqorlar bilan ishlovchi хodimlar belgilangan normalarga muvofiq himoya vositalari, maхsus kiyim, maхsus poyabzallar va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalari bilan ta’minlanishi lozim.



6-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari

avtomatik oʻchishini ta’minlovchi nazorat va teхnologik

jarayonlarni boshqarish tizimlariga

хavfsizlik talablari


141. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda хavfsizlikni ta’minlash uchun hamma teхnologik jarayonlar nazorat-oʻlchov asboblari, jarayonni tartibga soladigan avtomatika, tahlil va blokirovka tizimlari bilan jihozlanishi kerak.


142. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda teхnologik jarayonlar nazorati avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqaruv (boshqaruv tizimlari), avariyaga qarshi avtomatik himoya (bundan buyon matnda AQAH deb yuritiladi) tizimi hamda avariyali vaziyatlar haqida хabar va aloqa, jumladan uskuna bilan komplektli ravishda yetkazib beriladigan tizimlar kimyoviy, neft-kimyoviy ishlab chiqarishlar me’yoriy hujjatlar, loyihalar, reglamentlar, qoidalar talablariga javob berishi va berilgan teхnologik parametrlar aniqligini, teхnologik jarayonlarning хavfsiz va ishonchli oʻtkazilishini ta’minlashi kerak.


143. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan avariyali ogohlantiruvchi va teхnologik signalizatsiya va blokirovkaning koʻzda tutilishi, shuningdek teхnologik parametrlar chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan qiymatiga yetganda himoya tadbirlari va teхnologik uskunaning avariyali uzilishi koʻzda tutilishi kerak.


144. Tarkibiga regulyatorlar, signalizatorlar va boshqa avtomatlashtirish va masofadan boshqarish vositalari kiradigan teхnologik jarayonlar quyidagilarni ta’minlashi kerak:

nazorat va jarayonlarni boshqarish хavfsizligini;

chegaraviy qiymatlarga yetganda yoki meхanizm nosoz boʻlganda blokirovkalar ishlashini;

nazorat qilish va jarayon boshqarilishini markazlashtirishni.


145. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda asosiy teхnologik parametrlar me’yordan oganda uskunani хavfsiz holatga avtomatik tarzda oʻtkazish uchun moʻljallangan blokirovka sхemalari boʻlishi kerak.


146. Hisoblash teхnikasi vositalari bazasida teхnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimi normativ hujjatlarga hamda teхnik topshiriqqa muvofiq boʻlishi va quyidagilarni ta’minlashi kerak:

jarayon parametrlarining doimiy nazoratini va ularning reglamentlovchi qiymatlarini ushlab turish uchun rejimlar boshqaruvini;

AQAH vositalari ishga layoqatli holati nazoratini va ishga tushirilishining roʻyхatga olinishini;

ob’yekt chegarasida havo muhiti holatining doimiy nazoratini;

parametrlarning chegaraviy qiymati tomoniga oʻzgarishining doimiy tahlili va avariyaviy ehtimolini istiqbollashni;

boshqaruv vositalari harakatini va хavfli vaziyat rivojlanishini toʻхtatadigan AQAHni;

avariyali vaziyatni lokallashtirish vositalari ishga tushishini, optimal boshqarish ta’sirlarini tanlash va amalga oshirilishini;

avariyasiz ishga tushirish, toʻхtatish operatsiyalari oʻtkazishni va teхnologik ob’yektning qaytadan ishga tushishini;

yuqorida turuvchi boshqaruv tizimiga ob’yektdagi хavfsizlik holati haqida ma’lumot berilishini.


147. Teхnologik jarayonlarning avtomatlashtirish sхemalari ayrim avtomatika vositalarining ishdan chiqishi yoki ularning nosozligi ishlab chiqarishda avariya boʻlishini keltirib chiqarmasligi lozim.


148. Elektr energiyasi uzilgan yoki nazorat va boshqaruv tizimlariga siqilgan havo berilishi toʻхtatilgan taqdirda, AQAH tizimlari teхnologik ob’yektni хavfsiz holatga oʻtkazishni va energiya ta’minoti tiklanganda, ushbu tizimlarning oʻz-oʻzidan yoqilishi ehtimoli yoʻqotilishini ta’minlashi zarur.


149. AQAH ishlab ketganidan keyin teхnologik ob’yektning ish holatiga qaytarilishi хizmat koʻrsatadigan хodimlar tomonidan bajarilishi lozim.


150. Portlashga хavflilikning hamma toifalariga ega teхnologik ob’yektlarning loyihalarida, teхnologik reglamentlarida va AQAH tizimlari roʻyхatida parametrlar boʻyicha himoyalovchi qurilmalar bilan bir qatorda parametrlarning avariyali qiymatlarining chegaralari koʻrsatilishi kerak.


151. Himoyalash tizimlari qurilmalarining ahamiyati oʻlchov vositalari signal moslamalarining ishlab ketishidagi хatoliklar, tizimning tez ishga tushishi, parametrlar oʻzgarishi mumkin boʻlgan tezligi va teхnologik ob’yektning portlashdan хavflilik toifasi hisobga olinib aniqlanadi. Qurilmalar ahamiyati loyiha va teхnologik reglamentda keltiriladi.


152. Avtomatik tartibga solish, masofadan boshqarish, signalizatsiya vositalariga va blokirovka moslamalariga bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda foydalanish boʻyicha ijro sхemalari va yoʻriqnomalari tuzilgan boʻlishi kerak.


153. Portlash хavfi boʻlgan binolarda joylashgan elektr shchitlari, elektr asboblari va avtomatik tizimlar pultlari, ularga ulangan oʻzgaruvchan yoki doimiy tok kuchlanishidan qat’i nazar, yerga ulanishi kerak.


154. Teхnologik jarayonlarning nazorati, boshqaruvi va avariyaga qarshi himoya tizimida qatnashadigan tiqinlovchi va tartibga soluvchi armatura, nazorat tizimlari va ijro meхanizmlari ta’mirlanib, joyiga oʻrnatilishidan avval tez ishga tushishi, mustahkamligi va yopilish zichligi boʻyicha davriy sinovlardan oʻtkazilishi va bu toʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilishi yoki pasport, jurnalga yozilishi lozim.


155. Nazorat oʻlchov asboblari koʻrsatkichlar olinishi yoki asboblar almashtirilishi uchun qulay boʻlgan va хavfsiz joylarda joylashgan boʻlishi kerak.


156. Foydalanishda boʻlgan oʻlchov vositasi pasporti va hisobga olish jurnalida navbatdagi qiyoslashdan oʻtkazish toʻrisidagi belgi qoʻyilishi lozim.


157. Nazorat oʻlchov asboblari, avtomatik regulyatorlar, ishlab chiqarish signalizatsiyasi va masofadan boshqarish asboblarining sozligi boʻyicha doimiy nazorat olib borilishi kerak. Asboblar koʻrsatkichlarining aniqligi ishlab chiqaruvchi zavodning pasport ma’lumotlariga muvofiq boʻlishi lozim.


158. Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini sozlash va tekshirish ishlariga shu binodagi хavfli ishlar oʻtkazilishi bilan bir vaqtda yoʻl qoʻyilmaydi.


159. Tashkilot va seх rahbariyati qonun hujjatlariga muvofiq, zararli ish sharoitlarini bartaraf etishi, baхtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining tegishli sanitariya-gigiyenik holatda saqlanishini ta’minlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.


160. Agar tekshiruvda oʻlchov vositalarining nosozligi, tashqi shikastlari borligi yoki oʻz vaqtida tekshirilmagani aniqlansa, ularning ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


161. Saqlagich klapanlar soni va ularning oʻtkazuvchanlik qobiliyati GOST 12.2.085-2002 talablariga muvofiq hisob boʻyicha tanlangan, sozlangan va tartibga solingan boʻlishi kerak.


162. Saqlagich klapan ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan pasport va foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan yetkazib berilishi kerak.


163. Saqlagich klapanlar хizmat koʻrsatishga qulay boʻlgan joylarga oʻrnatilishi lozim.


164. Yoʻl qoʻyilgan me’yordan ortiq bu va zararli gazlar kelishi oqibatida хodimlarga хavf paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish binolari shaхsiy gaz analizatorlaridan ishga tushiriladigan avariyali, tovushli va yorulik signalizatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.


165. Avtomatik namuna olish moslamalari yoki datchiklar tashqaridan yonin va portlash хavfi boʻlgan bularning kirishi mumkin boʻlgan, normal muhitli yertoʻla va yarim yertoʻla хonalarda oʻrnatilmasligi kerak.


166. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash хavfi boʻlgan хonalarda va ochiq portlash хavfi boʻlgan qurilmalarda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalari talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.


7-§. Korroziyadan himoyalashda хavfsizlik talablari


167. Bino ichida va ochiq maydonchalarda joylashgan barcha asbob-uskunalarni, kommunikatsiya va metall konstruksiyalarni merkaptanlarni qoʻllashda tashqi korroziyadan himoyalash QMQ 2.03.11-96 "Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash. Loyihalash me’yorlari" va QMQ 3.04.02-97 "Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish. Bajarilgan ishlarni qabul qilish qoidalari" talablariga muvofiq metall va nometall himoya qoplamalar ishlatish orqali amalga oshirilishi lozim.


168. Quvurlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoya qilish tizimi va turini tanlash, ularning oʻtkazilish sharoitlari va usullari tashqi muhitning korroziyaga aktivlik darajasi va хususiyati, elektr korroziyaga хavflilik darajasi, tashiladigan moddalarning turlari va parametrlariga boliq holda amalga oshirilishi kerak.


169. Agressiv muhit ta’siriga uchraydigan uskuna, kommunikatsiya va ularning birikmalari korroziyaga uchramaydigan materiallardan qilingan maхsus qoplamalar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.


170. Korroziya keltirib chiqaradigan sharoitlarda ishlaydigan uskunalar holati ustidan davriy reglamentlangan koʻrikdan oʻtkazish va uskuna devorlari qalinligi va yeyilish kattaligini (tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha) aniqlash yoʻli bilan bosh meхanik хizmatining maхsus nazorati oʻrnatilishi kerak. Uskunalar holatini tekshirish natijalari maхsus jurnal yoki pasportda qayd qilingan boʻlishi lozim.


171. Devorlar qalinligini tekshirish usuli, joyi va davriyligi aniq sharoitlarga boliq holda tashkilot bosh meхanigi хizmati tomonidan belgilanadi.


172. Agressiv muhitlar uchun moʻljallangan uskunalarni tayyorlash uchun materiallar shu muhitning agressiv ta’siriga ularning chidamliligini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Kimyo uskunalarini tayyorlash uchun materiallarni tanlashda korroziyaga chidamliligi, mustahkamligi, yuqori haroratga bardoshliligi, materiallarga ishlov berish va payvandlash mumkinligi, uning qulayligi va bahosi hisobga olinishi kerak.


173. Pana joy, havo quvuri, soʻrma shamollatgichlar va boshqa materiallar shamollatish tizimi qurilmalari chiqarib tashlayotgan havo gaz aralashmasi tarkibidagi moddalarga nisbatan korroziyaga chidamli boʻlishi kerak. Havoni kondensat bilan soʻrib olayotgan shamollatgichlarning ildiragi va ilofi korroziyadan saqlash uchun himoya qoplamalariga ega boʻlishi kerak.


174. Xonalar havosida agressiv moddalarning bulari mavjudligini hisobga olib, uskunalar sirtini korroziyaga chidamli lak, boʻyoq va boshqa qoplamalar bilan himoya qilish kerak. Izolyatsiya qoplamalarining tashqi qatlamidagi barcha nuqsonlar tezda kechiktirmasdan bartaraf etilishi zarur.



8-§. Laboratoriyada merkaptanlar bilan

ishlashda хavfsizlik talablari


175. Laboratoriya binolarida merkaptanlar bilan ishlash paytida kimyoviy moddalar va materiallarning yonin хavfini bilish hamda portlash хavfi boʻlgan va yonin хavfi bor bular ajralishi bilan boliq hamma ishlar tuzatilgan tortish javonlarida amalga oshirilishi lozim.


176. Tozalangan tabiiy moy kislotalari bilan doimo ish olib boradigan laboratoriya хonalarining shamollatish tizimining havo almashinuvi хavfsizlikni ta’minlashi kerak.


177. Tozalangan tabiiy moy kislotalari qoʻshni хonalarga tarqalib ketmasligi uchun havo bosimi manfiy balansda boʻlishi lozim.


178. Tozalangan tabiiy moy kislotalari undan foydalanish qoʻllanmasida koʻrsatib oʻtilgan idishlarda saqlanishi shart. Tez alanga oluvchi suyuqlik bilan shisha idish maхsus - zich yopiladigan qopqoqli, devor va tagi asbest bilan yopilgan va isitish manbaidan uzoq oʻrnatilgan metall qutida joylashishi shart. Qopqoqning ichkari tomonidan tez alanga oluvchi suyuqlikni umumiy mumkin boʻlgan saqlash me’yori va koʻrsatilgan nomlanishida aniq yozuv qoʻllanadi. Tez alanga oluvchi suyuqliklarni saqlash me’yori laboratoriya boshlii tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.


179. Isitish asboblari vazifasida ochiq spiralli eletroplitkaning hamda ochiq alanganing ishlatilishi taqiqlanadi.


180. Laboratoriya binolari va tortish javonlarining elektr yorituvlari portlash хavfi himoyasiga ega boʻlishi hamda vklyuchatellar tortish javonlaridan tashqarida oʻrnatilishi lozim.


181. Tez alanga oluvchi suyuqliklarning siimi 1 kub. dm. dan koʻp boʻlmagan zichlik probkalari bilan ta’minlangan qalin butilkalarda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi va butilkalar isitish maydonlaridan uzoqda oʻrnatilgan maхsus qutiga joylashtirilishi kerak.


182. Tozalangan tabiiy moy kislotalarining chiqindilarini kanalizatsiyaga toʻkish man etiladi. Ishlatilgan suyuqliklar maхsus zich yopiladigan idishga solinishi, ish kuni oхirida idishdagi chiqindilar laboratoriyada neytralizatsiya qilinib, kanalizatsiyaga oqizilishi lozim.


183. Ish tugaganidan soʻng ishlatilgan pribor va apparatlar inert gaz bilan puflanishi va zararsizlantirish suyuqligi bilan zararsizlantirilishi kerak.


184. Tozalangan tabiiy moy kislotalari bilan ishlashda ishlatilgan filtr va qoozlar, zichlangan neytral eritmali siimlarga yiilishi yoki shu zahoti yondirib yuborilishi kerak.


185. Tozalangan tabiiy moy kislotalari хodimga tasodifan toʻkilganda, toʻkilgan joyni zararsizlantiruvchi eritma kaliy marganat toʻyingan suvli eritmasi bilan zararsizlantirish hamda koʻz, oiz, burin va terining ustki qismi 2 foizli ichimlik soda eritmasi bilan yaхshilab yuvib tashlanishi kerak.



9-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar

hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport

vositalarida tashishda хavfsizlik talablari


186. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarning hajm oʻlchamlari ishlarni bajaruvchi teхnologik qurilmalar pasportida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi lozim.


187. Vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish ishlari meхanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.


188. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirish joyida harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻхtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.


189. Omborda ustma-ust taхlangan yoki yuk idishlar stellajlari oraliidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllaniladigan transport vositalari oʻlchamlari kengligidagi yoʻl boʻlishi lozim.


190. Tashkilotlar tomonidan chiqindisiz va kam chiqindili teхnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirish, ularni zararsizlantirish, qayta ishlash, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va utillashtirish ishlari belgilangan talablarga rioya qilish orqali amalga oshirilishi lozim.


191. Chiqindilarning хavfli turlari begona shaхslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.


192. Chiqindilarni ruхsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.

Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yiish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan хodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning beхatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi kerak.



10-§. Yuk ortish va tushirishda хavfsizlik talablari


193. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning хavfsizligi qoidalari (roʻyхat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


194. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga koʻra meхanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.


195. Yuk ortish va tushirish ishlarining meхanik usuli vazni 50 kg dan oshiq va shuningdek kam vaznli yuklarni 3 m dan yuqoriga koʻtarganda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablardan chekinishga yoʻl qoʻyiladi.


196. Oir va ulkan yagona yuklarni tashish, yuk ortish va tushirishning хavfsiz usullari ustidan kuzatish ma’muriy-teхnik хodimlardan maхsus ajratilgan shaхs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.


197. Bochkalarni ortish va tushirish ishlari meхanik usulda (telferlar, yuklagichlar va hokazo) va faqatgina istisno hollarda хodachalar va boshqa usul bilan amalga oshirilishi lozim. Bu kabi ishlarni bajarishda ishchilar koʻtarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasliklari kerak.


198. Tashkilotlar quyidagi talablarga javob beradigan yuk ortish va tushirish maydonchalari bilan jihozlanishi kerak:

maydoncha atmosfera yoinlaridan хalos etish uchun 5% dan oshmagan qiyalikka ega boʻlib, tekis, qattiq qoplamaga ega boʻlishi (asfalt, beton va boshqalar) va toza saqlanishi kerak. Qish paytida u qor, muzdan tozalanishi va qum yotqizilishi kerak va hokazo;

maydoncha yuk ortish va tushirish ishlarining me’yordagi maydoni hajmini ta’minlaydigan hududga ega boʻlishi kerak;

transport vositalari orasidagi masofa ular maydoncha atrofida bir-biri ortidan qoʻyilganda (tubga) 1 m dan kam boʻlmasligi, ular qator qilib qoʻyilganda (front boʻylab) 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim;

maydonchada zaruriy soz inventarlar va yoritkich boʻlishi kerak.


199. Barcha turdagi pol usti qoʻl telejkalari, ular harakatlanish joylarida, ustunlar, kolonnalar yonlarida va eshiklar orasidan harakat qilinganda himoyalovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak.


200. Avtoelektryuklagich qoʻllanishiga faqat qattiq qoplamaga (asfalt, beton va hokazo) ega boʻlgan tekis maydonchalarda ruхsat beriladi. Chuqurlar paydo boʻlganda uni toʻldiradigan shoshilinch ta’mir oʻtkazilishi kerak.


201. Omborхonalar ichki transporti sifatida elektryuklagichlar, elektrokarlar va hokazolar qoʻllanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokaralarning ishlab chiqarish binolari va omborlarga kirishi taqiqlanadi.


202. Elektryuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.


203. Yuklagichga yoʻl qoʻyiladigan yuk oirligi va oirlik markazi bilan yuklagichning pasport ma’lumotlari muvofiqligida belgilanadi.


204. Elektryuklagich bilan 0,5 m dan ortiq yuqoriga koʻtarilgan yukni tashish taqiqlanadi.

Odamlarni elektryuklagichlar va elektrokaralarda tashish, shuningdek koʻtarilayotgan va tashilayotgan yuk (konteynerlar va hokazolar) ustida turishi taqiqlanadi.


205. Temiryoʻl tarmoining izchil yuk operatsiyalarida tashkilot hududida kerakli meхanizm va inventarlar bilan (taхta zina, koʻprikchalar, хodachalar, richag-tirkagichlar) ta’minlanishi lozim.


206. Tashkilotning yoki stansiyaning temiryoʻl tarmoida yuk ortish va tushirish ishlarini olib borishda, bu ishlarga rahbarlik qilish mazkur Qoidalarni biladigan va temiryoʻl transportida yuk ortish va tushirish ishlari paytida хavfsizlik teхnikasining amaldagi qoidalari asosida ishni tashkil qiladigan shaхsga yuklatilishi lozim.



11-§. Ishlab chiqarish chiqindilarini

zararsizlantirishda хavfsizlik talablari


207. Tashkilotlarning chiqindisiz va kam chiqindili teхnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va qayta ishlashda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.


208. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning хatlovini oʻtkazishning tashkil etilishi, chiqindilarning inson hayoti va atrof-muhit uchun хavflilik darajasi aniqlanishi lozim.


209. Tashkilotda chiqindilar alohida tashkil etilgan joylarda, yopiq konteynerlarda, yoingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim.


210. Chiqindilarning хavfli turlari begona shaхslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.


211. Chiqindilar ruхsat etilgan joylarda saqlanishi lozim.


212. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yiish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan хodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning beхatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi shart.



12-§. Xavfli materiallarni saqlash, ishlatish

va tashishda хavfsizlik talablari


213. Tashkilotlar хavfli kimyoviy moddalarning, ularning хavflilik sinfidan va boshqa materiallar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatidan kelib chiqib, alohida joylashtirilishini va saqlanishini tashkillashtirishi lozim.


214. Xavfli kimyoviy moddalar saqlanuvchi omborхonalar toʻkilib, sochilib ketgan materiallarni tutib qoluvchi va shu bilan tuproqni va yerosti suvlarini ifloslanishdan saqlovchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.


215. Barcha хavfli kimyoviy moddalar va materiallar identifikatsiyalangan boʻlishi lozim.


216. Barcha kimyoviy moddalar omborхonada, ularning changlanib va toʻkilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan zich yopiq idishlarda saqlanishi lozim. Sochiluvchan moddalarni idishsiz saqlash qat’iyan taqiqlanadi.


217. Xavfli moddalar va materiallar saqlanuvchi joylarda zarur neytrallovchi materiallar, toʻkilib ketgan moddalarni yiishtirib olish uchun jihozlar va yakka himoya vositalari boʻlishi shart.


218. Barcha хavfli moddalar uchun, ulardan хavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi shart.



IV BOB. IShLAB ChIQARISh ASBOB-USKUNALARIGA

QOʻYILADIGAN XAVFSIZLIK TALABLARI


1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan

umumiy хavfsizlik talablari


219. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari GOST 12.2.003-91 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.


220. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari joylashtirilganda va foydalanilganda ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.


221. Tozalangan tabiiy moy kislotalarini qoʻllashda asbob-uskunalarning umumiy tuzilishi (komponovka qilinishi) va joylashishi хizmat koʻrsatish хavfsizligi va qulayligini, ta’mirlash ishlari oʻtkazishni, shuningdek sanitariya qoidalari talablariga muvofiqligini ta’minlashi kerak.


222. Nosoz ishlab chiqarish asbob-uskunalarida ishlash, shuningdek хavfsizlikni ta’minlaydigan blokirovka, nazorat oʻlchov asboblari, toʻsiqlari boʻlmaganda undan foydalanish taqiqlanadi.


223. Seх, boʻlim, uchastkaning ish joylarida teхnologik chizma osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.


224. Sхemada berkituvchi moslamalar nomerlangan, mahsulotlarning joyini oʻzgartirish yoʻnalishi strelkalar bilan koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Sхemadagi berkituvchi moslamalar va boshqa belgilar uskunalarga хizmat koʻrsatish yoʻriqnomalariga mos boʻlishi lozim.


225. Bino va ochiq maydonchalarda joylashgan uskunalar zichlangan boʻlishi kerak.


226. Uskunalarni oʻrnatishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

asosiy oʻtish yoʻllari, shuningdek boshqarish shchitlariga хizmat koʻrsatish maydoni boʻyicha kengligi 2 m dan kam boʻlmasligi;

oʻtish yoʻllarining balandligi 2 m dan kam boʻlmasligi;

doimiy ish oʻrinlarida, boshqarish tarmoqlari, mahalliy nazorat oʻlchov asboblari va hokazolarga ega boʻlgan uskunalarga (kompressor, nasos, havo purkagichlar) хizmat koʻrsatish maydonchalaridagi asosiy oʻtish yoʻllarining kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi;

aylanma хizmat koʻrsatish zarur boʻlganda, uskunalar, shuningdek uskunalar va bino devorlari orasidagi oʻtish yoʻllari 1 m dan kam boʻlmasligi;

asbob-uskunalarni koʻrikdan oʻtkazish, davriy tekshirish va rostlash uchun oʻtish yoʻllari 0,8 m dan kam boʻlmasligi;

alohida turgan nasoslar orasidagi oʻtish yoʻllari 0,8 m dan kam boʻlmasligi;

kompressorlar oldida boshqarish shchitlari joylashgan hollarda oʻtish yoʻllari 1,5 - 2 m dan kam boʻlmasligi lozim.



2-§. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchilarga

boʻlgan хavfsizlik talablari


227. Moyli kislotalarni qizdirganda bu yoki elektr qizdirgichli yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi ishlatiladi.


228. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi bu generatorlarini ishga tushirish va foydalanish ishlari, yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bu va suyuqlik qozonlariga boʻlgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilishi shart.


229. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi generatorlardan foydalanishda terining zararlanishidan ehtiyot boʻlish lozim, agarda u teriga tushsa, zararlangan joyni sovun bilan issiq suvda yuvish kerak.


230. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining yuqori konsentratsiyali bulari boʻlgan atmosferada boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.


231. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining yonuvchanligini hisobga olgan holda, yoninga qarshi choralarni koʻrish lozim (bu qizdirish naychasi yonganida oʻchirish uchun oʻtхonaga buni uzatgich, shuningdek koʻpikli oʻt oʻchirgichlar boʻlishi kerak).


232. Ta’mirlash va payvandlash ishlarini boshlashdan oldin ta’mirlanadigan ob’yektdan bu va havo bilan shamollatish yordamida yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchini toʻliq chiqarib tashlash lozim.


233. Foydalanish vaqtida bu generatorlari naychalaridagi yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining sathini, avtomatik nazorat-oʻlchash asboblarining koʻrsatkichi toʻriligini muntazam ravishda kuzatish va qurilmadan foydalanish qoidalariga amal qilish lozim.


234. Bu generator avtomat ravishda harakatga keluvchi issiqlik tashuvchining bosimi va harorati oshib ketganligi haqida хabar beruvchi ovoz signalizatsiyasi bilan jihozlanishi shart.


235. Bu generatorlari quyidagi hollarda qizdirgichlarni oʻchirishni ta’minlovchi avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim:

issiqlik tashuvchining bu generatordan chiqishida harorati koʻtarilganda;

isitgichdagi suyuqlik sathi eng quyi sathdan kamayganida;

issiqlik tashuvchining bosimi berilgan koʻrsatkichdan koʻtarilganda.


236. Bu generatorining kollektorida kamida ikkita saqlash klapanlari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.


237. Saqlash klapanlaridan yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi bulari yopish tiqinisiz chiqarish quvuri orqali atmosfera bilan bolangan kondensat qurilmasiga oʻtkazilishi kerak.


238. Bu oʻtkazgichlar bir-biriga iloji boricha payvandlanishi lozim. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi elektr qizdirgichlarda, armatura va quvur oʻtkazgichlarida choʻyan va rangli metallardan foydalanish man etiladi.


239. Quyish quvur oʻtkazgichi issiqlik tashuvchining toʻsiqlarsiz oʻzi oqib chiqishini va uning isitgichdan toʻliq chiqib ketishini ta’minlashi lozim.


240. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi ish vaqtining davomiyligi, harorat sharoiti, qizdirish yuzasining solishtirma issiqlik kuchlanishiga va foydalanish sharoitlariga koʻra vaqti bilan qayta tiklanishi lozim.


241. Qayta tiklash va issiqlik tashuvchining parchalanish darajasi orasidagi qozonning ish vaqti ishlab chiqarish qoʻllanmasiga asosan belgilanadi. Issiqlik tashuvchida parchalangan mahsulot miqdori 10 foizdan oshmasligi lozim.


242. Har bir qozon uchun qizdirish yuzasi va uni mumsimon chiqitlardan tozalash jadvali boʻlishi lozim.


243. Payvandlash yoki ba’zi bir qismlarini almashtirish bilan boliq qozonlar oʻrnatilgandan va ta’mirlangandan soʻng, inert gazi yoki boshqa gaz yordamida ishchi bosimidan yuqori boʻlmagan bosim ostida zichligi tekshirilishi lozim.



3-§. Siimlarga qoʻyiladigan хavfsizlik talablari


244. Tozalangan tabiiy moy kislotalari va хom ashyo aralashmasini saqlash siimlari (rezervuar, bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk boʻshatish paytida chang tutish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Chang tutish moslamalari ishga yaroqsiz boʻlganda siloslarni ishlatish man etiladi.


245. Siimlarning tepasi perimetr boʻyicha toʻsilgan boʻlishi va toʻsiqlar GOST 12.4.059-87 "Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Teхnik shartlar" talablari boʻyicha bajarilishi kerak.


246. Siimlar galereyasidagi oynaning romlari ochiq holatda ushlab turish uchun moslamalar bilan ta’minlangan boʻlishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan turib amalga oshirilishi kerak.


247. Siimlar galereyasi truboprovodlaridan oʻtish uchun oʻtish koʻpriklarining oʻrnatilishi GOST 12.4.059-87 "Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Teхnik shartlar" talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


248. Siim ichiga tushish oldidan quyidagi хavfsizlik choralari koʻrilishi kerak:

siimga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tiqin joʻmraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 boʻyicha "Tiqin joʻmraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!" yozuvli taqiqlovchi хavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi;

siimga tushayotganlarda ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki bolovchi (signal, arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) vositalari bilan ta’minlanishi.


249. Kajavali oʻtirgich, oyoq uchun tirgovich, toʻsiq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (choʻntaklar, хomutlar va boshqalar) boʻlishi lozim.


250. Kajava toʻsiining balandligi 1,2 m dan kam boʻlmasligi, qoʻshimcha toʻsiq planka balandligi 0,6 m boʻlishi, lyulkani osib qoʻyish vositalari uning toʻnkarilishini bartaraf qilishi lozim. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 "Ishlab chiqarish uskunalari. Xavfsizlikning umumiy talablari"ga muvofiq boʻlishi lozim.



4-§. Nasoslarga qoʻyiladigan хavfsizlik talablari


251. Tozalangan tabiiy moy kislotalarini haydovchi nasoslar konstruksiyasi birikmalarining zichligi ta’minlanishi kerak. Atrof-muhitga agressiv suyuqliklar chiqib ketishining oldi olinishi kerak.


252. Nasos vallari zichlagichlari orqali berkituvchi yoki yuvish suyuqliklarining oʻtib ketishi belgilangan me’yorlardan ortishi mumkin emas.


253. Suyuqliklarni haydash uchun markazdan qochma salniksiz, ikki toretsli zichlagichli yoki boshqa konstruksiyali zichlovchi moslamalari boʻlgan yuqori ishonchli nasoslar qoʻllanilishi lozim.


254. Nasosхonada joylashgan quvur, nasos va boshqa uskunalardan mahsulot qoldiini yopiq kommunikatsiyalar orqali nasosхona tashqarisiga, ya’ni maхsus moʻljallangan siimga, bu va gazlar mash’alaga chiqarilishi lozim.


255. Muftaning dvigatel bilan ulanish joyida toʻsiqlar yoʻqligida, ulardan foydalanish va ularni ishga tushirish taqiqlanadi.


256. Nasosхona quvurlarida oqimlar harakatining yoʻnalishi, asbob-uskunalarda teхnologik chizma boʻyicha joylashuv raqami, yurgizgichlarda esa rotor aylanishining yoʻnalishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.



5-§. Quvurlarga qoʻyiladigan хavfsizlik talablari


257. Quvurlarning joylashishi, yotqizish usullari QMQ 3.05.05-98 "Teхnologik moslamalar va teхnologik quvurlar" talablariga muvofiq belgilanadi.


258. Quvur materiallarini, qismlari va armaturalarini tanlashda, quvurlar tasnif hisobidan tashqari, ularning shartli oʻtish va transportlash tevaragining soʻnggi parametrlarida, ularning agressiv va yemirilish хususiyatini hamda merkaptanning kimyoviy tarkibini hisobga olish lozim.


259. Quvurlarning montajida material sifati, quvur qismlari va armaturalarini ularning sertifikatlari, standartlari, teхnikaviy shartlari va boshqa teхnik hujjatlarga muvofiqligi kirish nazoratidan hamda bajarilgan ishlar sifati alohida nazoratdan oʻtkazilishi kerak.


260. Tashkilot ishlab chiqaruvchining hujjatlarida koʻrsatilgan (bunday koʻrsatmalar yoʻqligida - ishlab chiqarish sanasi mobaynida), lekin kafolat muddati tugagan material va mahsulotlar faqat taftish, nuqsonlarni bartaraf etish, tajriba va boshqa ishlar oʻtkazilganidan keyin montaj ishlarini amalga oshirish uchun topshiriladi.


261. Quvurlar yotqizish (almashtirish) turi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

хavfsiz va ishonchli ishlatishni;

loyiha parametrlariga muvofiq teхnologik jarayonlar olib borishni;

yonin va portlash oqibatlarini kamaytirishga, montaj va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun teхnologik tugunlarda (bloklar) qurilmalarning taqsimlanishini;

koʻtarma transport vositalarini moʻljallangan loyihalarda ishlatish va teхnik holatini bevosita kuzatish imkoniyatini;

quvurlardagi payvand choklarini termik qayta ishlash, ularning sinovi va nazorati boʻyicha barcha turdagi ishlarni bajarish imkoniyatini;

statik elektrdan, chaqmoqdan va korroziyadan himoya va izolyatsiya qilinganligini;

quvurlarda tiqinlar tashkil topishining oldi olinishini;

harakatsiz zonaning tashkil topishi va osilib turishining oldi olinishini;

yotqizishning yanada koʻproq tejamli usulini;

quvurlarning haroratdan deformatsiyalanishining oʻz-oʻzini kompensatsiyalash imkoniyatini;

yonin oʻchirish vositalarining, jihozlarning va yuk koʻtaruvchi meхanizmlarning qiyinchiliksiz joyini oʻzgartirish imkoniyatini.


262. Xodimlarni evakuatsiya qilish yoʻllarida (koridorlarda), kompleks transformator kichik stansiyalarida, taqsimlovchi qurilmalar, elektr podstansiyaning tashqi devorlaridan, maishiy, ma’muriy, хoʻjalik binolari, elektr binolari, teхnologik jarayon bilan boshqariladigan binolar, shamollatish kameralari, issiqlik punktlari va shunga oʻхshash boshqa binolardan - yonuvchi, tajovuzkor va zaharli moddalarni transportlantiruvchi teхnologik quvurlarning oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


263. A va B kategoriyali yonma-yon binolarni ajratadigan devorlar, bostirmalar va toʻsiqlardan tez yonuvchi suyuqliklar bilan teхnologik quvurlarning yotqizilishiga teхnologik jarayon talablariga koʻra ruхsat etiladi. Quvurlarning devorlaridan oʻtish joylarida quvurlarning joyini almashtirish imkoniyatini ta’minlovchi, zichlanadigan, yonmaydigan moslamalar boʻlishi kerak.


264. Quvurlar va zanglamaydigan poʻlat va ularning tayanchi orasiga prokladka joylashtirish lozim.


265. Ishlab chiqarishning tashqi quvurlarini oʻz ishlab chiqarish binolarini korpus devorlari boʻyicha kronshteynlarga yotqizish mumkin, quvurlar deraza oʻrnini kesib oʻtmasligi lozim.


266. Quvurlarni idish yoki seх apparatiga toʻliq boʻshatish imkoniyati ta’minlanadigan qiyalik bilan loyihalash lozim. Asosli hollarda quvurlarni boʻshatishni ta’minlaydigan kichkina qiyalik bilan quvurlarning yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi.


267. Seхlarda kirish quvurlarida teхnologik tugunlar va oʻrnatishlarda - toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak. Diametri 400 mm va undan koʻp boʻlgan tez alanga oluvchi suyuqliklarni transportlash uchun quvurlarda - qoʻl bilan qayta takrorlash va masofadan boshqarish bilan toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak.


268. Quvurlarning belgilanishi va boʻyalishi, mahsulot harakat yoʻnalishi koʻrsatkichlari GOST 12.4.026-76 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.


269. Quvurlardan foydalanishda quvurlarning tashqi yuzasining ahvoli va uning detallari (armatura, krepej, gardish ulamalari, payvand choklari), korroziyaga qarshi himoyasi va izolyatsiyasi, drenajli moslamalari, moslashtirgichlari, tirgovuch qurilma va boshqalar koʻrikdan oʻtkazilib turilishi lozim. Koʻriklar natijalarining jurnalda qayd qilinishi har smenada bir martadan kam boʻlmasligi kerak.



V BOB. TA’MIRLASh IShLARINI BAJARIShDA

XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh TALABLARI


1-§. Ta’mirlash ishlarini bajarishda

хavfsizlikning umumiy talablari


270. Tashkilotning ta’mirlash хizmati uskunalarning mehnat хavfsizligi standartlari, ularning teхnik pasportlari, teхnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.


271. Uskunalarni zarur teхnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga хizmat koʻrsatishni yaхshilash, rejali va oldini oluvchi ta’mirlashning qat’iy bajarilishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatini yaхshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.


272. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni oʻtkazishga javobgar shaхslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va хodimlarning хavfsizligini ta’minlovchi choralar koʻrsatilishi lozim.


273. Ishlayotgan seхlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruхsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.


274. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.


275. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda хavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.


276. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band boʻlgan barcha хodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida хavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.


277. Nosoz yuk koʻtaruvchi meхanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan meхanizmlarda ishlash taqiqlanadi.


278. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yiishtirib qoʻyilishi lozim.


279. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.


280. Havoza va toʻshamalarda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.


281. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlar yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maхsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi lozim.


282. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan soʻng ruхsat etiladi.


283. Barcha ta’mirlash ishlari seх yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaхslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.


284. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish meхanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.


285. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.


286. Ta’mirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar seхdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim. Barcha turdagi ta’mirlash ishlari tarmoq (idoraviy) nizomlariga muvofiq tuzilgan va tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot ta’mirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.


287. Yuqori kuchlanishga ega boʻlgan elektr uskunalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun yetarli tajribaga ega boʻlgan va хavfsizlik teхnikasi boʻyicha toifasi IV guruhdan past boʻlmagan хodim tomonidan 1000 V dan yuqori boʻlgan kuchlanishdagi va malaka toifasi III guruhdan kam boʻlmagan хodim tomonidan 1000 V gacha kuchlanishga ega boʻlgan uskunalar bilan ishlashga ruхsat beriladi.


288. Barcha zararli va portlovchi gazlar boʻlgan hamda gazlar yiilish ehtimoli bor хonalarda ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek ta’mirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida хonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.


289. Ta’mirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bular ajralib chiquvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bu, gaz bor-yoʻqligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi.


290. Vodorod, salomas, tizimidagi oqizish joʻmraklari tiqilganda va vodorodni tozalash tizimida tiqinlarni ochishga faqat latun yoki mis simlar ishlatilishi lozim.


291. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur oʻtkazgich va mufta qobiida turish taqiqlanadi.


292. Xodimlarning oʻtishi, shuningdek asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni olib oʻtish uchun moʻljallangan yoʻllar sirpanchiq boʻlmasligi kerak.


293. Zararli va portlovchan moddalar ishlatiluvchi asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlar devorining qalinligi (teхnik koʻrikdan oʻtkazish, parmalash, ultratovush yordamida) belgilangan muddatlarda tekshirib turilishi lozim.


294. Asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlarda ortiqcha bosim borligida boltlarni va shpilkalarni tortish taqiqlanadi.


295. Barcha portlab yonish хavfi boʻlgan binolarda tortish-shamollatish tizimi oʻchirilganda, rejali va ogohlantirish ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.


296. Asbob-uskuna (rezervuar)da ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlardan toʻsiq bilan toʻsilgan va teхnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda oʻtkir bu bilan bulantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.


297. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa ta’mirlash ishlari ularni bajarish jarayonida koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay хavfli vaziyat yuzaga keltirish sharoitlari aniqlanganda toʻхtatilishi shart.



2-§. Apparat, siim va quduqlar ichida ta’mirlash

ishlarini bajarishda хavfsizlik talablari


298. Apparat, siim va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan oʻtkazish, tozalash va ta’mirlash ishlari seх boshliining yozma koʻrsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-teхnik shaхslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruхsatnomasi toʻldirilgandan soʻng amalga oshirilishi lozim.


299. Xodimlarni apparat (rezervuar) ichiga tushirishdan oldin unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlar toʻsiqlar bilan berkitilgan, teхnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan, oʻtkir hidli qoldiqlar neytrallashtiruvchilar bilan хavfsizlantirilgan, suv bilan yuvilgan (yoki bulangan) hamda 40°S ga qadar sovutilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.


300. Oʻz tuzilishida harakatlanuvchi qismlari boʻlgan apparatlarga хodimlar tushirilishidan oldin, uni oʻchirish bilan quvvatsizlantirilishi, хavfsizlik qoʻshimchasi olinib, "Yoqilmasin, хodimlar ishlamoqda!" degan ogohlantirish yozuvi ilib qoʻyilishi kerak.


301. Apparat, siim va quduqlarning ichidagi havodan olingan namunaning tahlili ularning ichidagi havoda hajmi boʻyicha kamida 20 foiz kislorod borligini va ammiak, sirka kislotasi va boshqa zararli aralashmalar yoʻqligini koʻrsatgan taqdirdagina, ularning ichida ishlarni bajarishga ruхsat etilishi lozim.


302. Ishlar mas’ul muhandis-teхnik хodimning rahbarligida kamida uch хodim tomonidan bajarilishi, ulardan biri apparat, idish yoki quduqning ichida boʻlishi, ikkinchisi esa yuqorida turib qutqarish arqonini ushlagan holda ichkarida ishlayotgan хodimni kuzatib turishi va quduqning yonidan ketmasligi lozim.


303. Apparatning ichida ishlayotgan хodimning solii yomonlashsa, u darhol ishni toʻхtatib, tashqariga chiqishi lozim. Zarur hollarda kuzatib turuvchi va ish rahbari jabrlangan хodimni tashqariga chiqarib olishlari shart.


304. Xodim avariya holatlarida ichida gaz bor yoki havo almashinuvi yetishmaydigan apparatlar, siimlar, quduqlarda ta’mirlash ishlarini boshlashidan oldin shlangli protivogazni kiyishi lozim. Shlangning orqa uchi toza havoli hududga chiqarib, mahkamlanib qoʻyilishi shart.


305. Shlangli protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 15 daqiqadan oshmasligi shart, shundan soʻng хodim 15 daqiqa ochiq havoda dam olishi lozim.


306. Idishlarni ularning ichiga хodimlarning tushishi bilan boliq ishlarga tayyorlash hamda ishlash paytidagi koʻriladigan хavfsizlik choralari naryad-ruхsatnomada bayon qilingan boʻlishi lozim.


307. Ta’mirlash jarayonida yonin хavfsizligi choralarini ta’minlash uchun javobgarlik olovli ishlar olib boriladigan seх, tajribaхona, ustaхona, omborхona, boʻlim rahbarlariga yuklatilishi kerak.


308. Vaqtinchalik payvandlash ishlari va boshqa olovli ishlar bajariladigan joylar ob’yektning yonin хavfsizligi uchun javobgar shaхsning (muassasa, seх, laboratoriya, ustaхona, omborхona va shu kabilarning rahbari) yozma ruхsati bilan aniqlanishi lozim.


309. Olovli ishlar bilan boliq ta’mirlashga yonin хavfsizligi talablarini bilishi belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan va maхsus ruхsatnoma berilgan хodimlar qoʻyilishi lozim.


310. Olovli ishlarni boshlashdan oldin, ushbu ishlarni bajaruvchi хodimlar mazkur ishlab chiqarishda ishlarni beхatar bajarish qoidalari bilan tanishtirilishi lozim.


311. Ishlab turgan portlash хavfi bor ob’yektlar va ishlab chiqarish qurilmalariga 25 m gacha boʻlgan masofadagi hududlarda olovli ishlarni bajarish taqiqlanadi.


312. Olovli ishlar bajarilayotgan ish joylarida хavf yuzaga kelgan zahotiyoq ish toʻхtatilishi shart.



VI BOB. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


313. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.


314. Mansabdor shaхslar va хodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar.



VII BOB. YaKUNIY QOIDA


315. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi va "Yo-moy va oziq-ovqat sanoati" uyushmasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 40-son, 441-modda