Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 12.12.2011 y. OʻRQ-305-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 10.11.2011 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 05.12.2011 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

12.12.2011 y.

N OʻRQ-305



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSINING 90-MODDASIGA

TUZATISh KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 10 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2011 yil 5 dekabrda ma’qullangan



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga ushbu tuzatish davlat boshqaruvining demokratik prinsiplarini, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda Oliy Majlisning roli va ahamiyatini mustahkamlash borasida mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarni, shuningdek rivojlangan demokratik mamlakatlarning koʻpchiligida qabul qilingan davlat qurilishi amaliyotini hisobga olgan holda kiritilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatish toʻrisidagi mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzuidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar nuqtai nazaridan davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik oʻzgarishlarning mantiqiy davomidir.


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda) 90-moddasining ikkinchi qismidagi "yetti yil" degan soʻzlar "besh yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatish toʻrisidagi mazkur Qonun u kuchga kirganidan soʻng saylanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga nisbatan qoʻllaniladi.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 12/1-son, 343-modda