Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.07.2012 y. PF-4450-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.07.2012 y.

N PF-4450



ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:


1. 2012 yilning 1 avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori oʻrta hisobda 1,15 baravar oshirilsin.


2. 2012 yilning 1 avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 72 355 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 141 520 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 141 520 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 86 835 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2012 yilning 1 avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.

5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq sarf-хarajatlar respublika Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshirilsin.

Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar 2012 yilning 1 avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 3 noyabrdagi PF-4377-sonli Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2012 yilning 1 avgustidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 28-son, 308-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2012 yil, 7-son, 187-modda