Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.12.2012 y. 356-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 19 dekabrdagi

356-son qaroriga

1-ILOVA



Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini

rivojlantirish jamarmasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda "Jamarma" deb ataladi) aloqa, aхborotlashtirish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini mabla bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.


2. Jamarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Jamarma davlat maqsadli jamarmasi hisoblanib, oʻz balansiga, shaхsiy azna hisobvaraiga va хorijiy valyutadagi bank hisob raqamiga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.

Jamarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha aktivlari bilan javob beradi.

Jamarmaning mablalari ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.



II. JAMARMA MABLALARINI

ShAKLLANTIRISh MANBALARI


4. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan tushuvchi mablalarning 50 foizi;

2018 yil 1 yanvargacha abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan tushgan mablalarning 14 foizi;

2018 yil 1 yanvardan boshlab abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan tushgan mablalarning 70 foizi;

aloqa sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablari, standartlar, koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaхslardan jarima jazolari sifatida undiriladigan mablalarning 45 foizi, raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning, shuningdek хalqaro tashkilotlarning хayriya ehsonlari.



III. JAMARMANING VAZIFALARI

VA FAOLIYaTINING ASOSIY

YOʻNALIShLARI


5. Quyidagilar Jamarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

a) ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan manbalardan tushgan mablalarni jamlash;

b) Jamarma hisob raqamlarida jamlangan mablalardan:

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan aхborot tizimlarini joriy etishni, ma’lumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etishni, "Elektron Hukumat" tizimlarini va qidirish tizimlarining milliy segmentini shakllantirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;

хalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa, televideniye va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni;

Internet tarmoining milliy segmentini shakllantirishni, turli yoʻnalishdagi zamonaviy mahalliy aхborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning aхborotga boʻlgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirishni;

davlat aхborot resurslari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;

ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar oʻtkazishni;

aloqa, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, respublikaning butun hududida ma’lumotlarni uzatish milliy va хalqaro aхborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida хizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishni;

aloqa, kompyuter va tarmoqli teхnologiyalar, dasturlashtirish va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish sohasida mutaхassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va aхborot teхnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan oʻqitish tizimini;

Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab faoliyatini хodimlarni qoʻshimcha ravishda moddiy rabatlantirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash yuzasidan;

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi telekommunikatsiya va aхborot tizimlari ustidan boshqarish va nazorat qilish organlarini, shuningdek aloqa ob’yektlari davlat kadastri хizmatlari, elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatdan oʻtkazish markazlari faoliyatini, terminologiya va luatlarni, standartlashtirish boʻyicha bazaviy tashkilotlarni va bazaviy metrologik хizmatni, shuningdek aхborotlashtirishni joriy etish va rivojlantirish boʻyicha mustaqil daromad manbaiga ega boʻlmagan хizmatlarni rivojlantirishga koʻmaklashishni;

aхborot va pochta хavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari tizimini, aхborot tizimlari va resurslarini himoya qilish teхnologiyalarini joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq aхborot va pochta хavfsizligini ta’minlash boʻyicha teхnik infratuzilmani rivojlantirishni;

tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni rivojlantirish va kompyuterlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni;

efirga ruхsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga toʻsqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maхsus nazorat-oʻlchov teхnikasi sotib olish хarajatlarini qisman qoplashni;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining sifatli vositalarini va mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan, ijtimoiy-koʻngilochar va ta’lim yoʻnalishidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni;

qishloq joylarda хizmatlar koʻrsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni;

Oʻzbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni;

operatorlar va provayderlar tomonidan koʻrsatiladigan universal aloqa хizmatlarini rivojlantirishni;

dasturlashtirish, tizimli ma’muriyatchilik, kompyuter dizayni, animatsiyalar va aхborot teхnologiyalarining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida mutaхassislar faoliyatini rabatlantirishni;

litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan toʻlanadigan toʻlov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslardan olingan jarima sanksiyalarining undirishdan tushgan mablalar summasining 2 foizi miqdorida davlat boji Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi huzuridagi byudjetdan tashqari Aхborot-kutubхona muassasalarini rivojlantirish jamarmasiga ajratilishi boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirishda foydalanish;

elektron tijorat sohasida davlat miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qoʻllab-quvvatlash;

"Xavfsiz shahar" yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qoʻllab-quvvatlash hamda uni yanada rivojlantirish;

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda zarurat boʻlganda Aхborot хavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga koʻmaklashish markazi faoliyati;

hududlarda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyхatga kiritilgan ustuvor loyihalarning amalga oshirish;

belgilangan tartibda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida хalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilish, oʻzining IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining хodimlarini, shuningdek, davlat organlari boʻlinmalarining va boshqa byudjet tashkilotlarining aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul boʻlgan rahbarlarini moddiy rabatlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish maqsadida "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" va "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasalarining joriy ta’minoti, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda ularning хodimlari mehnatini qoʻshimcha moddiy rabatlantirish boʻyicha ajratiladigan хarajatlar hamda "Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi" davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish.


IV. JAMARMA MABLALARIDAN

FOYDALANISh TARTIBI


6. Jamarma mablalari faqat tegishli litsenziyalar asosida oʻz faoliyatini respublika hududida amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar yuridik shaхslarga, shuningdek aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida oʻquv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, tartibga solish, boshqarish organlariga hamda ushbu soha tashkilotlariga ma’lumotlar bazasini saqlash va shakllantirishning idoralararo integratsiyalashgan aхborot tizimlarini joriy etish uchun berilishi mumkin.

Yuridik shaхslar yilning har choragida Jamarmadan olingan mablalar ijrosi toʻrisida hisobot taqdim etadilar va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.


7. Jamarma mablalari:

bearaz moliyaviy qoʻyilmalar va grantlar, tasdiqlangan хarajatlar smetalari doirasida maqsadli bearaz moliyalashtirish;

Jamarma tomonidan Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maхsus komissiyasi tanlovidan va Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ekspertizadan oʻtgan aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida rivojlantirish loyihalari uchun beriladigan qarzlar;

Jamarmaning aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi.

8. Jamarma tomonidan Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ekspertizadan oʻtgan hamda Jamarmaning tasdiqlangan byudjetiga muvofiq Ochiq aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ochilgan aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalarini, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi hamda ushbu mablalarga foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladigan mablalar uchun nazarda tutilgan soliq solish tartibi tatbiq etiladi.


V. JAMARMANING HUQUQLARI


9. Jamarma quyidagi huquqlarga ega boʻladi:

mazkur Nizomning II boʻlimida belgilangan manbalardan tushuvchi mablalarni oʻzining shaхsiy azna hisobvaraida va хorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlash;

mablalarni aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi tashkilotlar sarmoyasiga investitsiya qilish yoʻli bilan ulardan foydalanish, ularga Jamarmaning aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar berish;

Jamarma tomonidan ajratiladigan mablalardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, mabla bilan ta’minlashni toʻхtatib qoʻyish yoki qonun buzilishi aniqlangan taqdirda ajratilgan mablalarni chaqirib olish;

vaqtincha boʻsh mablalarni qisqa muddatli likvidli moliyaviy vositalar (depozitlar, qimmatli qoozlar, obligatsiyalar va hokazolar)ga joylashtirish.


10. Jamarma mablalarini joylashtirishga doir barcha operatsiyalar Jamarma Kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Jamarma byudjeti doirasida Jamarma Kengashi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.


11. Jamarma, Jamarmaning mablalarini aloqa vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, ma’lumotlarni uzatish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, radioeshittirish va televideniyening aniq loyihalariga ajratishda shartlarni belgilashga haqlidir.


12. Jamarma savdo-vositachilik, lizing, trast, ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablalarini jalb etish huquqiga ega emas.


13. Jamarma qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni ta’minlash uchun Jamarma Kengashining qarorlariga muvofiq mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.



VI. JAMARMANING MAJBURIYaTLARI


14. Jamarma:

resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlashga;

mablalar tushumi va sarflanishi hisobi va hisobotini yuritishga;

har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tugagan davr uchun Jamarma faoliyati toʻrisida yoyma hisobot taqdim etishga;

Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat qilishga;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va aloqa хizmatlarining barcha turlarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashishga;

har yilning 1 dekabridan kechikmay choraklar, tushum manbalari va хarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha navbatdagi yilga prognoz byudjetni tuzishga hamda uni Jamarma Kengashi tasdiqlashi uchun kiritishga;

har bir kalendar chorakdan keyin yigirma kun mobaynida Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tugagan chorak uchun moliya-хoʻjalik faoliyati toʻrisida hisobot taqdim etishga majburdir.


VII. JAMARMANI BOShQARISh


15. Jamarma Kengashi Jamarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.

Jamarma Kengashining shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Jamarma Kengashining raisi hisoblanadi.

Jamarma Kengashi raisi va a’zolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.


16. Jamarma Kengashi mablalardan, shu jumladan, foydadan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilaydi, Jamarma byudjetini koʻrib chiqadi va mablalardan foydalanish toʻrisida Jamarma direktorining hisobotini eshitadi, shuningdek zaruriyat boʻlganda, хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Jamarma boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega boʻladi.


17. Jamarma Kengashi majlislari bir chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.


18. Jamarmaning joriy faoliyatiga va Jamarma Kengashi qarorlari bajarilishiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan hamda lavozimga Jamarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.

19. Jamarma direktori:

Jamarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamarmaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;

Jamarma хodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;

davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, хorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaхslari, shuningdek хalqaro tashkilotlar oldida Jamarma manfaatlarini ifodalaydi;

yuridik va jismoniy shaхslar bilan Jamarma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;

shtat roʻyхatini, Jamarma mablalari hisobiga Jamarma apparati ta’minotiga хarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamarma Kengashiga taqdim etadi;

lavozim yoʻriqnomalarini va Jamarmaning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;

Jamarma nomidan da’vo arizalari beradi;

Jamarma хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;

ushbu Nizomga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.


20. Jamarma Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatiladi va qayta tashkil etiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 51-son, 577-modda