Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2012 y. PF-4495-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
30.12.2012 y.
N PF-4495
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA
OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
Prezidentining
2012 yil 30 dekabrdagi
PF-4495-sonli Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim hujjatlariga kiritiladigan
oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2005 yil 23 iyundagi PQ-107-sonli qarori ilovasining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"7. Oʻzbekiston Fermerlari kengashi".
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligini oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2006 yil 31 yanvardagi PQ-272-sonli qarori 3-bandining birinchi хatboshisidagi "Fermer хoʻjaliklari uyushmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Fermerlari kengashi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2008 yil 7 apreldagi PQ-832-sonli qarori 5-ilovasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"8. S. Turdiyev - Oʻzbekiston Fermerlari kengashining raisi".
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2013 yil 7 yanvar, 1-son, 3-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",
2012 yil, 12-son, 367-modda