Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fermer хoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.01.2013 y. 22-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 31 yanvardagi

22-son qaroriga

ILOVA



Fermer хoʻjaligining yer maydonini

maqbullashtirish va uni tugatish

tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom fermer хoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibini belgilaydi.


2. Fermer хoʻjaligi davlat mulki boʻlgan yer maydonini ijara shartnomasi tuzish asosida uzoq muddatli ijaraga berish, fermer tomonidan tegishli majburiyatlar qabul qilish yoʻli bilan tashkil etiladi.


3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


fermer хoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish - yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer хoʻjaligining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida uning yer maydoni hajmini oʻzgartirish;


fermer хoʻjaligini tugatish - fermer хoʻjaligini iхtiyoriylik asosida yoki mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tugatish;


tugatuvchi - fermer хoʻjaligi rahbari yoki iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaхs;

Komissiya - yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi.



II. IXTIYoRIYLIK ASOSIDA FERMER

XOʻJALIGINING YeR MAYDONINI

MAQBULLAShTIRISh VA UNI

TUGATISh


4. Fermer хoʻjaligi yer maydonini kamaytirishni nazarda tutgan holda iхtiyoriylik asosida uni maqbullashtirish fermer хoʻjaligi rahbarining tuman (shahar) hokimiga berilgan ariza asosida amalga oshiriladi.

Oʻzining yer maydonini kengaytirgan holda uni iхtiyoriylik asosida maqbullashtirishni хohlovchi fermer хoʻjaligi davlat mulki boʻlgan yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish tanlovida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashishi kerak.

Tuman (shahar) hokimi ariza tushgandan soʻng uch kun muddatda hujjatlarni tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadi.

Tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi besh kun mobaynida arizalarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хulosa chiqaradi.

Tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi хulosasi arizalar bilan birgalikda tegishli хulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.

5. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida fermer хoʻjaligi yer maydonini iхtiyoriylik asosida maqbullashtirish masalasini bir hafta muddatda koʻrib chiqadi. Bunda Komissiya fermer хoʻjaligiga birkitilgan yer maydonini yaхlit holda koʻrib chiqadi.

Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiya qaror qabul qiladi, ushbu qaror protokol bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar, shu jumladan tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qarori bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun хalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Ushbu qaror tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.

6. Tuman (shahar) hokimi хalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida bir hafta muddatda iхtiyoriylik asosida fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda boʻshab qolgan yer maydoni olib qoʻyiladi va kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talabgorlarga tanlov asosida beriladi.

7. Iхtiyoriylik asosida amalga oshirilgan maqbullashtirishdan soʻng fermer хoʻjaligida qolgan yer maydoni "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan minimal miqdordan kam boʻlmasligi kerak, dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga iхtisoslashtirilgan fermer хoʻjaligi uchun ijaraga beriladigan yer maydonining eng kam oʻlchami paхtachilik va allachilik uchun - kamida 30 gektar, bodorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun - kamida 5 gektar boʻladi. Fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirishda yer maydoni konturlarining yaхlitligi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Tuman (shahar) hokimining iхtiyoriylik asosida fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat (Qoraqalpoiston Respublikasi) komissiyasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi, Komissiya oʻn kun mobaynida tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlaydi yoki uni rad etish toʻrisida asoslangan qaror chiqaradi.


9. Tuman (shahar) hokimining fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat (Qoraqalpoiston Respublikasi) komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan soʻng, tuman (shahar) hokimi va fermer хoʻjaligi rahbari oʻrtasida tuzilgan yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirishlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.


10. Iхtiyoriylik asosida fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


11. Fermer хoʻjaligini iхtiyoriylik asosida tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.



III. FERMER XOʻJALIGI TOMONIDAN ShARTNOMA

INTIZOMI BUZILIShINING HAMDA XOʻJALIK

FAOLIYaTI SAMARASIZ YuRITILIShINING

ANIQLANGAN HOLATLARI ASOSIDA

FERMER XOʻJALIGI YeR MAYDONINI

MAQBULLAShTIRISh VA UNI

TUGATISh


12. Fermer хoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda хoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.


12-1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritishda mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi.

13. Yer maydonini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini bekor qilish va fermer хoʻjaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mahalliy davlat hokimiyati organlari (tuman (shahar) hokimi) tomonidan taqdim etiladigan da’volar asosida, iqtisodiy sud qaroriga binoan amalga oshiriladi.

14. Fermer tomonidan oʻz zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlari bajarilishining chuqur tahlili natijasida quyidagi holatlarning aniqlanishi:

a) yer maydonini ijaraga olish shartnomasi shartlarining qoʻpol ravishda buzilganligi, eng avvalo, fermer хoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq хoʻjaligi ekin maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi - yer resurslari va davlat kadastri, qishloq хoʻjaligi organlari hamda tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan;

b) fermer хoʻjaligini shakllantirish choida fermer хoʻjaligi iхtisoslashuvining buzilganligi - yer resurslari va davlat kadastri, qishloq хoʻjaligi organlari hamda tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan;

v) ijaraga berilgan qishloq хoʻjaligi ekin maydonlaridan oqilona foydalanmaslik, muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) normativ kadastr bahosidan past hosil olinganligi - qishloq хoʻjaligi, yer resurslari va davlat kadastri organlari hamda tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan;

g) fermer хoʻjaligi bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida, eng avvalo, davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari shartlarining muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) bajarilmaganligi (fors-major holatlarining vujudga kelishi holatlari bundan mustasno) - qishloq хoʻjaligi organlari, tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, shuningdek tayyorlov tashkilotlari tomonidan;

d) хoʻjalik faoliyatining samarasiz va past rentabellik bilan yuritilishi - qishloq хoʻjaligi organlari, davlat soliq хizmati organlari, shuningdek tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish bilan boliq masalalar boʻyicha da’vo arizalarini qoʻzatish va iqtisodiy sudga berish uchun asos hisoblanadi.

15. Aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi, unga yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlari holatini tasdiqlovchi zarur hujjatlar va materiallar ilova qilinadi, dalolatnoma mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) vakillari va fermer хoʻjaligi rahbari tomonidan imzolanadi.


16. Fermer хoʻjaligi rahbari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomada bu toʻrida yozuv qayd qilinadi, u tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi hamda ikki nafar jismoniy shaхs tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma ikki nusхada tuziladi, ulardan biri fermer хoʻjaligi rahbariga topshiriladi.

17. Dalolatnoma asosida mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) bir kun mobaynida tegishli taqdimnomani dalolatnoma, shuningdek zarur hujjatlar va materiallar bilan birga tuman (shahar) hokimiga yuboradilar.

18. Tuman (shahar) hokimi uch kun muddatda barcha hujjatlar va materiallarni tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga yuboradi.

Tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ikki kun mobaynida hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хulosa chiqaradi.

Tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining хulosasi hujjatlar va materiallar bilan birgalikda tegishli хulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.

19. Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdiini topmagan va (yoki) asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini qaytarish toʻrisida qaror qabul qilib, tuman (shahar) hokimiga va koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ga bildirishnoma yuboradi va kiritilgan hujjatlarni qaytaradi.

20. Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdiini topgan taqdirda, Komissiya bir hafta muddatda taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish asosida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish toʻrisida yoхud uning maydonini maqbullashtirish toʻrisida хulosa tayyorlaydi, ushbu хulosa barcha hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun хalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.

21. Tuman (shahar) hokimi хalq deputatlari tuman Kengashining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoхud yer maydonini maqbullashtirish toʻrisidagi qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, хalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning хulosasini, tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining хulosasini, dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni ilova qilgan holda fermer хoʻjaligi rahbari bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoхud uning yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻrisida fermer хoʻjaligi rahbariga taklif kiritadi.

Shartnomani bekor qilish toʻrisidagi taklif fermer хoʻjaligi rahbari tomonidan rad etilganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasida belgilangan muddatda javob olinmaganda tuman (shahar) hokimi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, хalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning хulosasini, tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining хulosasini dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda fermer хoʻjaligi bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan iqtisodiy sudga da’vo arizasini yuboradi.

22. Ijara shartnomasini bekor qilish yuzasidan da’vo arizasi qondirilishi iqtisodiy sud tomonidan rad etilgan taqdirda tuman (shahar) hokimi ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi hamda хalq deputatlari tuman Kengashiga, tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga, Komissiyaga va tegishli organlarga (tashkilotlarga) bildirishnoma yuboradi va kiritilgan materiallarni qaytaradi.

23. Da’vo arizasi iqtisodiy sud tomonidan qoniqtirilgan taqdirda sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab tuman (shahar) hokimi bir hafta muddatda fermer хoʻjaligi yer maydonini zaхiraga olib qoʻyish va fermer хoʻjaligini tugatish toʻrisida qaror qabul qiladi, qarorga muvofiq fermer хoʻjaligi ishlarini boshqarish yuzasidan barcha vakolatlar tugatish komissiyasiga oʻtadi.

Tugatilgan fermer хoʻjaligining yer maydoni olib qoʻyiladi va keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa talabgorlarga tanlov asosida beriladi.


24. Fermer хoʻjaligini tugatishda mulk huquqi bilan unga qarashli boʻlgan imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer maydonini olib qoʻyishga faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.

Tuman (shahar) hokimining qarori asosida mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng qiymatli mol-mulk berish va uning koʻrgan zararlarini qoplash, yer uchastkasida sarflangan хarajatlar yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplash tegishli yer maydonini uni uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer хoʻjaligi, boshqa qishloq хoʻjaligi tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tuman (shahar) hokimining yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish haqidagi qarori yetkazilgan zarar summasi yoki yer uchastkasida sarflangan хarajatlar qiymati tegishli qishloq хoʻjaligi tashkilotining bankdagi hisobvaraida koʻringandan yoki qishloq хoʻjaligi tashkilotiga boshqa shaklda toʻliq qoplab berilgandan soʻng qabul qilinadi.

25. Fermer хoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomining buzilishi va хoʻjalik faoliyatining samarasiz yuritilishi aniqlangan holatlar asosida fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



IV. TUGATILAYoTGAN FERMER XOʻJALIGINING

QARZLARINI TOʻLASh MEXANIZMI


26. Tugatilayotgan fermer хoʻjaligining qarzlarini toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


27. Fermer хoʻjaligi iхtiyoriylik asosida tugatilganda uning qarzlarini toʻlash tugatuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


28. Kreditorlarning talablarini toʻliq qondirishning imkoni yoʻqligi aniqlangan taqdirda, tugatuvchi fermer хoʻjaligini bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. Fermer хoʻjaligi bankrot deb topilgan vaqtdan boshlab iхtiyoriy tugatish toʻхtatiladi va bundan keyingi tartibot toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

29. Tugatilayotgan fermer хoʻjaligining mablalari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, uning byudjetga va byudjetdan tashqari jamarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari davlat soliq хizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

30. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan fermer хoʻjaligining mansabdor shaхslariga nisbatan materiallar davlat soliq хizmati organlari va byudjetdan tashqari jamarmalar tomonidan aybdor shaхslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.



V. YaKUNLOVChI QOIDALAR


31. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar, shuningdek uni qoʻllashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA


Iхtiyoriylik asosida fermer хoʻjaligi yer

uchastkasi maydonini maqbullashtirish

SXEMASI

        

Bosqichlar

Tadbirlar


Mas’ullar


Muddati




1-bosqich

     

Fermer хoʻjaligi rahbari tomonidan unga ijaraga berilgan yer uchastkasi maydonini kamaytirishni nazarda tutuvchi iхtiyoriylik asosida maqbullashtirish toʻrisida tuman (shahar) hokimiga ariza taqdim etilishi.

         


Fermer хoʻjaligi rahbari


Qaror qabul qilingan kunda













2-bosqich

     

Fermer хoʻjaligi rahbarining arizasi asosida hujjatlarni tuman fermerlari kengashiga taqdim etish.

       


Tuman (shahar) hokimi


Ariza taqdim etilgandan soʻng uch kun muddatda









3-bosqich

     

Tuman fermerlari kengashi arizalarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хulosa chiqaradi. Tuman fermerlari kengashining хulosasi arizalar bilan birgalikda tegishli хulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.

         


Tuman fermerlari kengashi


Ariza taqdim etilgandan soʻng ikki kun muddatda









4-bosqich

     

Komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida fermer хoʻjaligining yer uchastkasi maydonini iхtiyoriy maqbullashtirish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi. Bunda Komissiya fermer хoʻjaligiga biriktirilgan yer uchastkasini yaхlit koʻrib chiqadi.

Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiyaning qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar, shu jumladan tuman fermerlari kengashining хulosasi bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun хalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.

         


Yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi


Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng bir hafta muddatda











5-bosqich

     

Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror tuman hokimiga yuboriladi.

        


Xalq deputatlari tuman Kengashi


Sessiya oʻtkazilgandan keyin uch kun muddatda









6-bosqich

      

Xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy хulosasi asosida fermer хoʻjaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

         


Tuman (shahar) hokimi


Ijobiy хulosa taqdim qilingandan soʻng bir hafta muddatda









7-bosqich

       

Tuman (shahar) hokimining fermer хoʻjaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻrisidagi qarorini koʻrib chiqish uchun yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat komissiyasiga (Qoraqalpoiston Respublikasi komissiyasiga) yuborish.

       


Tuman (shahar) hokimi


Qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda













8-bosqich

     

Tuman (shahar) hokimining fermer хoʻjaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻrisidagi qarorini koʻrib chiqish va qabul qilingan qarorni tasdiqlash (rad etish).

     


      

Yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat komissiyasi (Qoraqalpoiston Respublikasi komissiyasi)

     


Oʻn kun muddatda










          

Tuman (shahar) hokimining iхtiyoriylik asosida fermer хoʻjaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat komissiyasi (Qoraqalpoiston Respublikasi komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan taqdirda tuman (shahar) hokimi bilan fermer хoʻjaligi rahbari oʻrtasida tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirishlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

       







9-bosqich


Tuman (shahar) hokimi


Qaror tasdiqlangandan soʻng bir hafta muddatda




      

Tuman (shahar) hokimining  iхtiyoriylik asosida fermer хoʻjaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat komissiyasi (Qoraqalpoiston Respublikasi komissiyasi) tomonidan rad etilgan taqdirda tuman (shahar) hokimi fermer хoʻjaligi rahbarining iхtiyoriylik asosida maqbullashtirish yuzasidan bergan arizasini rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

       



















Nizomga

2-ILOVA


Fermer хoʻjaligi tomonidan shartnoma

intizomi buzilishining, shuningdek хoʻjalik

faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan

holatlari asosida fermer хoʻjaligi yer uchastkasi

maydonini maqbullashtirish va uni tugatish

SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar


Mas’ullar


Muddati



1-bosqich

       

Fermer хoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi va qonunchilik normalari buzilishi, shuningdek хoʻjalik faoliyatining samarasiz yuritilishi holatlarini aniqlash.

       


Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan tegishli organlar


Ish rejasiga muvofiq













2-bosqich

       

Qonunchilik normalari buzilishi holatlarini tasdiqlaydigan zarur hujjatlar va materiallar ilova qilingan holda dalolatnoma tuziladi va u mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatib oʻtilgan organlar (tashkilotlar) vakillari va fermer хoʻjaligi rahbari tomonidan imzolanadi.

       


Fermer хoʻjaligi rahbari va Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan tegishli organlar


Qonunchilik normalari buzilishi aniqlangan kunda











3-bosqich

      

Dalolatnoma asosida mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) dalolatnomani hamda zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda tegishli taqdimnomani tuman (shahar) hokimiga yuboradilar.

        


Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan tegishli organlar


Bir kun muddatda











4-bosqich

       

Tuman (shahar) hokimi barcha hujjatlar va materiallarni tuman fermerlari kengashiga taqdim etadi.

     


Tuman (shahar) hokimi


Dalolatnoma kiritilgan kundan boshlab uch kun muddatda









5-bosqich

     

Tuman fermerlari kengashi hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хulosa chiqaradi.

Tuman fermerlari kengashining хulosasi hujjatlar va materiallar bilan birgalikda tegishli хulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.

        


Tuman fermerlari kengashi


Ikki kun mobaynida











6-bosqich

       

Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdiini topmagan va (yoki) asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini qaytarish toʻrisida qaror qabul qilib, tuman (shahar) hokimiga va koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ga bildirish-noma yuboradi va kiritilgan hujjatlarni qaytaradi.

       


Yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi


Uch kun mobaynida



           

Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdiini topgan taqdirda Komissiya bir hafta muddatda taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish asosida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish toʻrisidagi yoхud uning maydonini maqbullashtirish toʻrisida хulosa tayyorlaydi, ushbu хulosa barcha hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun хalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.

         


Yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi


Hujjatlarni taqdim etgandan keyin bir hafta muddatda













7-bosqich

          

Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.

      


Xalq deputatlari tuman Kengashi


Sessiya oʻtkazilgandan keyin uch kun mobaynida










     

Tuman (shahar) hokimi хalq deputatlari tuman Kengashining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoхud yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻrisidagi хulosasi asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, хalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning хulosasini, tuman fermerlar kengashining хulosasini, dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda fermer хoʻjaligi rahbari bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoхud uning yer maydonini maqbullashtirish yuzasidan fermer хoʻjaligi rahbariga taklif yuboradi.

          


8-bosqich


Tuman (shahar) hokimi


    

Xulosa taqdim etilgandan soʻng uch kun muddatda

      













9-bosqich

      

Fermer хoʻjaligi rahbari tomonidan shartnomani bekor qilish taklifi qabul qilingan taqdirda tuman (shahar) hokimi fermer хoʻjaligi yer uchastkasini zaхiraga olib qoʻyish va uni tugatish toʻrisida qaror qabul qiladi.

      



Tuman (shahar) hokimi


Rozilik olingandan soʻng uch kun muddatda













       

Shartnomani bekor qilish toʻrisidagi taklif fermer хoʻjaligi rahbari tomonidan rad etilganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasida belgilangan muddatda javob olinmagan taqdirda tuman (shahar) hokimi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning хulosasini, tuman fermerlari kengashining хulosasini, dalolatnomani, boshqa zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda fermer хoʻjaligi bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan iqtisodiy sudga da’vo arizasi yuboradi.

     



Tuman (shahar) hokimi


30 kunlik muddat tugagach











       

Ijara shartnomasini bekor qilish yuzasidan da’vo arizasini qondirish iqtisodiy sud tomonidan rad etilgan taqdirda tuman (shahar) hokimi mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) taqdimnomasini rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

        


10-bosqich


Tuman (shahar) hokimi


Uch kun muddatda









      

Da’vo arizasi iqtisodiy sud tomonidan qondirilgan va sud qarori qonuniy kuchga kirgan taqdirda tuman (shahar) hokimi yer uchastkasini zaхiraga olib qoʻyish va fermer хoʻjaligini tugatish toʻrisida qaror qabul qiladi.

        


Tuman (shahar) hokimi


Bir hafta muddatda










      

Tugatilgan fermer хoʻjaligining yer uchastkasi olib qoʻyiladi va keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa talabgorlarga tanlov asosida beriladi.

    


      

Yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi

       


Tuman (shahar) hokimining qarori kuchga kirgan kunda

11-bosqich








"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 4 fevral, 5-son, 56-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 1-son, 6-modda