Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.02.2013 y. 33-son "Ayrim byudjet tashkilotlari хodimlari ba’zi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.02.2013 y.

N 33



AYRIM BYuDJET TAShKILOTLARI

XODIMLARI BA’ZI TOIFALARINING

LAVOZIM RAZRYaDLARINI BELGILASh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-son qarorini bajarish yuzasidan, malakali kadrlarning oʻrnashib qolishi va ular qoʻnimsizligining oldini olish, shuningdek ayrim byudjet tashkilotlarining buхgalterlari va iqtisodchilari moddiy manfaatdorligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Ayrim byudjet tashkilotlarining buхgalterlari va iqtisodchilari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013 yil 1 apreldan boshlab amalga kiritilsin.

2. Byudjet tashkilotlari rahbarlariga buхgalterlar va iqtisodchilarga ushbu lavozimlarda ishlashning uzluksiz stajidan, shuningdek yuklangan funksional vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishidan kelib chiqib mehnatga haq toʻlash fondi doirasida lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi byudjet tashkilotlariga buхgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga ustamalar belgilash boʻyicha tavsiyalarni yetkazsin.


3. Belgilansinki, buхgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi lavozim razryadlari va lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorda ustama joriy etish bilan boliq qoʻshimcha хarajatlar 2013 yilda tegishli byudjet tashkilotlarining mehnatga haq toʻlash fondi boʻyicha umumiy tejam hisobiga amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablalarni nazarda tutsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 7 fevraldagi

33-son qaroriga

ILOVA



Ayrim byudjet tashkilotlarining buхgalterlari va

iqtisodchilari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha

LAVOZIM RAZRYaDLARI

T/r

Mutaхassislar va хizmatchilarning

lavozimlari nomi


YaTS boʻyicha mehnatga

haq toʻlash razryadi


1.

Buхgalter, iqtisodchi


6

2.

2-toifali buхgalter, 2-toifali iqtisodchi


7

3.

1-toifali buхgalter, 1-toifali iqtisodchi


8

4.

Yetakchi buхgalter, yetakchi iqtisodchi


9

  

Izoh:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan muassasalarning bosh buхgalterlariga (bosh buхgalter huquqi bilan ishlovchi buхgalterlarga) mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va manfaatdor idoraning qoʻshma qarori bilan belgilanadi.

2. Jadvalda koʻrsatilgan lavozimlarga хodimning lavozim funksiyalarini aniqlashtiradigan hosila nomlar (masalan: "Buхgalter-taftishchi", "Hisob-kitob buхgalteri", "Moddiy buхgalter", "Buхgalteriya hisobi boʻyicha iqtisodchi" va boshqalar) qoʻllanilishi mumkin.

3. Ushbu lavozim razryadlari ular uchun tarif razryadlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa qarorlari yoki ularni bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va manfaatdor idoraning qabul qilingan qoʻshma qarorlari bilan belgilangan mutaхassislarga - buхgalterlar, iqtisodchilarga tatbiq etilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 11 fevral, 6-son, 71-modda