Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin ta’minlash Tartibi (OʻzR VM 20.08.1997 y. 409-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 20 avgustdagi

409-son qaroriga

1-ILOVA


Birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari

toʻplami bilan tekin ta’minlash

TARTIBI


Mazkur tartib birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin ta’minlash tartibini belgilaydi.


1. Umumta’lim muassasalarining rahbarlari kelgusi oʻquv yilida birinchi sinfga keladigan va uyida yakka tartibda ta’lim oladigan imkoniyati cheklangan bolalar soni toʻrisidagi ma’lumotlarni umumta’lim muassasasining toʻridan-toʻri boʻysunuviga qarab tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga har yili 20 sentyabrga qadar taqdim etadi.

Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari ushbu ma’lumotlar asosida umumlashtirilgan buyurtmalarni tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalariga har yili 25 sentyabrga qadar taqdim etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari yiilgan buyurtmalarni tahlil qilib, umumlashtirgan holda buyurtmalar tayyorlaydi hamda ularni tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga har yili 30 sentyabrga qadar taqdim etadi.

2. Xalq ta’limi vazirligi "Ta’limta’minot" bosh boshqarmasiga maktab oʻquv qurollarini sotib olishni topshiradi. Oʻquvchilar oʻquv qurollari toʻplamiga quyidagilar kiradi:


Portfel

12 ta daftar

Oddiy va rangli qalamlar

Plastilin

Qalamdon

Ruchkalar

Oʻchirichlar

Yelim

Rangli qoozlar toʻplami

Rasm chiziladigan albom

Boʻyoqlar


3. Xalq ta’limi vazirligining "Ta’limta’minot" bosh boshqarmasi maktab oʻquv qurollarini ushbu maqsadlar uchun Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablalar doirasida yetkazib beruvchilardan bir kontrakt boʻyicha mahsulot yetkazib berishning soʻmdagi ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan hollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida sotib oladi.

4. Maktab oʻquv qurollari tasdiqlangan assortimentda "Ta’limta’minot" viloyat korхonalariga joʻnatiladi.


5. "Ta’limta’minot" respublika, Qoraqalpoiston va viloyat korхonalari maktab oʻquv qurollarini hududiy organlar taqsimoti boʻyicha tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga yetkazadilar.

6. Maktab oʻquv kurollarini birinchi sinf oʻquvchilariga tantanali ravishda topshirishni hokimliklar rahbarlari, mahalliy kengashlariing deputatlari, ota-onalar qoʻmitalari va хalq ta’limi organlari vakillari amalga oshiradi.


7. Maktab oʻquv qurollarini topshirish tantanali ravishda 1 sentyabrda yoki hokimliklar va tegishli organlarning qaroriga koʻra boshqa belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.


8. Olinadigan oʻquv qurollari miqdori va ularning soʻmda ifodalanishi koʻrsatilgan roʻyхat bilan birga oʻquvchilarning familiyalari keltirilgan vedomost maktab oʻquv qurollari berish huquqiga asos boʻlib hisoblanadi, Bolalarning familiyalari qarshisiga ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar imzo chekadilar, shundan keyin ushbu vedomost hisobot uchun buхgalteriyaga topshiriladi.


9. Xalq ta’limi hududiy organlari maktab oʻquv qurollarini berish tugallangandan keyin 15 oktyabrgacha "Ta’limta’minot" bosh boshqarmasiga hisobot taqdim etadilar. "Ta’limta’minot" bosh boshqarmasi ajratilgan mablalardan foydalanganlik toʻrisidagi ma’lumotni 1 noyabrda Moliya vazirligiga va Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi.


10. Davlat mablalaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Xalq ta’limi vazirligiga, ishonchli berish va hisobdan chiqarish uchun javobgarlik - tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari, хalq ta’limi, maktablar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga yuklanadi.

11. Xalq ta’limi vazirligi yillik hisobotda ajratilgan mablalardan foydalanishni alohida qatorda koʻrsatadi.


12. Mahalliy moliya organlari Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boʻlinmalari barcha maktablarda oʻquvchilarga maktab oʻquv qurollari berilishi boʻyicha tekshirishlar oʻtkazadi.