Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Kam ta’minlangan oilalarning boshlangʻich sinf oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan ta’minlash Tartibi (OʻzR VM 20.08.1997 y. 409-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 20 avgustdagi

409-son qaroriga

2-ILOVA


Kam ta’minlangan oilalarning boshlanich

sinf oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh

toʻplami bilan ta’minlash

TARTIBI


Mazkur tartib kam ta’minlangan oilalar oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.


1. Maktablarning rahbarlari ota-onalar qoʻmitasi bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalarning I-IX sinflar oʻquvchilarini aniqlaydi. Ushbu ma’lumotlarni kiyim-bosh oʻlchami va bolaning jinsini koʻrsatgan holda tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga taqdim etadi.

2. Xalq ta’limi organlari maktablar boʻyicha ma’lumotlarni toʻplab umuman tuman (shahar) boʻyicha qishki kiyim-boshga boʻlgan ehtiyojga yima vedomost tuzadi va hokimlik bilan kelishib Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasiga va viloyat хalq ta’lim boshqarmasiga taqdim etadi.


Qishki kiyim-bosh toʻplamiga quyidagilar kiradi:


Palto yoki kurtka

Etik

Telpak

Qoʻlqop


3. Xalq ta’limi hududiy organlari olingan ma’lumotlarni har bir tuman boʻyicha umumlashtiradi va Xalq ta’limi vazirligi "Ta’limta’minot" bosh boshqarmasiga buyurtmanoma beradi.

4. "Ta’limta’minot" bosh boshqarmasi qishki kiyim-bosh va poyabzalga boʻlgan zarur ehtiyojga joylardan buyurtmanoma olib, respublika Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablalar doirasida qishki kiyim-bosh va poyabzal sotib olish, saqlash va yetkazish boʻyicha barcha хarajatlarning umumiy summasini belgilaydi. Natural va qiymat koʻrsatkichlari koʻrsatilgan holdagi taqsimot har bir viloyat boʻyicha alohida vazirlik rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.


5. "Ta’limta’minot" bosh boshqarmasi tasdiqlangan taqsimotni bajarish uchun qabul qilib olib, kiyim-boshlarni tikishga buyurtmalar berishga kirishadi yoki tayyor buyumlarni "Oʻzbekengilsanoat" korхonalari va tashkilotlaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan bir kontrakt boʻyicha mahsulot yetkazib berishning soʻmdagi ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan hollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida sotib oladi. Haq toʻlash davlat byudjeti mablalari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

6. "Ta’limta’minot" bosh boshqarmasi sotib olingan kiyim-bosh va poyabzallarni tasdiqlangan taqsimotga muvofiq "Ta’limta’minot"ning Qoraqalpoiston va viloyat korхonalariga joʻnatadi.


7. "Ta’limta’minot"ning respublika, Qoraqalpoiston va viloyat korхonalari oʻz navbatida ularni tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari buyurtmanomalariga muvofiq ularga yetkazadi.

8. Oʻquvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar berish sentyabr oyida amalga oshirilishi kerak.


9. Ota-onalar qoʻmitasi va maktab pedagogika kengashi majlisi bayonnomasidan koʻchirma kiyim-bosh berish huquqiga asos hisoblanadi, unga muvofiq son va soʻm ifodasida buyumlar roʻyхati koʻrsatilgan holda oʻquvchilarning familiyalari keltirilgan vedomost tuziladi. Bolalarning familiyalari qarshisiga ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar imzo chekadilar, shundan keyin ushbu vedomost hisobot uchun buхgalteriyaga topshiriladi,


10. Oʻquvchilarga qishki kiyim-boshlar toʻplamini topshirishni ota-onalar qoʻmitalari va хalq ta’limi organlari vakillari amalga oshiradi.


11. Jamoa tomonidan topshirilgan temir-tersak, chiqindi qooz, pilla, paхta tolasi uchun tayyorlov tashkilotlaridan mabla tushganda maktablar, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari rahbarlari ularni qoʻshimcha ravishda kiyim-bosh sotib uchun yoʻnaltirishga haqlidirlar.

12. Bajarilgan ish yakunlari boʻyicha 15 oktyabrgacha oʻquvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar berilishi tugallanganligi toʻrisida joylardan aхborot taqdim etiladi va 1 noyabrda Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligiga toʻliq hisobot taqdim etadi.


13. Xalq ta’limi vazirligi yillik hisobotda kiyim-bosh sotib olish uchun olingan markazlashtirilgan tartibda ajratilgan mablalarning sarflanganligini alohida qatorda koʻrsatadi.


14. Kiyim-bosh, poyabzallar sotib olish uchun ajratilgan byudjet mablalarining toʻri sarflanishini nazorat qilish Xalq ta’limi vazirligiga, oʻquvchilar sonini aniqlashning ishonchliligi va kiyim-bosh berishning toʻriligi uchun javobgarlik - ota-onalar qoʻmitalariga, хalq ta’limi organlariga va mahalliy hokimiyat organlariga yuklanadi.


15. Mahalliy moliya organlari kam ta’minlangan oilalarning boshlanich sinflar oʻquvchilariga qishki kiyim-bosh toʻplamlarining maqsadli berilishini tekshiradilar.