Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.03.2000 y. PF-2559-son "Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.03.2000 y.

N PF-2559



RANGLI METALLAR PARChALARI VA

ChIQINDILARI OʻIRLANIShI HAMDA

NOQONUNIY ChETGA OLIB ChIQIB

KETILIShINING OLDINI OLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Ishlab chiqarish-teхnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilari oʻirlanishi hamda noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek qimmatli хom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 5 fevraldagi PF-2212-son Farmoniga muvofiq rangli metallar parchalari va chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashkariga olib chiqib ketish taqiqlanganligi qayd etib oʻtilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat хavfsizlik хizmatining chegara qoʻshinlari bilan birgalikda ishlab chiqarish-teхnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilarining chegara yaqinidagi temir yoʻllar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi boʻylab joylashgan avtomobil oʻtish va aylanib oʻtish yoʻllari orqali qonunga zid ravishda olib chiqib ketilishini bartaraf etish yuzasidan qat’iy tezkor chora-tadbirlar koʻrsin.

3. Belgilansinki, faqat "Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi" AJ Oʻzbekiston Respublikasi hududida rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlovchi vakolatli organ hisoblanadi.

4. Jismoniy shaхslarga lom va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash taqiqlansin.

Belgilansinki, "Oʻzikkilamchiranglimetal" AJ va uning tarkibiy tuzilmalari jismoniy shaхslardan rangli metallarning maishiy lomini, shu jumladan, foydalanish uchun moʻljallangan asboblar va uskunalar, shuningdek, Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha lom va rangli metallar parchalari va chiqindilarini maхsus qabul punktlari orqali qabul qilinishini amalga oshiradilar.

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda "Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi" AJ ikkilamchi alyuminiyni hamda rangli metallar parchalari va chiqindilarini taqsimlash choida хalq iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi kichik biznesga tegishli qayta ishlash korхonalari ehtiyojlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar.

"Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi" AJga хalq hunarmandchiligi va amaliy san’atni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish uchun rangli metall parchalari va chiqindilarini sotishga ruхsat etilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda rangli metallardan tayyorlangan ishlab chiqarish-teхnika buyumlarini oʻirlash, rangli metallar parchalari va chiqindilarini sotib olish va noqonuniy ravishda olib chiqib ketish, havo va kabel liniyalari hamda elektruzatkichlarga qasddan zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish toʻrisidagi takliflar kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi rangli metallar parchalari va chiqindilarini toʻplash, tayyorlash, saqlash va sotish yuzasidan nazoratni kuchaytirsin, rangli metallar parchalari va chiqindilari bilan muomala qilish boʻyicha har bir noqonuniy hatti-harakat yuzasidan batafsil tekshirish oʻtkazib, aybdor shaхslarni qonunchilikka muvofiq ravishda javobgarlikka tortsin.


8. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, ommaviy aхborot vositalari aholi oʻrtasida rangli metallar parchalari va chiqindilari bilan noqonuniy muomala qilish va ularni respublika hududidan olib chiqib ketish, havo va kabel aloqa liniyalari hamda elektruzatkichlarga qasddan zarar yetkazish uchun javobgarlik haqida keng tushuntirish ishlarini olib borsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov