Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 10.04.2013 y. OʻRQ-348-son "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 07.11.2012 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.03.2013 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

10.04.2013 y.

N OʻRQ-348

"YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 7 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2013 yil 28 martda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi 818-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 215-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 157-modda; 2007 yil, N 4, 155-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2013 yil 11 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 15 aprel, 15-son, 197-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2013 yil, 4-son, 94-modda