Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2002 y. 328-son "Aloqa va aхborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.09.2002 y.

N 328



ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh

SOHASIDA BOShQARUVNI TAShKIL

ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish toʻrisida" 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda aloqa va aхborotlashtirish sohasida faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilansinki, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi hamda Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi tegishli ravishda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamarmasining huquqiy vorislari hisoblanadi.


3. Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi tomonidan chet el hamda mamlakatimiz kompyuter va aхborot kompaniyalari bilan birgalikda Kompyuter va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Kompyuter va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi 2005 yil 1 yanvargacha uning asosiy faoliyati boʻyicha soliqlarning barcha turlarini, yiimlarni toʻlashdan va davlat maqsadli jamarmalariga ajratmalardan istisno tariqasida ozod qilinsin, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga hamda Respublika yoʻl jamarmasiga ajratmalar bundan mustasno.

Belgilansinki, bunda boʻshayotgan mablalar Kompyuter va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi boʻshayotgan mablalarning Kompyuter va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻrisidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 1997 yil 28 avgustdagi 420-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                      I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., 9-son, 53-modda.