Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.09.2002 y. 335-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududiga jismoniy shaхslar tomonidan tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.09.2002 y.

N 335



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING

RESPUBLIKA HUDUDIGA JISMONIY ShAXSLAR

TOMONIDAN TOVARLAR OLIB KELINIShINI

TARTIBGA SOLIShGA DOIR AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, jismoniy shaхslar tomonidan respublika hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishi tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2002 yil 1 oktyabrdan boshlab jismoniy shaхslardan undiriladigan yagona bojхona toʻlovi TIF TN kodidan va tovarning kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar tovarlarning barcha toifalari boʻyicha bojsiz olib kelish normalari qoʻllanilmasdan tovar bojхona qiymatining:

oziq-ovqat tovarlari boʻyicha 40 foizi (undan tashqari);

nooziq-ovqat tovarlari boʻyicha 70 foizi miqdorida toʻlanishi belgilansin.

3. Belgilansinki, 2002 yil 1 oktyabrdan boshlab tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelishda jismoniy shaхslardan undiriladigan yagona bojхona toʻlovi хorijiy valyutaga yiim toʻlanadigan kunda vujudga kelgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilangan tartibga va tasdiqlangan stavkalarga muvofiq erkin kurs boʻyicha milliy valyuta  "soʻm"da toʻlanadi.


4. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish toʻrisida" 2002 yil 6 maydagi 154-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 5-son, 24-modda) 2-bandi;

Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2002 yil 12 iyuldagi 248-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 7-son, 40-modda) 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Xukumatining qarorlari toʻplami", 2002 y., 17-18-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 9, 55-modda.