Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2013 y. 124-son "Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar boʻyicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.05.2013 y.

N 124


UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINING

ChET TILLAR BOʻYIChA DAVLAT TA’LIM

STANDARTINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar boʻyicha davlat ta’lim standarti "Chet tillari boʻyicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar" 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar boʻyicha davlat ta’lim standarti "Chet tillari boʻyicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar" 2013 - 2014 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsin.

3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 20 may, 20-son, 251-modda