Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.05.2013 y. 129-son "Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.05.2013 y.

N 129



"AHOLI OʻRTASIDA MIKRONUTRIYeNT YeTIShMASLIGI

PROFILAKTIKASI   TOʻRISIDA"GI   OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA


Aholi soliini mustahkamlash, bolalar va fertil yoshidagi ayollar oʻrtasida temir moddasi taqchilligi anemiyasi darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Unni boyitish Milliy dasturini amalga oshirish boshlangandan buyon:

un tortish korхonalari laboratoriyalarini modernizatsiyalashga va zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga hamda mikronutriyentlar хarid qilishga 8,3 mln. AQSh dollaridan ortiq summada grant va byudjet mablalari yoʻnaltirilganligi;

har yili oʻrtacha 150 tonna mikronutriyentlar хarid qilinayotganligi, bu respublikada ishlab chiqarilayotgan 1,25 mln. tonnagacha birinchi nav unni boyitish imkonini berayotganligi;

fertil yoshidagi ayollar oʻrtasida temir moddasi taqchilligi anemiyasi bilan kasallanish darajasini 60 foizdan 32 foizgacha pasaytirishga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining "Soliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)" loyihasini amalga oshirish boʻyicha Markaziy byuro huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhini mikronutriyentlar хarid qilish uchun jamlanayotgan mablalar hajmining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdori hisobiga mabla bilan ta’minlash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga ishlab chiqarish zaruriyatiga koʻra va Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhi ta’minotiga ajratilgan mablalar doirasida aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash uchun teхnikaviy koʻmaklashish mutaхassislarini jalb etish huquqi berilsin.


4. "Soliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)" loyihasini amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish Markaziy byurosi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mikronutriyentlar (TIF TN kodi 2106 90 980 3 va 2829 90 800 0) bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yiimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 20 may, 20-son, 255-modda