Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.07.1997 y. PF-1822-son "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.07.1997 y.

N PF-1822



"OʻZBEKISTON BELGISI" KOʻKRAK

NIShONINI TA’SIS ETISh TOʻRISIDA


Milliy ma’naviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar zaminida yuksak vatanparvarlik tuyusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsini, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yoʻlida хizmat qilayotgan, Oʻzbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishda hamda mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolarni rabatlantirish maqsadida:


1. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni ta’sis etilsin.


2. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni toʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).


3. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

1997 yil 22 iyuldagi

PF-1822-son Farmoniga

1-ILOVA



"Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni toʻrisida

NIZOM


(Yangi taхriri)


1. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni bilan milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, хalqparvarlik, fidoyilik tuyusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsi, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning хalqaro nufuzini oshirishga хizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna koʻrsatayotgan yoshlar taqdirlanadi.


2. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoniga nomzodlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining quyi tashkilotlari va jamoatchilik tomonidan taqdim etiladi.

3. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qarori asosida beriladi.

4. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan belgilanadi.

5. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni hamda uning guvohnomasi taqdirlanganlarga tantanali vaziyatda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining raisi tomonidan topshiriladi.

6. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.


7. "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni koʻkrakniig chap tomoniga taqiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

1997 yil 22 iyuldagi

PF-1822-son Farmoniga

2-ILOVA



"Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni

TAVSIFI


"Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni 1,0 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va diametri 22 millimetrni tashkil etadigan halqadan iborat boʻladi. Nishonning markazida mustaqillik ramzi - kumush tusdagi Humo qushi tasviri aks ettiriladi. Humo qushi ortidagi rangli emal bilan ishlangan fon Oʻzbekistonning goʻzalligi va boyligini ifodalaydi.

Yuqorida, Humo qushining tepasida Oʻzbekiston Davlat gerbining ramzi - musamman aks ettiriladi. Uning markazida diametri 2,5 millimetrli fianit kristali joylashtiriladi.

Humo qushini dafna novdalari oʻrab turadi.

Belgining ostki qismida, Humo qushining tagidagi oq fonda "O`ZBEKISTON" yozuvi bitilgan Oʻzbekiston Respublikasining bayroi aks ettiriladi. Harflarning balandligi 0,8 millimetr.

Nishonning orqa tomoni tekis boʻlib, oʻrtasida burab mahkamlanadigan murvati bor.

Uning pastki qismida nishonning tartib rakami 1,0 millimetrli harflar bilan bitib qoʻyiladi.