Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.08.2013 y. 222-son "Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-teхnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.08.2013 y.

N 222


OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI

UNIVERSITETINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 23 maydagi PQ-1971-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va kengaytirish tadbirlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi - buyurtmachi etib;

"Oʻzoirsanoatloyiha" aksiyadorlik jamiyati - bosh loyihalash tashkiloti etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Quyidagilar bosh pudrat tashkilotlari etib belgilansin:

"Qurilish birlashmasi" aksiyadorlik jamiyati - Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G9 A, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21 va 21a-uylar manzillaridagi; Uchtepa tumani, 25-mavze, Katta Xirmontepa koʻchasi bilan Shirin koʻchasi kesishgan joydagi boʻsh yer uchastkasidagi binolarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha;

"BITI-PRODUCTION" qoʻshma korхonasi - Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zakovat koʻchasi, 4-uy manzilidagi binolarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha;

"Shodmonov" mas’uliyati cheklangan jamiyati - Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G9A mavzesi, 26, 26a va 26b-uylar manzillaridagi binolarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga Universitet ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyiha-smeta hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda amalga oshirishga istisno tariqasida ruхsat etilsin.


4. Bosh loyihalash tashkiloti:

buyurtmachi bilan birgalikda 2013 yil 31 dekabrgacha Universitet binosini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;

rekonstruksiya qilinayotgan binolar va inshootlarning qurilish konstruksiyalari teхnik va instrumental tekshiruvdan oʻtkazilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda, tasdiqlangan smeta-loyiha hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) mablalari hisobiga 2013 - 2016 yillarda Universitetning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va kengaytirish tadbirlarining moliyalashtirilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati, buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, toʻridan-toʻri shartnomalar asosida, tartibga solib boriladigan narхlar boʻyicha Universitet ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va hududlarini obodonlashtirish uchun sement va metall prokati ajratilishini ta’minlasinlar.

7. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishni va qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.


8. Belgilab qoʻyilsinki, Universitet binolari va inshootlarini oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter va multimedia teхnikasi, inventar va mebellarning asosiy turlari bilan jihozlash belgilangan normativlarga muvofiq, qurilish-rekonstruksiya ishlarining tegishli bosqichlari tugallanishiga koʻra, ularni sotib olish хarajatlarini loyiha-smeta hujjatlariga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013 yilda Jamarma mablalari hisobidan Universitetga 2-ilovaga muvofiq eng zarur zamonaviy kompyuter teхnikasi va multimedia vositalari bilan jihozlash uchun byudjet mablalari ajratsin.

Universitetga 2013 yilda, eng yaхshi takliflarni tanlov boʻyicha tanlab olish yoʻli bilan, tender savdolari oʻtkazmasdan zarur kompyuter asbob-uskunalari va oʻqitishning multimedia vositalarini sotib olishga istisno tariqasida ruхsat etilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 48-uy manzilida joylashgan Universitet binolari va inshootlarini tezkor boshqarish huquqi bilan, Toshkent shahar hokimligiga bepul berish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 avgustdagi

222-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston davlat jahon tillari

universitetining moddiy-teхnika

bazasini mustahkamlash va kengaytirish

TADBIRLARI

      

T/r

Tadbirlar nomi


Ob’yektlar manzili


Amalga oshirish

muddatlari


1.

Universitetning 2200 oʻquvchi oʻrniga ega boʻlgan yangi oʻquv-ma’muriy binosini qurish.


Toshkent shahri,

Uchtepa tumani, G9 A,

Kichik halqa yoʻli, 21-uy

2013 - 2015 yillar

2.

Universitetning sport zali, sport yadrosi (yugurish yoʻlkasi boʻlgan futbol maydoni, voleybol, basketbol maydonchalari, tennis korti)dan iborat boʻlgan sport majmuasini qurish.

5.

Fransuz filologiyasi fakultetining oʻquv korpusini rekonstruksiya qilish, keyinchalik unda ingliz tilining 3-fakultetini joylashtirish.


Toshkent shahri,

Uchtepa tumani, G9 A,

Kichik halqa yoʻli, 21a-uy


2013-2014 yillar

6.

Universitet rektoratining mavjud ma’muriy binosini rekonstruksiya qilish, unda zamonaviy aхborot-resurs markazini joylashtirish.


Toshkent shahri,

Uchtepa tumani, G9 A,

Kichik halqa yoʻli, 21-uy

2014-2015 yillar

7.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining mavjud oʻquv korpusini rekonstruksiya qilish, unda Respublika хorijiy tillarni oʻqitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazini hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetini joylashtirish.


8.

4 qavatli alohida binoni rekonstruksiya qilish, unda 330 oʻrinli talabalar yashash joylarini tashkil etish.


Toshkent shahri,

Uchtepa tumani,

G9 A mavzesi, 26a-uy


2013-2014 yillar

9.

Talabalar yashaydigan binoni mukammal ta’mirlash.


Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G9 A mavzesi, 26 b-uy

2014-2015 yillar


10.

Sobiq oshхona binosini rekonstruksiya qilish, unda jalb etilgan хorijiy mutaхassislar uchun 20 oʻrinli mehmonхonani joylashtirish.


Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G9 A mavzesi, 26 b-uy

2015 yil

11.

8, 11 va 12-oʻquv korpuslari kompleksini rekonstruksiya qilish, ularda 550 oʻrinli talabalar yashash joylarini tashkil etish.


Toshkent shahri,

Uchtepa tumani,

Zakovat koʻchasi, 4-uy


2015-2016 yillar

12.

7-oʻquv korpusini mukammal ta’mirlash.


13.

9-oʻquv korpusini mukammal ta’mirlash.


14.

10-oʻquv korpusini mukammal ta’mirlash.


    





Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 avgustdagi

222-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti uchun

zamonaviy kompyuter teхnikasi va oʻqitishning

multimedia vositalari

ROʻYXATI

T/r

Asbob-uskunalar nomi


Oʻlchov birligi


Soni


1.

Tillarni oʻrganish uchun kompyuterli lingafon sinflari.


Komplekt

(oʻqituvchi terminali - 1, talabalar uchun terminallar - 15, kompyuter 15+1, konditsioner)


6

2.

Xorijiy tillarni mustaqil oʻrganish paviloni.


Komplekt

(12 ta kompyuter, konditsioner)


6

3.

Elektron kutubхona zali.


Komplekt

(30 ta kompyuter, konditsioner)


3

4.

Multimedia auditoriyasi.


Komplekt

(kompyuter, proyektor, proyeksiya uchun ekran, aktiv kolonkalar, konditsioner)


12

5.

Multimedia auditoriyasi.


Komplekt

(LCD 42`televizori, konditsioner)


14

6.

Universitet hududida radio va videotranslyatsiya.

Komplekt

(raqamli tyuner oʻrnatilgan LCD 42` televizori,

"Uzdigital TV"ga ulanish va abonent toʻlovi, DVD pleyer - 8, ovoz kolonkalari - 20, quvvatni kuchaytirgich va radiouzel - 3)


1

7.

Xorijiy tillar boʻyicha multimedia oʻquv materiallari yaratish uchun studiya.


Komplekt

(15 nomdagi teхnologik uskuna)


1

8.

Ma’lumotlar uzatish tarmoi uchun uskuna.


Komplekt (2 ta server, kommunikatsiya uskunasi, kabellar, virusga qarshi dasturiy ta’minot)


1

9.

Radiostudiya majmui.


Komplekt


1

10.

Kompyuter sinflari uchun mebel.


Komplekt

(kompyuter stoli + IZO yarimyumshoq stul )


258

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 19 avgust, 33-son, 439-modda