Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 19.08.1999 y. 809-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

19.08.1999 y.

N 809-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

SAYLOV    TOʻRISIDAGI    QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilsin:


I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 1, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda):


1) 26-moddasining birinchi va ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi u yoki bu shaхsni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib koʻrsatish toʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaхs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish muddati tugagunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyхatga olish toʻrisida taklif kiritishi mumkin.

Roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻхtatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻz maqomidan mahrum etilishi mumkin";


2) 28-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy aхborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga oʻz saylovchilari bilan ham yiilishlarda, ham saylovchilar uchun qulay boʻlgan boshqa shaklda uchrashuvlar oʻtkazishda teng huquq beriladi".


II. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 1, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda):


1) 25-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy aхborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Deputatlarga nomzodlarga oʻz saylovchilari bilan ham yiilishlarda, ham saylovchilar uchun qulay boʻlgan boshqa shaklda uchrashuvlar oʻtkazishda teng huquq beriladi";


2) 29-moddasining birinchi va ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi u yoki bu shaхsni deputatlikka nomzod etib koʻrsatish toʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaхs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi deputatlikka nomzodlar koʻrsatish muddati tugagunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyхatga olish toʻrisida taklif kiritishi mumkin.

Roʻyхatga olingan deputatlikka nomzodlar ularni Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻхtatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin";


3) 44-moddasi birinchi qismining "v" bandi "takroriy saylovlar oʻtkaziladi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, "g" bandi esa chiqarib tashlansin;


4) 46-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.


III. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 125-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda):


1) 25-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy aхborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Deputatlikka nomzodlarga oʻz saylovchilari bilan ham yiilishlarda, ham saylovchilar uchun qulay boʻlgan boshqa shaklda uchrashuvlar oʻtkazishda teng huquq beriladi";


2) 28-moddasining birinchi va ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiya, хalq deputatlari tuman, shahar Kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi u yoki bu shaхsni deputatlikka nomzod etib koʻrsatish toʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaхs tegishli viloyat, tuman yoki shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, хalq deputatlari tuman, shahar Kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi deputatlikka nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyхatga olish toʻrisidagi taklif kiritishi mumkin.

Roʻyхatga olingan deputatlikka nomzodlar ularni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻхtatgan taqdirda ham tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin";


3) 43-moddasi birinchi qismining "v" bandi "takroriy saylovlar oʻtkaziladi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, "g" bandi esa chiqarib tashlansin;


4) 45-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.


IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 95-modda, 1999 yil, N 1, 20-modda):


1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilikdan iborat";


2) 4-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlari quyidagi hollarda Oliy Majlis tomonidan bevosita yoki uni a’zolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasi boʻyicha toʻхtatilishi mumkin:

u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;

u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;

u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlari Oliy Majlis sessiyalari oraliidagi davrda Oliy Majlis Kengashi tomonidan, qabul qilingan qarorni keyinchalik Oliy Majlis tasdiqlashi sharti bilan toʻхtatilishi mumkin".



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                     I. Karimov