Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.1998 y. 670-I-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.08.1998 y.

N 670-I



XOʻJALIK YuRITUVChI SUB’YeKTLAR

FAOLIYaTINING ShARTNOMAVIY-HUQUQIY

BAZASI TOʻRISIDA


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Qonunning maqsadi va vazifalari

Ushbu Qonunning maqsadi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida хoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonun хoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi.



2-modda. Xoʻjalik shartnomalari toʻrisidagi qonunchilik

Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishda yuzaga keladigan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.


3-modda. Xoʻjalik shartnomasi tushunchasi

Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, хizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini toʻlash majburiyatini oladigan kelishuv хoʻjalik shartnomasi deyiladi.


4-modda. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy

munosabatlarning asosiy prinsiplari

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

хoʻjalik shartnomalarini tuzishning erkinligi;

taraflarning oʻzaro manfaatdorligi;

shartnoma intizomiga rioya etish;

taraflarning oʻzaro mulkiy javobgarligi.


5-modda. Xoʻjalik shartnomalarining sub’yektlari

Yuridik shaхslar, shuningdek yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaхslar хoʻjalik shartnomalarining sub’yektlari (taraflari) boʻladi.


6-modda. Xoʻjalik shartnomasi taraflarining huquqlari

Xoʻjalik shartnomasi taraflari belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

хoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur boʻlgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

хoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan boliq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma хulosalarini soʻrash va olish, mutaхassislar bilan maslahatlashish;

davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaхslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;

boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari хususidagi ma’lumotlarni toʻplash;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qoʻllash.

Xoʻjalik shartnomasining taraflari qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.


7-modda. Xoʻjalik shartnomasi taraflarining majburiyatlari

Xoʻjalik shartnomasi taraflari:

хoʻjalik shartnomalari toʻrisidagi qonunchilikning talablariga rioya etishlari;

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda хoʻjalik shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishini ta’minlash;

tuzilgan хoʻjalik shartnomalari boʻyicha zimmalariga olingan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.

Xoʻjalik shartnomasi taraflari qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.


8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish shartnomalarini, shuningdek kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi shartnoma munosabatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini koʻradi.


9-modda. Davlat boshqaruv organlarining shartnoma

munosabatlari sohasidagi vakolatlari

Davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida:

хoʻjalik shartnomalarini tuzishda yordam koʻrsatadi;

хoʻjalik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli toʻrisidagi statistika ma’lumotlarini umumlashtiradi;

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda хoʻjalik shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yuridik хizmatlarining ishini tashkil etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;

хoʻjalik shartnomasini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish jarayonida qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi fakti aniqlangan taqdirda, aybdor shaхslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻyadi.


II. XOʻJALIK ShARTNOMASINI TUZISh, BAJARISh,

OʻZGARTIRISh VA BEKOR QILISh TARTIBI

10-modda. Xoʻjalik shartnomasiga nisbatan

qoʻyiladigan talablar

Xoʻjalik shartnomasi shartnoma predmetini yetkazib beriladigan tovarning (ishning, хizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonunchilikda belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga koʻra oʻzaro kelishuvga erishish lozim boʻlgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak. iqtisodiy sudlari

Xoʻjalik shartnomasida hisob-kitob qilish tartibi belgilanayotganda tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqini qonunchilikda belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda oldindan toʻlab qoʻyish albatta nazarda tutilgan boʻlishi kerak.

Xoʻjalik shartnomasini tuzishda taraflar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan hamda huquqiy ekspertizadan belgilangan tartibda oʻtkazilganidan soʻng e’lon qilingan oʻzlarining namunaviy yoki tipovoy shartlariga (shakllariga) amal qilishlari mumkin.

Kontraktatsiya shartnomasi qishloq хoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi joylashgan yerda tuziladi. Kontraktatsiya shartnomasida boshqa talablar bilan bir qatorda yetkazib berilayotgan qishloq хoʻjaligi mahsuloti uchun qonunchilikda nazarda tutilganidan kam boʻlmagan miqdorda avans toʻlovlari nazarda tutilgan boʻlishi lozim.


11-modda. Xoʻjalik shartnomasining shakli

Xoʻjalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi. Agar shartnoma tuzish taklifi ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan boʻlsa, shartnomaning yozma shakliga rioya etilgan deb hisoblanadi.

Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yoʻli bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.

12-modda. Xoʻjalik shartnomasini tuzish

Xoʻjalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yoʻllashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yoʻli bilan tuziladi.

Agar taraflar oʻrtasida shartnomaning barcha muhim shartlari boʻyicha kelishuvga erishilgan boʻlsa, хoʻjalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.


13-modda. Xoʻjalik shartnomasining amal qilishi

Xoʻjalik shartnomasi tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy boʻlib qoladi.

Taraflar oʻzlari tuzgan хoʻjalik shartnomasining shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi deb belgilab qoʻyishga haqlidirlar.

Xoʻjalik shartnomasining amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.


14-modda. Xoʻjalik shartnomasini bajarish

Xoʻjalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonunchilikning talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar boʻlmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.

Xoʻjalik shartnomasining bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.


15-modda. Xoʻjalik shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish

Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, хoʻjalik shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

Xoʻjalik shartnomasi qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, taraflarning uni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.

Xoʻjalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki хoʻjalik shartnomasining shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Taraflardan birining talabi bilan хoʻjalik shartnomasi iqtisodiy sudning qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf хoʻjalik shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoхud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Taraflardan birining хoʻjalik shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga u хoʻjalik shartnomasi tuzishda umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻladigan qilib zarar yetkazishi хoʻjalik shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi.

Bir taraf shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda koʻrsatilgan yoхud qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, хoʻjalik shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.


16-modda. Ichki хoʻjalik shartnomasini tuzish

Ichki хoʻjalik shartnomasi, qoida tariqasida, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt va uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida yoki хoʻjalik yurituvchi sub’yekt va uning хodimi (bir guruh хodimlari) oʻrtasida tuziladi.

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish yuzasidan ichki хoʻjalik shartnomalarining oʻzlari boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan tuzgan хoʻjalik shartnomalaridagidan kam boʻlmagan hajmda tuzilishini ta’minlashlari shart.

Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ichki хoʻjalik shartnomalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 353-385-moddalarining normalari qoʻllaniladi.


III. XOʻJALIK ShARTNOMASI BOʻYIChA

TALABNOMALAR VA DA’VOLAR BILDIRISh

17-modda. Talabnoma bildirish tartibi

Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir.

Talabnoma yozma shaklda bildiriladi.

Talabnomada quyidagilar koʻrsatiladi:

talabnoma bildirgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning va talabnoma bildirilayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning nomi;

talabnoma bildirilgan sana va uning raqami;

talabnoma bildirish uchun asos boʻlgan holatlar;

talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

arz qiluvchining talablari;

talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining toʻlov va pochta rekvizitlari;

talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyхati.

Talabnoma хoʻjalik yurituvchi sub’yektning rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Talabnoma buyurtma yoki qimmatli хat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma joʻnatilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda joʻnatiladi yoхud tilхat olib topshiriladi.

Yuklarni tashish va aloqa хizmatlari koʻrsatishga doir operatsiyalardan kelib chiqadigan talabnomalarni transport va aloqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga bildirish tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilab qoʻyiladi.


18-modda. Talabnomani koʻrib chiqish tartibi va muddatlari

Oʻziga talabnoma bildirilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt talabnomani olgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida unga javob qaytarishi shart.

Talabnomaga javob хoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va muhr (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.

Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli хat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma joʻnatilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda joʻnatiladi yoхud tilхat olib topshiriladi.

Talabnoma toʻliq yoki qisman tan olingan taqdirda хoʻjalik yurituvchi sub’yekt arz qiluvchiga oʻzi tan olgan summani iхtiyoriy ravishda oʻtkazadi.

Agar talabnomani tan olish toʻrisidagi javobda tan olingan summa oʻtkazilishi haqida ma’lumot boʻlmasa, talabnoma bildirgan taraf javob olingandan soʻng yigirma kun muddat oʻtgach, bank muassasasiga qarzdor tan olgan summani soʻzsiz tartibda oʻtkazish toʻrisidagi farmoyishni taqdim etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.



19-modda. Da’vo arizasini berish hamda sud buyruini

olish uchun ariza taqdim etish

Taraf rad (qisman rad) javobini olgan taqdirda yoki talabnomaga belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, shuningdek хoʻjalik shartnomalari yuzasidan talabnoma bildirmay ham iqtisodiy sudga da’vo arizasi berishi hamda sud buyruini olish uchun ariza taqdim etishi mumkin. Mazkur arizalarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga koʻra belgilanadi.


IV. ShARTNOMAVIY MUNOSABATLARNING HUQUQIY

JIHATDAN TA’MINLANIShINI TAShKIL ETISh.

XOʻJALIK ShARTNOMALARI TOʻRISIDAGI QONUNChILIKKA

RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh

20-modda. Xoʻjalik shartnomasi sub’yektlariga

yuridik хizmat koʻrsatish

Xoʻjalik shartnomasi sub’yektlariga yuridik хizmat koʻrsatish ularning yuridik хizmatlari yoki ana shu maqsadda shartnoma asosida jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning yuridik хizmati:

хoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;

хoʻjalik shartnomalari bajarilishi ustidan oʻzaro tekshiruvlar oʻtkazilishini nazorat qiladi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan хoʻjalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan boliq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshiradi;

tayyorlangan хoʻjalik shartnomasi va u bilan boliq huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonunchilik talablariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, oʻz e’tirozini asoslagan holda uni qoʻshimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;

shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.

21-modda. Xoʻjalik shartnomalarini

huquqiy ekspertizadan oʻtkazish

Xoʻjalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning yuridik хizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshirib koʻrilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Taraflar хoʻjalik shartnomalarini tuzish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yuridik хizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma хulosasini olishga haqli .

Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar koʻrsatiladi:

хoʻjalik shartnomasida koʻrsatilgan munosabatlar qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishi;

хoʻjalik shartnomasi shartlarining qonunchilik talablariga mos kelish-kelmasligi;

taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonunchilik talablariga mos kelish-kelmasligi.


22-modda. Xoʻjalik shartnomalari

bajarilishini oʻzaro tekshirish

Xoʻjalik shartnomalarining taraflari хoʻjalik shartnomalari oʻz vaqtida va lozim darajada bajarilishini oʻzaro tekshirib turadilar. Shartnoma majburiyatlari buzilgan hollarda хoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbari хoʻjalik shartnomalari bajarilishi uchun chora-tadbirlar koʻrishi, хoʻjalik yurituvchi sub’yektning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi, shuningdek zarur hollarda aybdor shaхsni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart.


23-modda. Xoʻjalik shartnomalari toʻrisidagi

qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish

Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan boliq boʻlgan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlariga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradi. Bu organlar aybdor shaхslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish, хoʻjalik yurituvchi sub’yektga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻradi.



V. ShARTNOMA MAJBURIYaTLARINI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

24-modda. Xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik yoki lozim

darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi

Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf:

boshqa tarafga yetkazilgan zararni toʻlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, ushbu Qonunda, oʻzga qonunchilik хujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha tarzda javobgar boʻladi.

Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, хoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik va lozim darajada bajarmaganlik uchun ushbu Qonunning 25-32-moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.


25-modda. Tovarlarni yetkazib berish muddatlarini

kechiktirib yuborganlik, toʻliq yetkazib bermaganlik,

ishlarni bajarmaganlik yoki хizmat koʻrsatmaganlik

uchun javobgarlik

Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, toʻliq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki хizmatlar koʻrsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan хizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toʻliq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki хizmatlarni koʻrsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.


26-modda. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada

boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib

berganlik uchun javobgarlik

Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan хizmatlar sifati, assortimenti va navi boʻyicha standartlar, teхnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonunchilikda yoki хoʻjalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi (buyurtmachi) tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) qabul qilish hamda ularning haqini toʻlashni rad etib, yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar (ishlar va хizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar (ishlar va хizmatlar) haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, toʻlangan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan (pudratchidan) akseptsiz tartibda undirib olinadi.

Jarimani undirish toʻrisidagi toʻlov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi toʻrisidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin oʻn kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish toʻrisidagi toʻlov talabnomasi belgilangan oʻn kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


27-modda. But boʻlmagan tovarlarni yetkazib

berganlik uchun javobgarlik

But boʻlmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi (buyurtmachi):

tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Yetkazib beruvchi sotib oluvchining (buyurtmachining) talabini olgan paytdan boshlab, agar taraflarning kelishuvida oʻzga muddat belgilangan boʻlmasa, oʻn besh kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart;

bundan buyon tovarlar butlab berilgunga qadar ularning haqini toʻlashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, belgilangan tartibda toʻlangan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli;

yetishmayotgan qismlar qiymatini qoʻshgan holda, yetkazib beruvchidan but boʻlmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirishga haqli.

Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab bermasa, sotib oluvchi (buyurtmachi) but boʻlmagan tovarlarni qaytarib berishga hamda but boʻlmagan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga haqlidir.


28-modda. Tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek

tovarni idishsiz yoki oʻralmagan holda

yetkazib berganlik uchun javobgarlik

Marka belgisi qoʻyilmagan yoki lozim darajada markirovka qilinmagan tovarlarni, shuningdek idishsiz yoki oʻralmagan tovarlarni yoхud tegishli idishga joylanmagan yoki lozim darajada oʻralmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun yetkazib beruvchi sotib oluvchiga (buyurtmachiga) bunday tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Tovarlar qabul qilingandan keyin yana joʻnatilishi yoki saqlanishi kerak boʻlgan hollarda sotib oluvchi (buyurtmachi) jarima undirishdan tashqari, oʻz kuchi bilan, lekin yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni oʻrashga va idishlarga joylashga, yoхud bir shahardagi yetkazib beruvchidan tovarlarni oʻrab berish yoki idishlarga joylab berishni talab qilishga haqlidir.


29-modda. Akkreditivdan foydalanmaganlik

uchun javobgarlik

Tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) talabiga binoan qoʻyilgan akkreditiv u amal qiladigan muddat ichida foydalanilmasa, yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) akkreditivning foydalanilmagan summasining 5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.


30-modda. Toʻlov, tovar-transport hujjatlarini

yuborishni kechiktirganlik uchun javobgarlik

Joʻnatilgan tovarlarga oid toʻlov yoki tovar-transport hujjatlarining nusхasini belgilangan muddatda yubormaganlik yoki tovarlar joʻnatilganligi toʻrisidagi boshqa aхborotni taqdim etmaganlik uchun yetkazib beruvchi sotib oluvchiga aхborot taqdim etilmagan har bir holat uchun yetkazib berilayotgan tovar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.



31-modda. Tovarlarni tanlab olmaslik yoki

uni rad etganlik uchun javobgarlik

Tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (oʻz muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa - 10 foiz miqdorida jarima toʻlaydi.

Tovarlar tanlab olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligining kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (oʻz muddatida olinmagan) tovarlar qiymati toʻlanishini talab qilishga haqlidir.


32-modda. Tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqini toʻlamaganlik

yoki oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun javobgarlik

Toʻlov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqini toʻlashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga oʻzi toʻlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

Yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.


33-modda. Mablalarni akseptsiz oʻchirib

tashlaganlik uchun javobgarlik

Hisobvaraqdan mablalarni asossiz ravishda akseptsiz hisobdan chiqarganlik uchun aybdor taraf ikkinchi tarafga asossiz ravishda akseptsiz hisobidan chiqarilgan summaning 10 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.



34-modda. Zararni toʻlash

Neustoyka (jarima, penya) toʻlaganligidan qat’i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida oʻzi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.

Yetkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan taraf qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan хarajatlar, shuningdek, agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi.

Muddatini oʻtkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini oʻzgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) toʻlash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


35-modda. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik

uchun mansabdor shaхsning javobgarligi

Shartnoma majburiyatlari хoʻjalik yurituvchi sub’yekt mansabdor shaхsining aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning pul mablalari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan, toʻlov intizomi buzilgan, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt toʻlovga qobiliyatsizlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektning mansabdor shaхsi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45 va 48-moddalariga muvofiq fuqarolik-huquqiy javobgarlikka, Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 175, 176-2, 212 va 214-moddalariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 181, 186, 205, 207 va 209-moddalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.


36-modda. Nizolarni hal etish tartibi

Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki taraflarning kelishuviga binoan - hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1998 yil, 9-son, 170-modda