Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 21.10.1989 y. 3562-XI-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ni 75-1-modda bilan toʻldirish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNI

21.10.1989 y.

N 3562-XI



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSI (ASOSIY QONUNI)NI

75-1-MODDA BILAN TOʻLDIRISh TOʻRISIDA*


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) quyidagi mazmundagi 75-1-modda bilan toʻldirilsin:


"75-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻzbek tilini har tomonlama rivojlantirish toʻrisida davlat amхoʻrligini amalga oshiradi va uning davlat hamda jamoat orgailarida, madaniyat, maorif va boshqa muassasalarda qoʻllanishini ta’minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida teng huquqlilik asosida mazkur organlarning barchasida rus tilining millatlararo muomala tili sifatida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashaydigan SSSRning boshqa хalqlari tillarining erkin qoʻllanishi ta’minlanadi.

U yoki bu tillarni qoʻllashda biron bir imtiyoz yoki cheklashlarga yoʻl qoʻyilmaydi".



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Soveti Prezidiumining Raisi                                    M. Ibrohimov



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Soveti Prezidiumining Sekretari                            L. Bekqulbekova



*) Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 30 sentyabrdagi 364-XII-son Qonuniga asosan "Oʻzbekiston SSR" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan.