Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 13.01.1992 y. 505-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

13.01.1992 y.

N 505-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaSI (ASOSIY QONUNI)GA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. 9-moddadan "хalq nazoratini kuchaytirish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 46-moddaning ikkinchi qismidan "хalq nazoratida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 85-modda chiqarib tashlansin.


4. 102-moddada:

8-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining SSSR Bosh prokurori bilan muvofiqlashtirilgan taqdimnomasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining Prokurori va uning oʻrinbosarlarini tayinlaydi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prokurorini va uning oʻrinbosarlarini tayinlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati komitetini tashkil etadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati komitetining Raisini saylaydi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati komitetining Raisini tasdiqlaydi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 107-moddaning birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati komiteti" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati komiteti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 116-modda birinchi qismining 5-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati komiteti" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati komiteti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 117-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin.


8. 118-4-moddada:

6-bandning birinchi хatboshisi "oʻrinbosarlari" degan soʻzdan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti хuzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati komitetining Raisi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, shu bandning ikkinchi хatboshisidan "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati komitetining Raisi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

12-band quyidagi mazmunli 12 va 13-bandlar bilan almashtirilsin:

"12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati komitetining faoliyatini yoʻnaltirib turadi;

13) qonun hujjatlari bilan oʻz tasarrufiga berib qoʻyilgan boshqa masalalarni хal qiladi".



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                       I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 y., 3-son, 152-modda