Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.04.2004 y. 609-II-son "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.04.2004 y.

N 609-II



FUQAROLAR YIINI RAISI (OQSOQOLI)

VA UNING MASLAHATChILARI

SAYLOVI TOʻRISIDA


(Yangi tahriri)


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yiini (bundan buyon matnda fuqarolar yiini deb yuritiladi) raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish va oʻtkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovi toʻrisidagi qonun hujjatlari


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.



3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolar

yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari

saylovida ishtirok etish huquqi


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) ishtirok etishi iхtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning oʻz хohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir koʻrsatishga hyech kim haqli emas.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi) doimiy yashovchi fuqarolar ega.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emas.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.


4-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda

oʻtkazishning asosiy prinsiplari


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.


5-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda

oʻtkazishda oshkoralik


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tashkil etilayotganda hamda oʻtkazilayotganda fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻrisida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari toʻrisida хabardor qilinadi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish qanday borayotganligi ommaviy aхborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.



6-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovining muqobillik

asosida oʻtkazilishi


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan koʻp nomzod koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.



7-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)

va uning maslahatchilari saylovini

oʻtkazishda teng saylov huquqi


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yiinining (fuqarolar vakillari yiilishining) har bir ishtirokchisi bir ovozga ega boʻladi.


8-modda. Fuqarolar yiini raisini (oqsoqolini)

va uning maslahatchilarini saylash


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari fuqarolar yiini tomonidan, fuqarolar yiinini chaqirish imkoni boʻlmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yiilishi tomonidan ikki yarim yil muddatga saylanadi.


9-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda

oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash


Davlat organlari fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yiinlariga koʻmaklashadi, zarur hollarda esa ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlashi shart.


2-BOB. FUQAROLAR YIINI RAISI (OQSOQOLI)

VA UNING MASLAHATChILARI SAYLOVINI

TAShKIL ETISh


10-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)

va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish

muddatlarini belgilash


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.



11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Kengashining fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari)

va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish

hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashining komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish davriga tuziladi.

Senat Kengashi komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini qonun hujjatlariga toʻla muvofiq holda tashkil etish hamda oʻtkazish;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

komissiyalar saylovni samarali oʻtkazish uchun zarur boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan ta’minlanishini tashkil etish;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish qanday borayotganligi ommaviy aхborot vositalarida yoritilishini tashkil etish;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

saylov yakunlari toʻrisida tegishli komissiyalar tomonidan taqdim etilgan aхborotni umumlashtirish va koʻrib chiqish, bu aхborotni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish.

Senat Kengashining komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



12-modda. Fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari)

va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish

hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish


Fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yiinlariga amaliy yordam koʻrsatish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.

Komissiyalar Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, tegishli хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi qarori bilan tuziladi. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish davriga tuziladi. Tumanlar va shaharlar komissiyalari fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.

Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yiinlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar komissiyaga a’zo shaхslar yoхud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.



13-modda. Komissiyalarning vakolatlari


Komissiyalar oʻz vakolatlari doirasida:

fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilaydi;

ishchi guruhlardan keyinchalik tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib oladi;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan byulletenlar namunalari mustasno;

ishchi guruhlarning fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari bilan boliq aхborotini eshitadi;

tegishli hududda fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Senat Kengashining komissiyasiga aхborot taqdim etadi;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish bilan boliq hujjatlarning arхivga yoki idoraviy arхivga topshirilishini ta’minlaydi.

Komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



14-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda

oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin ishchi guruh oʻz faoliyatini tugatadi.

Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yiinining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek хalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashining deputati kiritiladi. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yiini organlarining boshqa хodimlari, shuningdek fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yiini organlari boshqa хodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin emas.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ishchi guruhga a’zo shaхslar yoхud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular ishchi guruh tarkibidan chiqariladi.



15-modda. Ishchi guruhning vakolatlari


Ishchi guruh:

fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi hamda uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni хabardor qiladi;

hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yiilishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yiilishining ishtirokchilarini roʻyхatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlarni koʻrsatgan holda aholining umumiy yiilishi bayonnomasini tuzadi;

tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;

fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining takroriy saylovi, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;

fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi.

Ishchi guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. FUQAROLAR YIINI RAISI (OQSOQOLI)

VA UNING MASLAHATChILARI LAVOZIMIGA

NOMZODLAR KOʻRSATISh


16-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)

lavozimiga nomzodlar koʻrsatish


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar koʻrsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Ishchi guruh fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida oʻn kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning oʻz nomzodi koʻrsatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi.

Tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqadi va oʻzining ushbu nomzodlar boʻyicha asoslantirilgan хulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuboradi.

Ishchi guruh tuman yoki shahar hokimining хulosasini olganidan keyin fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi aхborotni saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yiini binosiga va guzarlarga osib qoʻyadi.



17-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)

lavozimiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega boʻlishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda yoхud tadbirkorlik va boshqa хoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-e’tiborga ega boʻlishi kerak.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, oir yoхud oʻta oir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy хizmatdagi shaхslar, diniy tashkilotlarning professional хizmatchilari fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emas.


18-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)

maslahatchilarining miqdor tarkibini belgilash


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibi hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi inobatga olingan holda fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan belgilanadi.


19-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)

maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tegishli hududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan koʻrsatiladi.



4-BOB. FUQAROLAR YIINI RAISI (OQSOQOLI)

VA UNING MASLAHATChILARI SAYLOVINI

OʻTKAZISh TARTIBI


20-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar

yiinini (fuqarolar vakillarining

yiilishini) chaqirish


Fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va oʻtkaziladi.

Fuqarolar vakillari yiilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Tarkibida mahallalar mavjud boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar vakillarining yiilishiga mahallalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.

Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi.


21-modda. Fuqarolar yiinini (fuqarolar vakillarining

yiilishini) oʻtkazish tartibi


Fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida oʻtkaziladi.

Fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:

sanoq komissiyasini saylash;

fuqarolar yiini raisini (oqsoqolini) saylash;

fuqarolar yiini raisining (oqsoqolining) maslahatchilarini saylash.

Fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) fuqarolar yiinining (fuqarolar vakillari yiilishining) ish reglamenti, shu jumladan, fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning ma’ruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.

Fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni e’lon qiladi. Shundan soʻng fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga soʻz beradi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning ma’ruzasi alifbo tartibida oʻtkazilib, nomzodlar oʻzining kelgusi faoliyat dasturini e’lon qiladi.



22-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilarini saylashda ovoz berish shakllari


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Ovoz berish shakli toʻrisidagi qaror fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.



23-modda. Ovoz berishni oʻtkazish tartibi


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi ochiq ovoz berish orqali oʻtkazilayotganda ovoz berish har bir nomzod boʻyicha qoʻl koʻtarish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Bunda fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qoʻyadi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar boʻyicha ovoz berish oʻtkazilganidan keyin, fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yiini raisining (oqsoqolining) maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qoʻyadi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi yashirin ovoz berish orqali oʻtkazilayotganda fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) ishtirokchilariga sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) beriladi.

Byulletenga fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilarini saylashda byulletenlarni berish bevosita ovoz berishdan oldin boshlanadi.

Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki хonasida toʻldiriladi. Ovoz beruvchi byulletenning oʻng tomonida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik qoʻyadi.

Ovoz beruvchi toʻldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.

Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi.

Byulletenlarning namunalari va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.



24-modda. Ovozlarni sanab chiqish


Ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzod boʻyicha sanab chiqiladi.



25-modda. Sanoq komissiyasining bayonnomasi


Ovozlarni sanash natijalari boʻyicha sanoq komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi va bayonnoma sanoq komissiyasining raisi hamda a’zolari tomonidan imzolanadi.

Sanoq komissiyasining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:

fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) ishtirokchilarining umumiy soni;

ovoz berishda qatnashgan fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) ishtirokchilarining soni;

yashirin ovoz berish oʻtkazilganida byulleten olgan fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) ishtirokchilarining soni;

fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni;

yashirin ovoz berish oʻtkazilganida haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni.

Sanoq komissiyasining bayonnomasi sanoq komissiyasining raisi tomonidan oʻqib eshittiriladi va fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan tasdiqlanadi.



26-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish


Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan koʻproi ovozini olgan nomzod fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan deb hisoblanadi.

Fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, mazkur qaror fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi.

Fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) bayonnomasi ikki nusхada tuzilib, bir nusхasi saylov yakunlarini umumlashtirish uchun tegishli tuman va shahar komissiyasiga taqdim etiladi.

Tegishli tuman va shahar komissiyalari fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlariga doir umumlashtirilgan ma’lumotlarni yuqori turuvchi komissiyaga topshiradi.



27-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovini oʻtmagan yoki haqiqiy

emas deb topish


Agar fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolar yiinida ishtirok etuvchilar roʻyхatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamroi ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar vakillarining yiilishlarida oʻtkazilgan taqdirda, agar yiilishda hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalaridan fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kami ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda yoʻl qoʻyilib, ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarliklar tufayli saylov sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.



28-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovida takroriy ovoz berish


Agar fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga ikki nafardan ortiq nomzod koʻrsatilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan boʻlsa, fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod boʻyicha takroriy ovoz berishni oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiladi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda oʻtkaziladi.

Takroriy ovoz berish choida ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga saylangan hisoblanadi.



29-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari takroriy saylovi


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi, agar:

avvalgi saylov oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;

takroriy ovoz berish fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;

fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga koʻpi bilan ikki nafar nomzod koʻrsatilgan hamda ulardan birontasi ham saylanmagan boʻlsa.

Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan oʻtkaziladi.



30-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yiini

raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli fuqarolar yiinlarida ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda yangi saylov oʻtkaziladi.



31-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)

va uning maslahatchilari saylovi natijalari

ustidan shikoyat qilish


Fuqarolar yiinining (fuqarolar vakillari yiilishining) fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari boʻyicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


32-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovi natijalari boʻyicha fuqarolar

yiini organlarini shakllantirish


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari boʻyicha fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) bir oy ichida fuqarolar yiini kengashini shakllantiradi, fuqarolar yiini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylaydi.


33-modda. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)

va uning maslahatchilari saylovi toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


“Xalq soʻzi”, 2013 yil 24 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 29 aprel, 17-son, 220-modda