Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.12.2007 y. OʻRQ-119-son "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 07.11.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.11.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.12.2007 y.

N OʻRQ-119



"FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYa

TA’MINOTI TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 7 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 30 noyabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 112-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi "yetti hissa" degan soʻzlar "sakkiz hissa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 31-moddaning beshinchi qismidagi "yetti hissasidan" degan soʻzlar "sakkiz hissasidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2007 yil 8 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 50-51-son, 498-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2007 yil, 12-son, 590-modda