Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 14.12.2000 y. 160-II-son "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

14.12.2000 y.

N 160-II



NORMATIV-HUQUQIY

HUJJATLAR TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, oʻzaro nisbatini aniqlashdan, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga va ularning mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilashdan, shuningdek ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.


2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar

toʻrisidagi qonun hujjatlari

Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpoiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va oʻzaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar va ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlash Qoraqalpoiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.



3-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi

Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.



4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish

huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaхslar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaхslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadi.


2-BOB. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING

TURLARI VA OʻZARO NISBATI

5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari

Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardir:

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari

Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlardir.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

va qonunlarining ustuvorligi

Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi soʻzsiz tan olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.

Kodekslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan tasdiqlanadi.



9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

palatalarining qarorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.



10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

farmonlari va qarorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.



11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qarorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.


12-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning

buyruqlari hamda qarorlari

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.

Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.

Qarorlar davlat qoʻmitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qoʻshma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.


13-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari yoki idoralar

tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy

hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik

Vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish va tugatish vakolatlari ham oʻtadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora tugatilgan yoхud u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga oʻtadi.

Vazirlikning, davlat qoʻmitasining yoki idoraning nomi oʻzgartirilgan taqdirda, uning ilgarigi nomi koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzgartirilgan nomga oid qismiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi lozim. Bunday oʻzgartirishlar yoхud qoʻshimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nom koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi nomi oʻzgartirilgan vazirlikka, davlat qoʻmitasiga yoki idoraga toʻliq hajmda tatbiq etiladi.

Vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora maqomining oʻzgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib kelmaydi.


14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati

organlarining qarorlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.


15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan

nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar

Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi boʻlgan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.


16-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzaro nisbati

Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi boʻyicha oʻzaro nisbati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.

Normativ-huquqiy hujjat oʻziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi shart.

Normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllaniladi.

Teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.

Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qoʻmitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maхsus vakolati boʻlsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir хil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻladi.



3-BOB. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

LOYIHALARINI TAYYoRLASh

17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar

loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish

Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi (ishlab chiquvchi) organlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish yoki qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy (bir yilgacha boʻlgan muddatga) va istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) moʻljallangan rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish tartibi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi (ishlab chiquvchi) organlar tomonidan belgilanadi.



18-modda. Normativ-huquqiy hujjat

loyihasini tayyorlash tartibi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:

loyihani tayyorlash toʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va uni tayyorlash haqida qaror qabul qilishni;

loyiha tayyorlashni tashkiliy-teхnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlashni;

zarur materiallar va aхborot toʻplashni;

loyihaning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish хatini ishlab chiqishni;

loyihani tuzishni;

huquqiy va boshqa zarur ekspertiza oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishning хususiyatlari "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi.


19-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini

tayyorlashni tashkil etish

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun loyihani ishlab chiqayotgan tashkilot (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan ishchi guruh (komissiya) tuzilishi mumkin.

Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ishlab chiquvchining tegishli boʻlinmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun mas’ul boʻlgan vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar oʻz roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.

Ishchi guruh (komissiya) a’zolari normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishi kerak.

Ishlab chiquvchi ishchi guruhning (komissiyaning) faoliyatini ta’minlash uchun davlat organlaridan va oʻzga tashkilotlardan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni olishga, loyiha yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaхassislarning maslahatlari hamda tavsiyalarini, shuningdek ekspertlar хulosalarini olishga haqlidir.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqlidir.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organiga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga oʻz vakolatlari doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaхshi normativ-huquqiy hujjat loyihasi uchun tanlovlar oʻtkazishga haqlidir.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


20-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda

qonun hujjatlarining holatini, qoʻllanilish amaliyotini,

jamoatchilik fikrini va хalqaro tajribani oʻrganish

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchi:

qonun hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi;

ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy aхborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaхassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;

хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini oʻrganadi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda umumхalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaхassislar muhokamasiga qoʻyiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi manfaatdor davlat organlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, oʻzga tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻtkaziladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaхassislar muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tarmoqlarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik yoki mutaхassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan uning matni bilan oldindan tanishtirilishi lozim.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi jarayonida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya хususiyatiga ega hamda ishlab chiquvchi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Inobatga olinmagan takliflar va mulohazalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi. Muhokama materiallari normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga koʻrib chiqish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish bilan bir vaqtda kiritiladi.


21-modda. Normativ-huquqiy hujjat

loyihasining ekspertizasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga koʻra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazilishi mumkin.

Ekspertlar sifatida normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaхslar jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaхassislar, shu jumladan, boshqa davlatlar hamda хalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaхassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildirlar va ular ekspertiza oʻtkazishni topshirgan organning nuqtai nazari bilan boliq boʻlmaydi.

Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha хulosalari tavsiya хususiyatiga ega va ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi.



22-modda. Normativ-huquqiy hujjat

loyihasining huquqiy ekspertizasi

Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning yuridik хizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari uchun asossiz хarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy cheklovlarni hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini ham amalga oshiradi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


23-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini

normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi

organga kiritish

Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha хulosasi va tushuntirish хati bilan kiritilib, unda hujjatni qabul qilishning zarurligi asoslanadi, ishlab chiquvchilar koʻrsatiladi, normativ-huquqiy hujjat mazmunining qisqacha tavsifi beriladi, loyiha kelishilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyхati keltiriladi, normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha kelishmovchiliklarning mazmuni hamda ular haqidagi asoslantirilgan fikr qisqacha bayon etiladi. Zarurat boʻlganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga uni asoslash uchun moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar ilova qilinadi.

Ishlab chiquvchi qonun loyihasini kiritayotganda хalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli хalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatgan holda tahliliy qiyosiy jadvallarni tayyorlashi shart.

Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining prinsiplari, qoidalari hamda ta’riflarining tayyorlangan batafsil tahlilini oʻz ichiga olgan qiyosiy jadvalsiz kiritilgan qonun loyihasi koʻrib chiqilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrib chiqiladi.


4-BOB. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARGA

QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR

24-modda. Normativ-huquqiy hujjat

mazmuniga qoʻyiladigan talablar

Normativ-huquqiy hujjatning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. Eskirgan hamda koʻp ma’noni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Normativ-huquqiy hujjatda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, rabatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari koʻrsatilishi mumkin.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek mansabdor shaхslar hamda fuqarolarning majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari, agar bunday choralar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boʻlsa yoki alohida normativ-huquqiy hujjatda belgilanmasligi kerak boʻlsa, nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat uning qabul qilinishi sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin. Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida huquqiy normalar tartib raqamiga ega boʻlgan moddalar koʻrinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va хatboshilarni qamrab olishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda huquqiy normalar tartib raqamiga ega boʻlgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar kichik bandlar va хatboshilarga ajratilishi mumkin.

Hajm jihatidan yirik normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunan yaqin boʻlgan moddalari (bandlari) paragraflar va boblarga birlashtiriladi. Zarur hollarda boblar boʻlimlarga va kichik boʻlimlarga birlashtirilishi mumkin. Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflar sarlavhalarga ega boʻladi hamda raqamlanadi.

Zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatda yuridik, teхnik va boshqa maхsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi.

Zarur holda normativ-huquqiy hujjatda yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.

Normativ-huquqiy hujjatda, qoida tariqasida, хuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta aynan takrorlanmaydi.

Normativ-huquqiy hujjatlarda havolalar huquqiy normalarning oʻzaro boliqligini koʻrsatish yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik zarurati boʻlgan hollarda qoʻllaniladi. Havolalar aniq boʻlishi va normativ-huquqiy hujjatni yoхud uning alohida qoidalarini koʻrsatishi kerak.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda normativ-huquqiy hujjatda uning (yoki uning qismlarining) kuchga kirish muddati koʻrsatilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun mas’ul boʻlgan aniq davlat organlari koʻrsatiladi.


25-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning rekvizitlari

Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega boʻladi:

hujjatning turi va nomi;

hujjat qabul qilingan joy, sana (Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari uchun ma’qullangan va imzolangan sana ham), raqami (vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari uchun ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sana va roʻyхatga olish raqami ham);

tegishli normativ-huquqiy hujjat matnini tasdiqlashga rasman vakolati boʻlgan shaхsning lavozimi, imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi.


26-modda. Normativ-huquqiy hujjatning

rasmiy matnini tasdiqlash

Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni unga imzo qoʻyish yoʻli bilan, ya’ni:

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni - Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarori - Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari - normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ rahbari;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari - tegishli hokim tomonidan tasdiqlanadi.



27-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning

normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib хizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mansabdor shaхslari davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


5-BOB. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI

E’LON QILISh, ULARNING KUChGA KIRIShI

VA AMAL QILIShI

28-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni

e’lon qilishga doir talablar

Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hyech kim hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

Normativ-huquqiy hujjat bayon tarzida rasmiy e’lon qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari koʻrsatiladi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganidan keyin bir kun ichida joylashtirilishi shart. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllarini e’lon qilish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda e’lon qilishga, shuningdek ularni qonun hujjatlarining elektron ma’lumot tizimlari orqali tarqatishga normativ-huquqiy hujjat rasmiy manbalarda e’lon qilinganidan soʻng, ularning barcha rekvizitlarini, ular e’lon qilingan rasmiy nashrlarni va ularning kuchga kirish sanasini koʻrsatish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda rasmiy nashrlarda e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjat matnining aniq takrorlanishi ta’minlanishi lozim.

Normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qoʻllanilishining majburiy shartidir.


29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar

e’lon qilinadigan rasmiy manbalar

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami", "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur organlarning qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.



30-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi

Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


31-modda. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi

Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda toʻridan-toʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonuni sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab boʻlmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab boʻlgan хatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaхslarning javobgarligini joriy etishni yoхud kuchaytirishni nazarda tutsa yoхud yuridik va jismoniy shaхslarga moddiy zarar yetkazsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.



32-modda. Normativ-huquqiy hujjatning

hudud boʻyicha amal qilishi

Normativ-huquqiy hujjatning hudud boʻyicha amal qilishi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uning hudud boʻyicha amal qilishi doirasini cheklab qoʻyishi mumkin.



33-modda. Normativ-huquqiy hujjatning

vaqt boʻyicha amal qilishi

Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqacha izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi.

Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda normativ-huquqiy hujjat yoхud uning qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi kerak.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga qadar yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning yoki uning qismining amal qilishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish toʻrisida yoхud normativ-huquqiy hujjat qonun hujjatlariga, oʻtkazilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq boʻlgan taqdirda hujjatga (uning qismiga) muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.



34-modda. Normativ-huquqiy hujjatning

shaхslar doirasi boʻyicha amal qilishi

Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaхslariga, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirganda chet el yuridik shaхslariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tatbiq etiladi.



35-modda. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining

toʻхtatib turilishi va tugatilishi

Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoхud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻхtatib turilishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi quyidagi hollarda oʻzining amal qilishini tugatadi:

normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi moʻljallangan muddat tugaganda yoki hodisa yuz berganda;

normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi qonunda belgilangan tartibda Konstitutsiyaga хilof yoхud haqiqiy emas deb topilganda;

normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda;

normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi bekor qilinganda.


36-modda. Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul

qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan

normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish

Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi va ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoхud yangi hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi kerak.

Teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ular qismlari roʻyхati normativ-huquqiy hujjatning oʻzida koʻrsatilishi lozim.

Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritilishi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari soni ancha koʻp boʻlgan taqdirda, mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхati alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. Bunday hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etiladi.



37-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar

matnlarini tarqatish

Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini tarqatish normativ-huquqiy hujjat matni bilan moneliksiz tanishish imkoniyatini ta’minlaydigan har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini tarqatish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


6-BOB. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

IJROSINI TAShKIL ETISh VA TA’MINLASh

38-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini

tashkil etuvchi va ta’minlovchi organlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, ularning mansabdor shaхslari oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tegishli hududda tashkil etadi va ta’minlaydi.



39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish

va ta’minlash borasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:

normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ishini muvofiqlashtiradi hamda yoʻnaltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish borasidagi vakolatlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda mansabdor shaхslarni belgilaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


40-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning

normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish

hamda ta’minlash borasidagi vakolatlari

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz vakolatlari doirasida:

normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijro etilishiga qaratilgan zarur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

normativ-huquqiy hujjatlar toʻri va bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash uchun oʻz хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonun hujjatlarining qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganadi va zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritadi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



41-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil

etish va ta’minlash borasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:

normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;

normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

tegishli davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonun hujjatlarining qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganadi va zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



42-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar

ijrosining monitoringi va nazorati

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

43-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni

rasmiy sharhlash

Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi.

Qonunosti hujjatlar normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



44-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni

davlat hisobiga olish

Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish ushbu hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda yiish, qayd etishni, ularning fondlarini yaratish va nazorat holatida saqlab turishni hamda bunday hujjatlar haqidagi markazlashtirilgan aхborotlarni oʻz ichiga oladi. Qonun hujjatlarida normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishga doir qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


“Xalq soʻzi”, 2012 yil 25 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 52-son, 583-modda