Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 05.05.1994 y. 1056-XII-son "Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

05.05.1994 y.

N 1056-XII



QIMMATLI QOOZLAR BILAN AMALGA

OShIRILADIGAN OPERATsIYaLARDAN

OLINADIGAN SOLIQ TOʻRISIDA


1-modda. Qimmatli qoozlar bilan amalga oshiriladigan

operatsiyalar va soliq toʻlovchilar


Soliq toʻlovchining shartnoma tuzish va emissiya ma’lumotnomasini roʻyхatdan oʻtkazish vositasida qimmatli qoozlarga nisbatan mulkiy huquqlarni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlari yoki niyatlari qimmatli qoozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar deb e’tirof etiladi.

Ushbu operatsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaхslar qimmatli qoozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun soliq toʻlovchilar hisoblanadilar.



2-modda. Soliq solish ob’yektlari


Shartnomaning bahosi va emissiya ma’lumotnomasini roʻyхatdan oʻtkazish ushbu Qonunga muvofiq soliq solish ob’yektlari hisoblanadi.



3-modda. Soliq stavkalari


Qimmatli qoozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq quyidagi stavkalar boʻyicha undiriladi:

emitentdan qimmatli qoozlar emissiya (chiqarish) ma’lumotnomasini roʻyхatdan oʻtkazishda emissiya nominal qiymatining 0,5 foizi miqdorida. Emissiya ma’lumotnomasini roʻyхatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda toʻlangan soliq qaytarib berilmaydi;

davlat qimmatli qoozlarini sotib oluvchilardan bitim summasining 0,1 foizi miqdorida;

bitim qatnashchilarining har biridan qimmatli qoozlar oldi-sotdisi yuzasidan shartnoma tuzishda bitim summasining 0,3 foizi miqdorida.



4-modda. Soliq imtiyozlari


Qimmatli qoozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliqni toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadilar:

aksiyadorlik jamiyati tomonidan ilk bor chiqarilgan aksiyalarni bu jamiyat davlat roʻyхatiga olingan paytdan e’tiboran sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaхslar;

mijozning hisobidan va uning topshiriiga binoan qimmatli qoozlar bilan belgilangan tartibda vositachilik operatsiyalarini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar;

Samarqand, Buхoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shuullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaхslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyхatidan oʻtgan paytidan e’tiboran uzoi bilan uch yil muddatga.


5-modda. Soliq summasini belgilash


Soliq toʻlovchilar soliq summasini mustaqil ravishda, bitimlarning haqiqiy summasiga va tegishli soliq stavkasiga qarab hisoblab chiqaradilar.

"Qimmatli qoozlar bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalardan olinadigan soliq mazkur operatsiya oʻtkazilgan kunda valyutaning rasmiy belgilangan kursiga qarab Oʻzbekiston Respublikasining pul birligida hisoblab chiqariladi.



6-modda. Soliq toʻlash tartibi va muddatlari


Qimmatli qoozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq mazkur operatsiyalar roʻyхatga olinayotgan choda soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadi va uch kunlik muddat ichida quyidagilar tomonidan respublika byudjetiga oʻtkaziladi:

birja bozorida bitimlar tuzishda fond birjalari hamda tovar birjalari va boshqa birjalarning fond boʻlimlari tomonidan;

emitentlar, qimmatli qoozlar bilan birjadan tashqari amalga oshiriladigan operatsiyalarni roʻyхatga oluvchi va rasmiylashtiruvchi bank muassasalari va boshqa muassasalar, shu jumladan, vositachi muassasalar tomonidan.

Qimmatli qoozlar dastlabki emissiyasi amalga oshirilganda har bir tuzilgan bitim yuzasidan olinadigan haq tarzidagi soliq qimmatli qoozlarni sotib oluvchilardangina undiriladi.

Davlat qimmatli qoozlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq sotib oluvchilardangina har bir bitimdan undiriladi.



7-modda. Soliq toʻlovchining javobgarligi


Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashdagi хatoliklar uchun soliq toʻlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.



8-modda. Soliq toʻlanishini nazorat qilish


Soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni soliq organlari amalga oshiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., 5-son, 132-modda