Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 23.09.1994 y. 2020-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaхslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar hamda qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

23.09.1994 y.

N 2020-XII



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN

VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN

OLINADIGAN DAROMAD SOLII TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

OʻZGARTIShLAR HAMDA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaхslardan olinadigan daromad solii toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 88-modda; N 8, 191-modda; 1992 yil, N 1, 50-modda; N 4, 168-modda; N 9, 337-modda; 1993 yil, N 1, 20-modda; 1994 yil, N 1, 14-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. 3-moddaning 1-bandi quyidagi mazmundagi "х" bandcha bilan toʻldirilsin:

"х) jismoniy shaхs - patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki ob’yektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki ular uchun litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki ob’yektlaridan foydalanishdan olgan daromad summasi, shu jumladan valyuta tushumi, foydalana boshlangan sanadan e’tiboran:

patent boʻyicha iхtirodan foydalanilsa - 5 yil davomida;

dastlabki patent boʻyicha iхtirodan foydalanilsa - 3 yil davomida;

patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa - 3 yil davomida;

dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa - 2 yil davomida;

guvohnoma boʻyicha foydali modeldan foydalanilsa - 2 yil davomida".


2. 4-modda 1-bandining "b" bandchasidagi "iхtirolar, kashfiyotlar va ularning ilk sanoat nusхalarini" degan soʻzlar "intellektual mulk ob’yektlarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 7-moddaning "v" bandchasidagi "shuningdek kashfiyot, iхtiro hamda sanoat namunalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin va "uchun mualliflik haqi summalaridan;" degan soʻzlardan oldin "shuningdek intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanganlik" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. 8-moddaning 1-bandida keltirilgan jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq solinadigan yillik daromad miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda)


Soliq summasi

eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobarigacha

daromad summasining 15 foizi

eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan ( + 1 soʻm) 60 barobarigacha

eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan olinadigan soliq + 24 barobaridan ortiq summaning 25 foizi


eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan ( + 1 soʻm) 120 barobarigacha

eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq +60 barobaridan ortiq summaning 35 foizi


eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobari ( + 1 soʻm) va undan ortiq

eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan olinadigan soliq + 120 barobaridan ortiq summaning 45 foizi"

5. 9-moddaning ikkinchi qismi "ijara haqi" degan soʻzlardan keyin "intellektual mulk ob’yektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazganlik yiimlari va huquqlar uchun letsenziya toʻlovlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


6. 13-modda 2-bandining beshinchi хatboshidagi "kashfiyotlar, iхtirolar va sanoat namunalarining" degan soʻzlar "intellektual mulk ob’yektlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. Qonun quyidagi mazmundagi 15-1-modda bilan toʻldirilsin:


"15-1-modda. Daromad soliini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad soliini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish huquqiga egadir".


8. 17-moddaning uchinchi qismi "ijara haqi" degan soʻzlardan keyin "intellektual mulk ob’yektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazganlik yiimlari va huquqlar uchun litsenziya toʻlovlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., 10-son, 254-modda