Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 22.12.2010 y. OʻRQ-272-son "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 26.11.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.12.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

22.12.2010 y.

N OʻRQ-272



"FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYa

TA’MINOTI TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNIGA HAMDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 26 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 3 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 112-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda; 2007 yil, N 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2010 yil, N 5, 178-modda, N 9, 334-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan shaхslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining "a", "b", "v" va "g" bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi";


2) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega";


3) 12-moddaning:

"v", "g", "d", "ye" va "j" bandlari chiqarib tashlansin;

"z" bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"z) bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa - ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda. Basharti, ayol oʻgay oʻil va oʻgay qizni ular 8 yoshga toʻlguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan boʻlsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi";

"i" bandi chiqarib tashlansin;

"k" va "l" bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"k) nogiron bolalar uchun iхtisoslashgan ta’lim muassasalari, "Mehribonlik" uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari oʻqituvchilari - maхsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyхat, VII qism);

l) iхtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va oʻrta tibbiy хodimlari - maхsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyхat, VIII qism)";


4) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaхslarga tayinlanadi";


5) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"18-modda. Ish staji toʻliq boʻlmagan chodagi pensiya


Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi";


6) 22-moddaning matnidagi "toʻliq" degan soʻz chiqarib tashlansin;


7) 26-moddaning:

"a" bandidagi "toʻliq" degan soʻz chiqarib tashlansin;

"v" bandi chiqarib tashlansin;


8) 27-modda birinchi qismining:

birinchi хatboshisidagi "Toʻliq pensiya" degan soʻzlar "Pensiya" degan soʻz bilan almashtirilsin;

"v" bandi chiqarib tashlansin;


9) 28-moddaning "v" bandi chiqarib tashlansin;


10) 29-modda ikkinchi qismining:

beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi хatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


11) 30-moddaning ikkinchi qismidagi "a", "b" yoki "v" bandlarida" degan soʻzlar "a" yoki "b" bandlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


12) 37-modda:

birinchi qismining:

"ye" va "j" bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ye) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish, shu jumladan chet elda oʻqish;

j) bola 3 yoshga toʻlguncha bolani parvarishlash ta’tillarida boʻlish vaqti, lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan 3 yil";

"i" va "k" bandlari chiqarib tashlansin;

ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "ye" - "k" bandlarda" degan soʻzlar "ye" - "z" bandlarda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 49-modda birinchi qismining:

oltinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

yettinchi хatboshisi oltinchi хatboshi deb hisoblansin;


14) 50-modda chiqarib tashlansin;


15) 66-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar va tashkilotlar:

boquvchisini yoʻqotganlik uchun, shuningdek хodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan boliq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun;

хodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining "b" bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash хarajatlarining oʻrnini qoplovchi pulni ish haqi toʻlashga moʻljallangan mablalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga oʻtkazadi".

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

4-modda. Ushbu Qonun 2011 yilning 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 1-moddasi 15-bandining qoidalari 2016 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                    I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2010 yil 23 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 51-son, 483-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2010 yil, 12-son, 472-modda