Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 24.12.2009 y. OʻRQ-239-son "Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga va "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.08.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

24.12.2009 y.

N OʻRQ-239



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MEHNAT KODEKSIGA VA "BOLA HUQUQLARINING

KAFOLATLARI TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 12 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 4 dekabrda ma’qullangan


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan "Bola huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi OʻRQ-139-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 1, 1-modda) 20-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

uchinchi qism chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini ularning soliiga hamda ma’naviy va aхloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun - ular oʻn besh yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi".


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 25 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 52-son, 554-modda.