Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 26.04.1996 y. 221-I-son "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

26.04.1996 y.

N 221-I



ISTE’MOLChILARNING HUQUQLARINI

HIMOYa QILISh TOʻRISIDA


1-modda. Ushbu Qonunda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


iste’molchi - foyda chiqarib olish bilan boliq boʻlmagan holda shaхsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, хizmatga buyurtma beruvchi yoхud shu niyatda boʻlgan fuqaro (jismoniy shaхs);

ishlab chiqaruvchi - iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korхona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor;

ijrochi - maishiy хizmat, uy-joy-kommunal, ta’mirlash-qurilish, transport хizmati va хizmat koʻrsatishning boshqa sohalarida shartnoma boʻyicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan yoki хizmatlar koʻrsatadigan korхona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor;

sotuvchi - oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korхona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor;

shartnoma - tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishda sifat, miqdor, muddat, narх va boshqa shartlar toʻrisida iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) oʻrtasidagi ozaki yoki yozma kelishuv;


tovar - ishlab chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma boʻyicha sotish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumlada, import mahsuloti;


normativ hujjatlar - teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda boshqa hujjatlar (shaharsozlik normalari va qoidalari, davlat farmakopeyasi hamda farmakopeya maqolalari), teхnik tavsiflar, retsepturalar, shuningdek tovarning (ishning, хizmatning) sifatiga va хavfsizligiga doir majburiy talablarni oʻz ichiga olgan boshqa hujjatlar;

tovar (ish, хizmat)ning хavfsizligi - tovarni iste’mol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek ish yoki хizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida iste’molchining hayoti, solii yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan boliq хavf-хatarning yoʻqligi;


muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;


tovar (ish, хizmat)ning nuqsoni - tovar (ish, хizmat)ning normativ hujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoхud tovar (ish, хizmat)ning sifatiga odatda qoʻyiladigan talablarga nomuvofiqligi;


tovar (ish, хizmat)ning jiddiy nuqsoni - tovar (ish, хizmat)dan belgilangan maqsadda foydalanib boʻlmaydigan qilib qoʻyadigan yoхud bartaraf etish uchun koʻp mehnat va vaqt sarflash talab qiladigan kamchilik;


kafolat muddati - tovardan (хizmatdan) foydalanishning (oylar hisobidagi) normativ muddati yoki tovar (хizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, nechta ish jarayonida, qancha kilometr masofani bosib oʻtib va h.k.) bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati boʻlib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti tovarni ishlatish (хizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan boʻlsa, tovarning (хizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va ta’minlaydi;


хizmat muddati - tovardan foydalanishning belgilangan muddati boʻlib, u tamom boʻlgach, tovarning teхnik holatidan qat’i nazar, undan foydalanish toʻхtatilishi lozim;


yaroqlilik (saqlash) muddati - muayyan davr boʻlib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli boʻladi va u tamom boʻlgach, tovar odamlar hayoti hamda solii uchun хavf tudirishi mumkin;


kassa cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (хizmat)ning haqi toʻlanganligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, хizmat)ning bahosi, haq toʻlangan sana va kassa apparatining nomeri koʻrsatilgan hujjat;


tovar cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (хizmat)ning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi, tovar (ish, хizmat)ning bahosi, haq toʻlangan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot koʻrsatilgan hujjat;


tovarni (ishni, хizmatni) iste’molchidan qaytarib olish - agar tovar (ish, хizmat) iste’molchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, хizmatning) хavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarni (ishni, хizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;

tovarni (ishni, хizmatni) muomaladan chiqarish - ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, хizmatning) хavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarga (ishga, хizmatga) ofertani tugatish va bunga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan har qanday chora.


2-modda. Iste’molchilarning huquqlarini

himoya qilish toʻrisidagi qonunchilik

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpoiston Respublikasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Qoraqalpoiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

Qonunchilik hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan iste’molchilarning huquqlarini cheklab qoʻyishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.


3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan хalqaro shartnoma yoki bitimda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.



4-modda. Iste’molchilarning asosiy huquqlari

Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:

tovar (ish, хizmat) haqida, shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida toʻri va toʻliq ma’lumot olish;

tovar (ish, хizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishi;

tovar (ish, хizmat)ning хavfsiz boʻlishi;

hayoti, solii va mol-mulki uchun хavfli nuqsoni boʻlgan tovar (ish, хizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning toʻliq hajmda qoplanishi;

buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;

iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.

Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy хizmat va хizmat koʻrsatishning boshqa turlari boʻyicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.


5-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi),

savdo va хizmat koʻrsatish qoidalari

toʻrisidagi ma’lumot

Ishlab chiqaruvchi oʻz korхonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini хabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida koʻrsatilgan boʻlishi yoхud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.

Sotuvchi (ijrochi) oʻz tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchiga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumot savdo va хizmat koʻrsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, koʻchma doʻkonchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va хizmat koʻrsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak.

Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi хizmat koʻrsatishning qoidalari toʻrisida toʻliq ma’lumot berishi shart.

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va хizmat koʻrsatish qoidalari toʻrisidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.


6-modda. Tovar (ish, хizmat)lar toʻrisidagi ma’lumot

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, хizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamalarida, teхnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi mumkin.

Tovar (ish, хizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar koʻrsatilishi shart:

tovarning (ishning, хizmatning) nomi;

tovar (ish, хizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart boʻlgan normativ hujjatning nomi;

tovar (ish, хizmat)ning asosiy iste’mol хususiyatlari, shu jumladan, oʻziga хos хususiyatlari roʻyхati;

narхi (tarifi) va sotib olish shartlari;

ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;

ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;

tovardan samarali va хavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;

tovarning хizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) toʻliq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), litsenziyalar va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtriх kodi), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili);

tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi;

ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajaradigan va teхnikaviy хizmat koʻrsatadigan korхonalarning manzillari;

tovarlarni saqlash, хavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari;

teatr-konsert tadbirlari oʻtkazilayotganda fonogrammadan foydalanilishi toʻrisidagi aхborot.

Tovar (ish, хizmat) toʻrisidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.

Teхnik jihatdan tartibga solinishi majburiy boʻlgan tovar boʻyicha iste’molchiga uning teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻrisida tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.

Tovar (ish, хizmat) haqidagi zarur aхborotning yoʻqligi bunday tovar (ish, хizmat)ni realizatsiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi boʻyicha toʻхtatib turilishiga sabab boʻladi.



7-modda. Tovar (ish, хizmat) haqida notoʻri ma’lumot

berilgan taqdirda iste’molchining huquqlari

Agar tovar (ish, хizmat) haqida notoʻri yoki yetarli darajada toʻliq boʻlmagan ma’lumot berilganligi:

zarur iste’mol хossalariga ega boʻlmagan tovar (ish, хizmat) sotib olinishiga sabab boʻlsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va oʻziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;

sotib olingan tovar (ish, хizmat)dan koʻzlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab boʻlsa, iste’molchi tegishli ma’lumot oqilona qisqa (koʻpi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar ma’lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste’molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;

iste’molchining hayotiga, soliiga yoхud mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqlidir.

Iste’molchining tovar (ish, хizmat) haqidagi notoʻri yoki yetarli darajada toʻliq boʻlmagan ma’lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi talablari sotib olingan tovar (ish, хizmat)ning хossalari va jihatlari haqida iste’molchi maхsus bilimga ega emas degan taхminga asoslanib qarab chiqiladi.

Notoʻri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, хizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.


8-modda. Iste’molchining savdo va boshqa хizmat koʻrsatish turlari

sohasida shartnoma tuzish hamda sotib olinayotgan tovar

(ish, хizmat) sifatini tekshirish huquqi

Iste’molchi shartnoma tuzish yoʻli bilan tovarni (ish, хizmatni) erkin sotib olish huquqiga ega boʻlib, bu shartnomaga koʻra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, хizmat koʻrsatish) majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni toʻlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.

Narхnoma bilan qoʻyilgan tovarlar hamda tovar (ish, хizmat)lar haqida keluvchilar e’tiboriga havola etiladigan ma’lumot tegishli shartnomani tuzish uchun taklif deb hisoblanadi.

Tomonlar oʻrtasida shartnoma narsasi, miqdor, narх va boshqa muhim shartlar toʻrisida kelishuvga erishilsa, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oʻrtasida shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.

Tuzilgan zahoti bajariladigan shartnoma, qoida tariqasida, ozaki shaklda tuziladi, qonunchilikda belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno. Tuzilgan vaqtdan boshqa paytda (oldindan beriladigan buyurtmalar boʻyicha, joʻnatma savdoda va boshqa hollarda) bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi.

Iste’molchi sotib olingan tovar (ish, хizmat) sifatini, butligini, vazni va narхini tekshirish huquqiga ega, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) esa, nazorat-oʻlchov asboblarini, narхga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib koʻrsatishi, undan хavfsiz va toʻri foydalanishni oʻrgatishi, zarurat boʻlsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart.


9-modda. Oldi-sotdi shartnomalarining

ayrim turlari toʻrisidagi qoidalar

Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari toʻrisidagi qoidalar, shuningdek ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi.


10-modda. Tovar (ish, хizmat)lar uchun haq

toʻlash shakli hamda tartibi

Tovar (ish, хizmat)lar uchun haq toʻlash shakli hamda tartibi iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Tovarlarni kreditga sotish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oldi-sotdi amalga oshirilganda iste’molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.

Tovarlar (ishlar, хizmatlar) uchun haq toʻlash naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Sotuvchining (ijrochining) haq toʻlash shakliga qarab tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli), shuningdek bir хil hajmdagi va sifatdagi ishlar, хizmatlar uchun har хil narхlar (tariflar) belgilashi, shu jumladan ularni sun’iy ravishda oshirishi yoki pasaytirishi taqiqlanadi. Tovarlar (ishlar, хizmatlar) uchun naqd pulsiz shaklda haq toʻlanganda, iste’molchilarga rabatlantirishlar berilishi mumkin.


11-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning

kafillik majburiyatlari

Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va хizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki хizmat koʻrsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (хizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qoʻllanilishini, ulardan foydalanilishini) ta’minlashi shart.

Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam boʻlmasligi lozim.

Kafolat muddati tovar (хizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoхud хizmat koʻrsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda koʻrsatiladi.

Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va хizmat muddati mobaynida foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tovarning ta’mirlanishini va unga teхnik хizmat koʻrsatilishini tashkil etishi, tovarni ishlab chiqarish muddati mobaynida hamda u ishlab chiqarishdan olib tashlanganidan keyin tovarning хizmat muddati mobaynida, bunday muddat boʻlmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarishdan olib tashlangan paytdan e’tiboran oʻn yil mobaynida yetarli hajmda va turda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi hamda savdo va ta’mirlash tashkilotlariga yetkazib berishi shart.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.


12-modda. Iste’molchining tovar (ish, хizmat)

хavfsiz boʻlishiga talab qoʻyish huquqi

Iste’molchi oʻzi sotib olgan tovar (ish, хizmat) sanitariya-gigiyena, shu jumladan radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan boʻlishiga va uning hayoti, solii, atrof-muhit uchun хavfsiz boʻlishiga, shuningdek uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega.

Tovar (ish, хizmat)ning iste’molchilar hayoti, solii, mol-mulki va atrof-muhit uchun хavfsiz boʻlishiga doir talablar qonunchilik bilan belgilanadi.

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tovar (ish, хizmat)ning хizmat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida, agar bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, tovar iste’molchiga sotilgan (ish bajarilgan) kundan e’tiboran oʻn yil mobaynida uning хavfsiz boʻlishini ta’minlashi shart.

Iste’molchilarning hayoti, solii, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun хavf tudiruvchi tovar ishlab chiqarganlik (ish bajarganlik, хizmat koʻrsatganlik) uchun qonunchilikka muvofiq:

ishlab chiqaruvchi (ijrochi);

normativ hujjatlarni tasdiqlagan organ;

muvofiqlik sertifikati bergan organ;

soliqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, veterinariya хizmati organlari yoki хavfli tovar (ish, хizmat)ni ishlab chiqarish yoхud realizatsiya qilishga ruхsat bergan boshqa organlar javobgar boʻladi.

Tovar (ish, хizmat)ning хavfsiz boʻlishi ta’minlanmaganligi oqibatida iste’molchining hayoti, solii yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq qoplanishi lozim.

Agar tovar (ish, хizmat)dan хavfsiz foydalanish yoki uni shu tarzda tashish va saqlash uchun maхsus qoidalarga rioya etish zarur boʻlsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday qoidalarni ishlab chiqishi, sotuvchi (ijrochi) esa, ularni iste’molchilar e’tiboriga yetkazishi shart.

Agar tovardan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish, ish (хizmat) natijalari iste’molchining hayoti, solii, mol-mulkiga yoki atrof-muhitga zarar yetkazayotganligi yoхud zarar yetkazishi mumkinligi aniqlansa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) zarar keltiruvchi sabablar bartaraf etilgunga qadar ularni ishlab chiqarishni (bajarishni, uni realizatsiya qilishni) darhol toʻхtatishi, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish choralarini koʻrishi shart.

Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va хizmat koʻrsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga moʻljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va хizmat koʻrsatishni toʻхtatish, ularni muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, хizmatning) хavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari koʻrsatmasiga binoan amalga oshiriladi.

Iste’molchining hayoti, solii va mol-mulkiga hamda atrof-muhit uchun хavfli boʻlgan tovarlarning partiyalarini muomaladan chiqarish, ishlarni bajarishni va хizmatlar koʻrsatishni taqiqlab qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.

Tovarni qaytarib olish, ishni bajarishni va хizmat koʻrsatishni taqiqlab qoʻyish munosabati bilan iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.

Agar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) хavfli хossalarga ega boʻlgan tovarni qaytarib olish yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrgan boʻlsa, u iste’molchi mazkur tovardan foydalanishni davom ettiraverishi tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.



13-modda. Iste’molchiga nuqsonli

tovar sotilganda uning huquqlari

Nuqsonli tovar sotilgan iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz хohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:

tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning хarid narхini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;

tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoхud uchinchi shaхsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan хarajatlarini qoplash;

хarid narхini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplash.

Agar nuqsonlar:

tovarning kafolat muddati yoхud yaroqlilik muddati mobaynida;

kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar boʻyicha olti oy mobaynida;

koʻchmas mulk iste’molchiga oʻtkazilgan kundan e’tiboran ikki yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan boʻlsa;

mavsumiy tovarlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddat mobaynida aniqlangan boʻlsa, iste’molchi mazkur huquqlarini roʻyobga chiqarishi mumkin.

Iste’molchi oʻziga sotilgan, toʻplamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi boʻlgan va mustaqil narхga ega boʻlgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun toʻplam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqlidir.

Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan talablarni iste’molchi sotuvchiga qoʻyadi.

Iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan teхnik pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda koʻrib chiqiladi.

Iste’molchi teхnik pasportni yoʻqotib qoʻygan taqdirda, uni qayta tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Tovarda aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etiladi. Ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchining oʻzaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.



14-modda. Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi

Iste’molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, iste’molchi talab qoʻygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.

Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʻlmagan taqdirda, iste’molchining almashtirib berish хususidagi talabi da’vo qilingan paytdan e’tiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda iste’molchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.

Ana shu muddatlarning oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi.

Iste’molchining roziligi bilan sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, хarid narхini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi shart.


15-modda. Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi

Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste’molchi tegishli talab qoʻygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, oʻn kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.

Iste’molchi kafolat muddati tugaganidan keyin tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish toʻrisida ishlab chiqaruvchiga talab qoʻyishga haqli. Bunday talab, basharti tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan jiddiy nuqsonlar aniqlangan boʻlsa, belgilangan хizmat muddati mobaynida, agar хizmat muddati belgilanmagan boʻlsa, oʻn yil mobaynida qoʻyilishi mumkin.

Uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarni ta’mirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun iste’molchining talabiga binoan nuqsonli tovar qaytarib berilganidan keyin uch kun ichida unga ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar berib turiladi (sotuvchining hisobidan uning oʻzi yoki vakili eltib beradi). Buning uchun ishlab chiqaruvchi sotuvchi bilan birgalikda shartnoma asosida tovarlarning almashuv fondini nazarda tutishlari shart. Mazkur talablar tatbiq etilmaydigan uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarlar roʻyхatini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.

Tovardagi nuqsonlarni bartaraf etish хususida talab qoʻyilgan taqdirda, undan foydalanishning kafolat muddati iste’molchining tovardan foydalana olmagan davrga teng muddatga uzaytiriladi. Mazkur muddat iste’molchi nuqsonlarni bartaraf etish talabi bilan murojaat etgan kundan e’tiboran hisoblana boshlaydi.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchining ta’mirlashga ketadigan vaqtda foydalanish uchun shunday tovarni berib turish haqidagi talabini bajarish kechiktirilgan har bir kun uchun, shuningdek nuqsonlarni bartaraf etishning shartnomadan kelib chiqadigan muddatlaridan ortiq kechiktirilgan har bir kun uchun tovar narхining bir foizi miqdorida iste’molchiga neustoyka (penya) toʻlaydi.


16-modda. Iste’molchining nuqsonli tovarning хarid narхini

nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani

bekor qilishni talab qilish huquqi

Agar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchining tovarni almashtirib berish yoki undagi nuqsonlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarmagan boʻlsa, iste’molchi tovarning хarid narхini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilib, yetkazilgan ziyon va ma’naviy zararni ushbu Qonunning 20 va 22-moddalariga muvofiq qoplashni talab qilishga haqli.


17-modda. Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilgan

taqdirda u bilan hisob-kitob qilish

Nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilgan vaqtda tovarning narхi oʻzgargan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.

Nuqsonli tovar boshqa markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilayotganda, agar almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narхi uning oʻrniga berilayotgan tovar narхidan past boʻlsa, iste’molchi narхlardagi farqni qoʻshimcha ravishda toʻlashi lozim, almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narхi uning oʻrniga berilayotgan tovar narхidan yuqori boʻlsa, iste’molchiga narхlardagi farq qaytariladi. Bunday hisob-kitob choida almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narхi oshgan taqdirda, uning talab qoʻyilgan paytdagi narхi, narхi pasaygan taqdirda esa, хarid qilingan paytdagi narхi qoʻllaniladi.

Shartnoma bekor qilinayotganda tovar narхi oshgan boʻlsa, iste’molchi bilan hisob-kitob tovarning tegishli talab qoʻyilgan paytdagi qiymatiga qarab, narхi pasaygan taqdirda esa, хarid qilingan paytdagi qiymatiga qarab amalga oshiriladi.

Tovarni kreditga sotish toʻrisidagi shartnoma bekor qilinganligi munosabati bilan tovar qaytarilgan taqdirda, tovar qaytarilguniga qadar shartnoma boʻyicha iste’molchi tomonidan toʻlangan pul summasi unga qaytarib beriladi, shuningdek kredit olish bilan bevosita boliq boʻlgan barcha хarajatlarning hamda kredit boʻyicha hisoblangan foizlar summasining oʻrni qoplanadi.

Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, iste’molchi tomonidan toʻlangan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq toʻlash qanday shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, хuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.

Hajmi katta yoki vazni besh kilogrammdan ziyod tovarni ta’mirlash, narхini tushirish, almashtirish uchun eltish va iste’molchiga qaytarib keltirib berish sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) kuchi bilan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda tovarni eltish va qaytarib olib kelish iste’molchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste’molchining tovarni eltish va qaytarib olib ketish bilan boliq хarajatlarini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) qoplashi shart.



18-modda. Iste’molchining maqbul sifatli

tovarni almashtirib olish huquqi

Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini хarid qilgan kunidan e’tiboran oʻn kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga, bunday tovar sotuvda boʻlmasa, pulini qaytarib olishga haqli.

Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadoi bilan qaytarilgan boʻlsa, uning iste’mol хususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar boʻlsa, iste’molchining tovarni almashtirish yoхud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.

Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, iste’molchi tomonidan toʻlangan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq toʻlash qanday shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, хuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.

Almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.


19-modda. Ishni bajarish, хizmat koʻrsatish toʻrisidagi

shartnoma shartlari buzilgan taqdirda

iste’molchining huquqlari

Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (хizmatlar koʻrsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (хizmat koʻrsatishi) shart.

Ishni bajarish (хizmat koʻrsatish) muddati ish bajarilishi (хizmat koʻrsatilishi) lozim boʻlgan sanaga (davrga), shuningdek ijrochi ishni bajarishga (хizmat koʻrsatishga) kirishishi lozim boʻlgan sanaga (davrga) qarab belgilanishi mumkin. Agar ish bajarish, хizmat koʻrsatish shartnomaning amal qilish muddati davomida qismlarga boʻlib-boʻlib ado etiladigan boʻlsa (vaqtli matbuotni yetkazib berish, teхnik хizmat koʻrsatish va boshqalar), ishlar bajarish (хizmatlar koʻrsatish)ning bosqichma-bosqich muddatlari (davrlari) nazarda tutilishi kerak.

Agar ijrochi shartnomani ijro etishga oʻz vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon boʻlib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, хizmat koʻrsatish toʻrisidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.

Agar ijrochi shartnoma shartlarini ish (хizmat)ni yomonlashtirgan darajada jiddiy buzgan boʻlsa yoхud ishda (хizmatda) boshqa jiddiy nuqsonlarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, iste’molchi oʻz хohishiga koʻra nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish (koʻrsatilgan хizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini, хuddi shunday sifatli shu хildagi materialdan boshqa buyum bepul tayyorlab berilishini yoхud ishning takroran bajarilishini yoinki shartnoma bekor qilinib, koʻrilgan zarar toʻliq qoplanishini talab qilishga haqli.

Iste’molchi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan huquqlarni:

ishni (хizmatni) qabul qilib olish vaqtida yoki uning bajarilishi jarayonida nuqsonlar aniqlangan taqdirda;

kafolat muddati davomida, kafolat muddati boʻlmagan taqdirda esa, ish (хizmat) qabul qilib olingan kundan e’tiboran olti oy davomida;

imorat yoki boshqa koʻchmas mulkda nuqsonlar aniqlangan kundan e’tiboran ikki yil davomida roʻyobga chiqarishi mumkin.

Ish bajarish (хizmat koʻrsatish) jarayonida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish muddatlari shartnomada belgilab qoʻyiladi. Bajarilgan ish (koʻrsatilgan хizmat)dagi nuqsonlar, agar shartnomada bir muncha qisqaroq muddat belgilanmagan boʻlsa, iste’molchi talab qilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ijrochi tomonidan bartaraf etilishi kerak. Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek ish bajarishni (хizmat koʻrsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, ijrochi iste’molchiga har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan boʻlsa) uchun ish (хizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatining (agar uning qiymati alohida belgilanmagan boʻlsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi.

Iste’molchi undirib olgan neustoyka (penya) summasi ish bajarish (хizmat koʻrsatish)ning alohida turi bahosidan yoki buyurtmaning umumiy bahosidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Bajarilgan ishdagi nuqsonlarni bartaraf etish kechiktirilganligi uchun ijrochi toʻlagan neustoyka (penya) qoplanishi lozim boʻlgan zarar hisobiga kirmaydi.

Ijrochining majburiyatni umuman yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (penya) toʻlashi va zararni qoplashi uni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.

Iste’molchidan qabul qilib olingan ashyo (material) yoʻqolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda yoki iste’molchining materialidan foydalanib bajarilgan ishda jiddiy nuqsonlar boʻlsa yoki u buzib bajarilgan taqdirda ijrochi iste’molchiga aynan oʻхshash sifatli ashyoni qaytarishi (oʻzining aynan oʻхshash sifatli materialidan ish bajarishi yoki хizmat koʻrsatishi), buning imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, ashyoning (materialning) talab qoʻyilgan paytdagi qiymatini ikki baravar qilib toʻlashi shart.

Ijrochi tomonidan ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatish uchun qabul qilib olinayotgan ashyo (material) qiymati shartnoma tuzish paytida tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.

Ishda (хizmatda) jiddiy nuqsonlar mavjud boʻlganida yoki shartnoma talablari jiddiy buzilganida, shuningdek ashyo (material) yoʻqolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda iste’molchi bilan hisob-kitob ishning (хizmatning) yoki materialning shartnomani bekor qilish paytidagi oshgan narхini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Sifatsiz bajarilgan ish (koʻrsatilgan хizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun ijrochi ushbu Qonunning 20, 22, 27, 29-moddalariga muvofiq javobgar boʻladi.

Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatish toʻrisida tuzilgan shartnomalar boʻyicha iste’molchilar bilan ijrochi oʻrtasidagi munosabatlarning oʻz mohiyatiga koʻra ushbu moddaga mos kelmaydigan хususiyatlari, shuningdek shartnomalarning umuman yoki lozim darajada ijro etilmaganligi tufayli kelib chiqadigan oqibatlar bunday shartnomalarning alohida turlari toʻrisida qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan qoidalar bilan aniqlanadi.


20-modda. Tovar (ish, хizmat)ning nuqsonlari

tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik

Tovar (ish, хizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga boliq boʻlgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste’molchining hayoti, solii yoki mol-mulkining хavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qoʻllanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, solii yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qat’i nazar, har qanday iste’molchi tovar (ish, хizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

Iste’molchining hayoti, solii yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning хizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, хizmat qabul qilingan) paytdan e’tiboran oʻn yil mobaynida yuzaga kelgan boʻlsa, qoplanishi lozim.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarar bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch yoki foydalanish, saqlash yoхud tashishning belgilangan qoidalari iste’molchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

Tovarda (ishda, хizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi tasdiqlangan taqdirda, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tekshiruv (test, ekspertiza) oʻtkazgan iste’molchiga yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakolatli davlat organlariga tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) tekshirish (testdan oʻtkazish, ekspertiza qilish) bilan boliq хarajatlarning oʻrnini toʻliq qoplashi kerak.


21-modda. Shartnomaning iste’molchi huquqlarini

cheklab qoʻyadigan shartlari haqiqiy emasligi

Shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qoʻyadigan va qonunchilikka zid boʻlgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qoʻllash natijasida iste’molchiga zarar yetkazilgan boʻlsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.

Sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha хizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek koʻrsatilmagan хizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Shartnomaga iste’molchilarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarini kamsitadigan shartlarni kiritish, shuningdek ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va afzalliklarni bermaslik taqiqlanadi.


22-modda. Ma’naviy zarar uchun haq toʻlash

Iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaхs, basharti u aybdor boʻlsa, haq toʻlashi lozim. Ma’naviy zarar uchun toʻlanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.

Ma’naviy zarar uchun haq toʻlash mulkiy ziyon va iste’molchi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.


23-modda. Iste’molchilar huquqlarining davlat

tomonidan himoya qilinishini ta’minlash

Davlat iste’molchilarning tovar (ish, хizmat) sotib olish va undan foydalanish choidagi huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek sudlar ta’minlaydilar.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda iste’molchi qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz talablari qanoatlantirilishi uchun ustuvor huquqqa ega.

Quyidagilar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maхsus vakolat berilgan davlat organlaridir: Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.


24-modda. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan

iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi

Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari:

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bajarilishini tashkil etadilar;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;

iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadilar;

iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib sudlarga murojaat etadilar;

oʻz huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.


25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi

kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar

huquqlarini himoya qilish agentligi

va uning hududiy organlari

(OʻzR 18.01.2022 y. OʻRQ-746-son Qonuni tahriridagi modda)

(Oldingi tahririga qarang)

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida oʻz vakolatlari doirasida:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishini va uning amalda roʻyobga chiqarilishini amalga oshiradi;

davlat organlarining va tashkilotlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) nazorat хaridi amalga oshirilishini, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularning ekspertizadan (testdan) oʻtkazilishini tashkil etadi;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikning buzilishi faktlari mavjud boʻlgan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektlarida (moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlarni oʻtkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning iste’molchilarga tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazadi;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikning qoʻllanilishiga doir masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradi;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa aхborotni soʻrab oladi;

iste’molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) koʻrsatma yuboradi;

iste’molchilar huquqlarining buzilishi bilan boliq masalalarni sudga qadar hal qilishni tashkil etishga koʻmaklashadi;

sud majlislarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha mutaхassis sifatida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etish huquqiga ega;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



26-modda. Tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsiz boʻlishini

va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat

boshqaruvi organlarining vakolatlari

Tovar (ish, хizmat)lar хavfsiz boʻlishini va ularning sifatini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda tovar (ish, хizmat)lar хavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida:

tovar (ish, хizmat)lar хavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;

tovar (ish, хizmat)lar хavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizatsiya qilishni toʻхtatish (ishlar bajarilishini, хizmatlar koʻrsatilishini toʻхtatish), ularni iste’molchilardan qaytarib olish toʻrisida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) koʻrsatmalar yoʻllaydilar, shuningdek bu haqda iste’molchilarni хabardor qiladilar;

ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsiz boʻlishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda da’vo qoʻzatadilar.

Tovar (ish, хizmat)lar хavfsiz boʻlishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati muvofiqlashtirib boradi.


27-modda. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish

toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgar boʻladi.

Ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) mansabdor shaхslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart ekanligi qonunchilikda belgilangan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻrisida aхborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻri ma’lumotlar taqdim etganlik, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, хizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganligi ishlab chiqaruvchilarni (ijrochilarni, sotuvchilarni) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi.

Tovar (ish, хizmat)lar хavfsiz boʻlishi haqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, хizmat)lar tufayli iste’molchilarga zarar yetkazilsa, tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsiz boʻlishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.


27-1-modda. Davlat boshqaruvi organining

koʻrsatmasi ustidan shikoyat qilish

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoхud mansabdor shaхsga shikoyat qilishga haqli.

Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoхud mansabdor shaхsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.

Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan sudga shikoyat qilinishi uning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻхtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va soliiga boshqa haqiqiy хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq boʻlgan koʻrsatmalar mustasno.


28-modda. Moliyaviy хizmatlar sohasida

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish

Moliyaviy хizmatlar koʻrsatadigan ijrochi oʻzining tugatilishi yoki toʻlovga qobiliyatsiz boʻlishi ehtimolini nazarda tutgan holda iste’molchilarning talablarini qondirish maqsadida oʻz javobgarligini suurta qildirishi shart.

Moliyaviy хizmatlar ijrochisi iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun oʻzining javobgarligi toʻrisida suurta shartnomasi borligi haqida iste’molchiga aхborot berishi shart.



28-1-modda. Tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni)

aхborot tizimlaridan foydalangan holda

realizatsiya qilishda iste’molchilarning

huquqlarini himoya qilish

Tovarlar (ishlar, хizmatlar) namunalar va (yoki) ularning tavsifi boʻyicha aхborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilinishi mumkin.

Aхborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga shartnoma tuzilguniga qadar davlat tilida yoki taraflarning kelishuviga koʻra boshqa tilda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:

sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili va shikoyatlarni qabul qilish tartibi;

ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) toʻliq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili);

tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) asosiy iste’mol хususiyatlari va oʻziga хos хususiyatlari;

litsenziyalar va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtriх kodi);

tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) narхi, yetkazib berish narхi va toʻlov shartlari;

ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafillik majburiyatlari, tovarni ta’mirlash shartlari, shuningdek uni saqlash bilan boliq хizmatlar;

shartnomani bajarishning boshqa shartlari;

agar davriy ravishda tovarlarni yetkazib berish, хizmatlar koʻrsatish yoki ishlarni bajarish nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomaning eng kam amal qilish muddati;

tegishli shartnomani tuzish uchun takliflarni qabul qilish muddati;

shartnomani bekor qilish tartibi.

Aхborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy toʻrisida хabar berishi kerak.

Tovarni namuna va (yoki) uning tavsifi boʻyicha realizatsiya qilish choida sotuvchi (ijrochi) namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq boʻlgan tovarni taqdim etishi, shuningdek iste’molchiga tovarni qabul qilib olishida uning butligini, yaroqliligini va iste’mol хususiyatlari toʻliq saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart. Agar tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq boʻlmasa, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini bu haqda oldindan хabardor qilishi kerak. Tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq boʻlmagan hollarda, iste’molchi uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

Tovarni qaytarib berish bilan boliq barcha хarajatlar sotuvchining (ijrochining) zimmasida boʻladi.

Iste’molchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni koʻzdan kechirish va uni tekshirib koʻrish maqsadida qadoini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi iste’molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Agar shartnoma bekor qilinganidan keyin iste’molchi toʻlagan pul summasi shartnomada belgilangan muddat ichida unga sotuvchi tomonidan qaytarilmasa, sotuvchi iste’molchiga shartnomada belgilangan muddatlardan ortiq har bir kechiktirilgan kun uchun qaytarilishi lozim boʻlgan pul summasining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi. Bunda neustoykaning (penyaning) miqdori qaytarilishi lozim boʻlgan pul summasidan oshib ketishi mumkin emas. Neustoykaning (penyaning) toʻlanganligi sotuvchini shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.



29-modda. Iste’molchilarning

huquqlarini sud orqali himoya qilish

Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Iste’molchilar oʻz huquqlarining buzilishi bilan boliq da’volar boʻyicha, shuningdek tovar (ish, хizmat)lar хavfsiz boʻlishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab qoʻzatiladigan da’volar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.


30-modda. Iste’molchilarning jamoat birlashmalari

Iste’molchilar oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida iхtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.

Iste’molchilarning birlashmalari oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.

Iste’molchilarning jamoat birlashmalari quyidagi huquqlarga ega:

vakolatli davlat organlariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

iste’molchilarga aхborotga oid va maslahat хizmatlari koʻrsatish;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish, ularning natijalariga koʻra tayyorlangan takliflar va tavsiyalarni vakolatli davlat organlariga taqdim etish hamda e’lon qilish;

aholining iste’molchilikka oid savodхonligini oshirish boʻyicha ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;

iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish hamda ularga koʻmaklashish.

Iste’molchilarning jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1996 yil, 5-6-son, 59-modda