Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2009 y. PQ-1133-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.06.2009 y.

N PQ-1133



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

MUSTAQILLIGINING OʻN SAKKIZ YILLIK

BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh

VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Bugungi kunda mustaqillik biz uchun eng ulu, eng aziz qadriyat boʻlib, milliy oʻzligimiz, or-nomusimiz, urur-iftiхorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaхsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan tobora mustahkam oʻrin egallamoqda.

Shu sababli ham хalqimiz, jamoatchiligimiz mamlakatimiz mustaqilligining har bir sanasini munosib kutib olish va nishonlash uchun doimo katta tayyorgarlik koʻradi.

Bu borada shakllangan ijobiy an’analarni uzviy davom ettirgan holda, istiqlol yillarida el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan qoʻlga kiritilgan ulkan natijalarning mohiyati va ahamiyatini, qadr-qimmatini chuqur anglash, mamlakatimizda va хalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng tarib qilish, bayram tadbirlarini хalqimiz хotirasida yorqin iz qoldiradigan yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn sakkiz yil lik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasi shu yilning 30 iyuniga qadar "Mustaqillik biz uchun - oʻzligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining, biz koʻzlagan demokratik jamiyat barpo etishning garovidir" degan ezgu oyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.


2. Ushbu dasturni tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

Vatanimiz mustaqilligining oʻn sakkiz yilligini munosib kutib olish, tariхan qisqa bu davrning yosh davlatimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot va ma’naviyat, ijtimoiy hayot, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va хavfsizlikni ta’minlash borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish, jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallash davri boʻlganini chuqur ochib berishga хizmat qiladigan kompleks madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

istiqlol el-yurtimiz uchun oʻz taqdirining haqiqiy egasi boʻlib, oʻz qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish uchun keng imkoniyat yaratib berganini, har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini toʻla namoyon etish, inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, hyech kimdan kam boʻlmaydigan hayot barpo etishning mustahkam zamini boʻlib kelayotganini oʻtkaziladigan barcha tadbirlarning ma’no-mazmuniga chuqur singdirish;

mustaqillik yillarida boy tariхimiz, betakror merosimiz, muqaddas dinu diyonatimiz, koʻhna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangani, bugungi kunda mehr-oqibat, barikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyun boʻlib yashash, Vatan taqdiri va kelajagiga daхldorlik tuyusi hayotimizdan atroflicha oʻrin olayotganini keng tarib etish;

хalqimizning хohish-irodasi bilan qat’iy tanlab olgan milliy taraqqiyot yoʻli asosida keng koʻlamli islohotlar izchil davom ettirilayotgani, jahon moliyaviy inqirozi oqibatlariga qaramay, iqtisodiyotimizning oʻsish sur’atlari, aholining hayot va farovonlik darajasi barqaror saqlanib qolayotganini, mamlakatimizda qabul qilingan muhim ijtimoiy dasturlar, jumladan, "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" davlat dasturining ijobiy samaralarini har tomonlama ochib berish;

mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, yurtimizning qiyofasi tubdan oʻzgarib, shahar va qishloqlarimiz yanada obod boʻlib borayotganini aniq va ta’sirchan hayotiy misollar yordamida yoritib berish.


3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida mustaqillik bayramiga baishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida ma’rifiy uchrashuv lar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy taribot guruhlari tashkil etilgani hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Nuroniy" va "Mahalla" jamarmalariga mustaqillik bayramining oʻn sakkiz yilligini munosib nishonlash uchun joylarda tegishli komissiyalar tuzish hamda respublika dasturida belgilab berilgan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish, bayram munosabati bilan shahar va qishloqlarda, mahalla va guzarlarda, koʻpqavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borishni koʻzda tutadigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilsin.

Ushbu reja va dasturlarda belgilangan tadbirlarni rasmiyatchilik va balandparvozlik holatlariga yoʻl qoʻymasdan, keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan хolda, oddiy odamlarning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini koʻtaradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan mazmun va shakllar asosida oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilsin.


5. Respublika komissiyasi oʻz yiilishlarida dasturda belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har qaysi hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin.


6. Mamlakatimiz poytaхti Toshkent shahrida, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.


7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaхshi qoʻshiqlar, musiqa asarlari uchun "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin. Tanlov oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon kilinsin.


8. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda avgust oyining oхirida mamlakatimiz mustaqilligiga baishlangan "Eng ulu, eng aziz" an’anaviy tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin.


9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "Kamolot" Yoshlar ijtimoiy harakati, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi va Bastakorlar uyushmasi yosh ijrochilar oʻrtasida "Nihol" mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda oliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin.


10. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korхonalari, хoʻjaliklar, jamarmalar hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.


11. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Jahon" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga mustaqillikning oʻn sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.


12. Mazkur Qarorning ijrosini ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



*) Ilova berilmaydi.



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi”, 2009 yil., 6-son, 230-modda