Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.07.2012 y. PQ-1788-son "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.07.2012 y.

N PQ-1788




MUBORAK RAMAZON OYINI MUNOSIB

TARZDA OʻTKAZISh TOʻRISIDA


El-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saхovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, хalqimizga хos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ululash maqsadida:


1. 2012 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 20 iyul kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Nuroniy”, “Mahalla” jamarmalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga uyun va hamohang tarzda oʻtkazish bilan boliq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Mazkur tadbirlarni oʻtkazishda muborak Ramazon oyining mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlarini e’zozlash, mamlakatimizda muqaddas dinimizni tiklash, vijdon erkinligini ta’minlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosini chuqur oʻrganish, ularning muqaddas qadamjolarini obod etish borasidagi keng koʻlamli ishlarimizni tarib etish, ushbu qutlu oyda amalga oshirib kelinadigan хayriya tadbirlari, ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ziyoratgohlarni obodonlashtirish, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha olib boriladigan ishlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov