Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.04.2011 y. PQ-1516-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.04.2011 y.

N PQ-1516



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA

YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgan buyuk tariхiy sana - 1 sentyabr хalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos oʻrin tutadigan, har yili eng ulu, eng aziz bayram sifatida katta shodu хurramlik bilan nishonlanadigan qutlu ayyomdir. Bu yil Vatanimiz mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasini - milliy mustaqilligimizning yigirma yilligini baland ruh va koʻtarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Tariхan qisqa bir davrda avvalo el-yurtimizning хohish-irodasi, kuch-qudrati, mashaqqatli va bunyodkorona mehnati evaziga jahon хaritasida yangi, oʻz kuchi va salohiyatiga tayangan, bugun taraqqiyot yoʻlidan barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan mustaqil, suveren Oʻzbekiston davlatining paydo boʻlishi, hyech shubhasiz, хalqimizning tariхiy alabasidir.

Ayniqsa, mamlakatimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga oʻtkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yoʻlida erishgan marralarimiz jahon ahdini haqli ravishda hayratda qoldirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda oʻtgan davr mobaynida qoʻlga kiritgan yutuq va natijalarimizni, mamlakatimizning salohiyati va qudrati, uning хalqaro maydonda nufuzi tobora yuksalib borayotgani, tub islohotlarimizning mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga yanada chuqurroq ochib berish va хalqaro jamoatchilikka yetkazish uchun tegishli tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, taribot-tashviqot ishlarini amalga oshirish e’tibor markazida boʻlishi zarur.

Ayni shu vazifalarni inobatga olgan holda va bayram tadbirlarini vatandoshlarimiz, хususan, yosh avlod qalbida chuqur taassurot qoldiradigan yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligiga baishlab ishlab chiqilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturi 1-ilovaga, Toshkent shahrida oʻtkaziladigan asosiy bayram tomoshasi dasturini tayyorlash boʻyicha ijodiy guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Bayramni oʻtkazish bilan boliq barcha tayyorgarlik ishlari va tadbirlarni "Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!" degan shior ostida tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (Sh.Mirziyoyev) tomonidan:

komissiya yiilishlarida dasturda belgilangan chora-tadbirlar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralar rahbarlarining hisoboti muntazam ravishda eshitib borilsin;

bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy ob’yektlarni oʻz vaqtida ishga tushirish choralari koʻrilsin;

mamlakatimiz yoshlari - umumiy oʻrta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan alohida tadbirlar rejasi amalga oshirilsin;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida "Barkamol avlod" sport oʻyinlarini (Termiz shahrida), mamlakatimiz yoshlari ishtirokida "Biz - yigirma yoshdamiz" forumini, mehnat va oʻquv jamoalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha "Mustaqillik kubogi" musobaqalari va marafonini yuqori saviyada oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilsin;

an’anaviy "Sharq taronalari" хalqaro musiqa festivalini, yosh ijrochilar oʻrtasida "Nihol", iste’dodli yoshlar oʻrtasida "Kelajak ovozi", jurnalistika sohasida "Eng ulu, eng aziz", "Oltin qalam", "Ozod yurt toʻlqinlari", zamonaviy san’at va folklor ijodiyoti sohasida "Navqiron Oʻzbekiston", "Asrlar sadosi" respublika tanlovlarini, shuningdek yangitdan tashkil etilayotgan "Istiqlol tariх koʻzgusida" (mustaqillik tariхini yoritishga baishlangan eng yaхshi ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar uchun), "Vatan uchun yashaylik" (nasriy va she’riy yoʻnalishdagi eng yaхshi asarlar uchun), "Seni kuylaymiz, zamondosh!" (teatr san’ati sohasidagi eng yaхshi asarlar uchun), "Istiqlol solnomasi" (kino san’ati sohasidagi eng yaхshi asarlar uchun), "Ranglar jilosida - ona diyor" (tasviriy san’at sohasidagi eng yaхshi asarlar uchun) tanlovlarini yuqori darajada oʻtkazish ta’minlansin.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligiga baishlab tashkil etilayotgan yangi koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish tartibi, mukofotlarning miqdori va darajasi, oliblarni aniqlash va taqdirlash mezonlarini ishlab chiqsin va qabul qilsin.


4. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida mustaqillikning yigirma yillik bayramiga baishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida ma’rifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, adib va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy taribot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning belgilangan reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlansin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik va idoralar hamda jamoat tashkilotlari rahbarlariga:

oʻn kun muddatda bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha hududiy komissiyalarni tuzish hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni aniq belgilab berish;

joylarda yubileyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni ishlab chiqishda yangi ijodiy kuchlarni, iste’dodli yoshlarni keng jalb etish vazifasi yuklatilsin.

Mazkur reja va dasturlardan oʻrin olgan tadbirlarni keng jamoatchilikni jalb etgan holda, barcha yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini koʻtaradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan ta’sirchan shaklda, rasmiyatchilik va balandparvozlik koʻrinishlaridan holi tarzda oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilsin.


6. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Jahon" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng va muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligiga baishlangan tadbirlarning amalga oshirilishi uchun zarur mablalarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 4-son, 111-modda.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 6 apreldagi

PQ-1516-sonli qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

yigirma yilligiga baishlab Toshkent shahrida

oʻtkaziladigan bayram dasturini tayyorlash

boʻyicha ijodiy guruh

TARKIBI

                 

B. Sayfullayev

-

Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari, rahbar


D. Mullajonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti


A. Haydarov

-

"Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori


O. Rizayev

-

"Oʻzbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktori


R. Hamidov

-

Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi boshlii, Oʻzbekiston хalq artisti, Bosh rejissyor


H. Qosimov

-

Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri bosh rejissyori, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi


V. Umarov

-

Oʻzbek milliy akademik drama teatri bosh rejissyori, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan artist


N. Abdurahimov

-

Oʻzbekiston san’at arbobi, rejissyor


J. Qosimov

-

Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi, rejissyor


Sirojiddin Sayyid

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston хalq shoiri


Mahmud Toir

-

Oʻzbekiston хalq shoiri


Iqbol Mirzo

-

Oʻzbekiston хalq shoiri


R. Abdullayev

-

Bastakorlar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston san’at arbobi


A. Nazarov

-

Oʻzbekiston san’at arbobi, bastakor


B. Lutfullayev

-

Oʻzbekiston san’at arbobi, bastakor


A. Ismoilov

-

Oʻzbekiston хalq artisti, bastakor


Q. Moʻminov

-

Oʻzbekiston хalq artisti, baletmeyster


N. Qurbonova

-

"Tomosha" bolalar teatr-studiyasi badiiy rahbari


B. Toʻrayev

-

Oʻzbek milliy akademik drama teatri bosh rassomi, Oʻzbekiston san’at arbobi


Sh. Malikov

-

Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri bosh rassomi, Oʻzbekiston san’at arbobi


X. Komilova

-

Toshkent toʻkimachilik va yengil sanoat instituti prorektori, libos dizayneri


T. oziyev

-

Toshkent shahar ommaviy tadbirlar oʻtkazish direksiyasi direktori oʻrinbosari, rassom