Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2010 y. PQ-1264-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga fuqarolarning navbatdagi chaqiruvi hamda muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni хizmatdan boʻshatish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.01.2010 y.

N PQ-1264



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QUROLLI KUChLARIGA FUQAROLARNING

NAVBATDAGI ChAQIRUVI HAMDA MUDDATLI

HARBIY XIZMATNING BELGILANGAN

MUDDATLARINI OʻTAB BOʻLGAN HARBIY

XIZMATChILARNI XIZMATDAN

BOʻShATISh TOʻRISIDA



“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:


1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2010 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.

Muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.


2. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar 2010 yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.


3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy хavfsizlik kengashi Kotibi M.Atayev zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov