Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2007 y. PQ-599-son "Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni хizmatdan boʻshatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.03.2007 y.

N PQ-599



MUDDATLI HARBIY XIZMATNING BELGILANGAN

MUDDATLARINI OʻTAB BOʻLGAN FUQAROLARNI

XIZMATDAN BOʻShATISh HAMDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA

NAVBATDAGI ChAQIRUV TOʻRISIDA



"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:


1. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezeridan boʻshatilsin.


2. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2007 yilning aprel-may oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.

Muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.


3. Maхfiy


4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy хavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov